Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet2/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

O’QUV MATERIALLARI.


MAVZU: “EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI” KURSINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
REJA:
1. XX asr oxiriga kelganda dunyoning jug‘rofiy – siyosiy xaritasida о‘zgarishlar.
2. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursining predmeti, obyekti va vazifalari.
3. О‘zbekiston Respublikasida diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi.
4. Din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning tashkil topishi va ularning jamiyat taraqqiyoti uchun xavfi.
1. XX asr oxiriga kelganda dunyoning jug‘rofiy – siyosiy xaritasida о‘zgarishlar.
XX asr oxiriga kelganda dunyo taraqqiyotida juda katta о‘zgarishlar yuzaga keldi. 70 yildan ortiq sotsializm qо‘rg‘oni bо‘lgan sobiq Shо‘ro saltanati yemirildi va uning о‘rnida 15 ta mustaqil davlat vujudga keldi. Shо‘ro saltanatining qulashiga asosiy sabab tarixiy taraqqiyotning yangi zamonaviy bosqichiga moslasha olmaganligi, turli millatlarning milliy g‘ururiga mensimay qaralganligi, barcha xalqlarni yagona mafkuraga buysundirish uchun zо‘rlik ishlatilganligi, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining ona tili, diniy e’tiqodlari va asriy qadriyatlari oyoq osti qilinganligi, mamlakatda adolatning qо‘pol ravishda buzilganligi sabab bо‘ldi.
“Kun tartibiga qo‘yilgan masala, ya’ni, ijtimoiy-ma’naviy sohani yanada rivojlantirish, oilalarimiz, mahallalarimizda, butun jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash vazifasi bugungi kunda qanday ulkan ahamiyat kasb etayotgani haqida, o‘ylaymanki, ortiqcha gapirishning hojati yo‘q”1.
Tо‘g‘ri amaldagi qonunchilikda e’tiqod erkinligi ta’qiqlanmasada, amalda uning teskarisi qilindi. О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat tubdan о‘zgardi. Bu о‘zgarishlarning mohiyatini va ahamiyatini teran anglab etmoq uchun sobiq SHо‘ro davrida dinga va diniy qadriyatlarga nisbatan bо‘lgan salbiy munosabatni bilish bizni о‘ylash va fikr yuritishga, mustaqillikning qadrini anglashga yо‘llaydi.
Sobiq Shо‘ro davrida «Din xalq uchun afyundir», «Din ma’naviy og‘uning bir turidir» degan g‘oya asosida dinga ateistik yondoshuv shakllangan edi. Bu esa amalda fuqarolarning vijdon erkinligini kamsitish, diniy qadriyatlarga nisbatan ma’lum ma’noda salbiy munosabatning shakllanishiga olib kelgan edi. Kommunistik mafkuraning yalovbardorlari deyarli 70 yil mobaynida daxriylikka asoslangan jamiyatni qurishga harakat qildilar. Oqibatda halqimizning ma’naviy boyligi bо‘lgan diniy ruhdagi kitoblar xalq kо‘zidan yashirildi, kо‘plari yо‘qotildi. Din ravnaqi yо‘lida zahmat chekkan al-Buxoriy, at-Termiziy, Baxouddin Naqshband, Motrudiy, Zamaxshariy kabi о‘nlab buyuk bobokolonlarimiz yaratgan ma’naviy meros reaksion madaniyat deb qoralandi.
Diniy-ma’muriy obidalar, ulug‘ allomalar mangu uyquga ketgan maqbaralar qarovsiz, tashlandiq holga kelib qoldi. Bunga istagancha misol topiladi. Mustaqillik tufayli О‘zbekiston fuqarolari uchun tom ma’nodagi vijdon erkinligi ta’minlandi. Diniy qadriyatlar, meros, diniy bayramlar qayta tiklana boshlandi. О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlab о‘tilganidek: “XX asr ajoyib ilmiy kashfiyotlar asri, inson koinot sirlari qо‘yniga kirib borayotgan asr, axborot va g‘oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bо‘ldi. Shu bilan birga, bu asrning oxiri diniy qadriyatlarning uyg‘onish davri, vazmin, behuda urinishlardan holi diniy ma’naviyatga о‘ziga xos tarzda qaytish davri bо‘lib qoldi”.
Yangi mingyillik oxiriga kelib insoniyatni uzoq davom etgan kurashlardan charchatgan “sovuq urush” siyosati tugadi, bipolyar tizimga chek qо‘yildi. Xalqlarning о‘z huquqlarini о‘zi belgilashi tо‘g‘risidagi xalqaro huquq normalariga zid ravishda faqatgina “kuch ishlatish” yо‘li bilan hukm surib kelgan sobiq ittifoq, Chexoslovakiya, Yugoslaviya parchalanib ketdi. Ularning о‘rnida yigirmadan ortiq mustaqil davlat tashkil etildi. Bu davlatlarning barchasi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning demokratik yо‘liga о‘tishdi, ularda milliy qadriyatlarga, bozor munosabatlariga, shu bilan birga diniy qadriyatlar tiklanishiga, rivojiga alohida e’tibor berildi. Ayni damda G‘arb va Sharqni ajratib turgan “Berlin devori” olib tashlandi. Bipolyar tizim tugab ikkita mintaqa xalqlari о‘rtasida jamiyat hayotining turli sohalarida keng hamkorlik yо‘lga qо‘yildi. Albatta bu mintaqalarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti turlicha, demokratik qadriyatlarning rivoji turlicha, ularda uzoq yillar davomida amal qilib kelgan normalar, shakllangan turmush tarzi bir-biriga tо‘g‘ri kelmasdi. Boshqacha ayiganda temir panjaralar olib tashlanganidan keyin bunday ulkan miqyosdagi hamkorlikka barcha xalqlar birdek tayyor emas edi: ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanish darajasi; demokratik qadriyatlarning mavjudligi; demokratik institutlarning shakllanganlik darajasi; milliy xavfsizlik tizimi; milliy-ma’naviy xavfsizlikning institusional tizimi va shu kabilar. Milliy boylik xalqqa qaytarildi, lekin bu boyliklarni yoshlarga yetkazuvchi ta’lim - tarbiya tizimi, mahalla, ma’naviy markazlar, televideniye, radio, OAV bunday vazifani bajarishga qay darajada tayyor edi? Din, diniy qadriyatlarga xalqqa qaytarildi, lekin uni xalqqa targ‘ib etuvchi diniy tashkilotlar (masjid, cherkov), diniy maskanlar, tegishli kadrlar mavjud edimi? Ulkan saltanat hududida yashab kelgan million-million xalqlar dinga tashna ekan undan о‘zining ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgan diniy konfessiyalar qanday mazmunda foydalanadi? Shunga о‘xshash bir qator omillar о‘ziga xos muammolarning kelib siqishiga sabab bо‘ldi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling