Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Ekstremizmda ayblanayotgan kishilarning ma’lumotining yuqoriligi


Download 1.7 Mb.
bet8/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Ekstremizmda ayblanayotgan kishilarning ma’lumotining yuqoriligi. 2013 yilda bu jinoyat turi bilan sudlanganlarning 31 % ini oliy ma’lumotli kishilar tashkil qilgan (309 tadan 96 tasi). Agar 2013 yilda jinoiy javobgarlikka tortilganlarning umumiysiga e’tibor qaratsak bu kо‘rsatkich 8 % ga teng.

  • Jinoyatchilar tarkibining asosan erkaklardan iborat ekaniligi. 309 ta sudlanganlardan 16 tasini ayollar tashkil qilgan (5 %). Agar 2013 yilda jinoiy javobgarlikka tortilganlarning umumiysiga e’tibor qaratsak bu kо‘rsatkich 15 % ga teng.

  • Jinoyatchilar tarkibida chet elliklarning kamligi. 309 sudlanganlarning faqt tо‘rttasi Rossiya fuqarosi bо‘lmagan.

  • Jinoiy hatti – harakatlarning aksariyati Rosiya subyektlarining markazlarida amalag oshirilgan.

  • Bu hatti – harakatlar amalg oshirilganida 309 ta ekstremistdan 308 tasi spritli ichimlik is’temol qilmagan. YA’ni ongli ravishda amalga oshirilganya, bilmasdan, tasodiy qilinmagan.

  • Aybdor deb topilganlarning 249 tasi ( 80 %) ilgari sudlanmagan.

    Bunday tahlillardan kelib chiqadigan xulosa shuki bu yо‘lga kirganlarni adashib kirib qolgan deyish mushkul. Shunday ekan ma’naviy – ma’rifiy sohadagi belgilangan vazifalarni, olib borilayotgan ishlarni jiddiy tanqidiy qayta kо‘rib chiqish talab etiladi.


    3. Terrorchilik harakatlarining vujudga kelish tarixi. Yer yuzida insoniyat paydo bо‘libdiki uni ezgulikka yetaklovchi hamkorlik, dо‘stlik, yaratuvchanlik singari ezgulik g‘oyalari bilan bir qatorda unga mustabidlik, yovuzlik, irqchilik sinagri bir qator vayronkorlik g‘oyalari ham doimiy hamkorlik qilib keladi. О‘z navbatida shuni aytib о‘tish lozimki har bir ijtimoiy hodisa bilan bu hodisa о‘zida aks ettiruvchi ilmiy atama bir paytda paydo bо‘lgan emasligini yodda tutish zarur. Misol tariqasida davlat qachon paydo bо‘lagnligi bilan (mil.av IV ming yillikda Misr davlati) siyosiy nazariyalarga “davlat” atamasi qachon kiritlganligini (milodiy XVI) eslash kifoya qilsa kerak.
    Avalombor shuni qayd etish zarurki, kо‘pgina tadqiqotlarga nazar tashlaydigan bо‘lsak terrorizm va ekstremizmning kelib chiqish davri bilan bog‘liq xulosalarda yagonalik mavjud emas. Bu hodisa murakkab bо‘lib uning qachon kelib chiqqanligi xususida yagona bir fikrni aytish qiyin. Tarixchi, siyosatshunos olimlarning terrorizmning kelib chiqishi xususidagi fikrlari bir – biridan keskin farq qiladi. Tadqiqotchi SH.G‘oyibnazarov qayd etib о‘tganimizdek insoniyat paydo bо‘lganidan buyon terrorizm unga doimiy hamkorlik qilib keladi degan fikrni ilgari suradi. Tо‘g‘ri bu fikrni tadqiqotchi umumiy ma’noda aytgan bо‘lishi mumkindir. Bunday yondashuv tarafdorlari kо‘pchilikni tashkil qiladi. Ular terrorizmning tarixi asrlar qa’riga kirib boradi, deb hisoblashadi7. Bu yondashuv tarafdorlari har qanday siyosiy qotillikni terrorizmga tenglashtirib uning kelib chiqish tarixini antik davrga olib borib taqashadi. Jumladan, tadqiqotchi YE.Stepanov shunday yozadi: “Olimlar va siyosatchilarning katta qismi orasida terrorizmning revolyusion kelib chiqishi haqidagi fikr tarqalganini maxsus ta’kidlab о‘tish zarur. Uning boshlanishini odatda, XVIII asrdagi fransuz revolyusiyasiga hamda 1917 yilda Rossiyada sodir bо‘lgan revolyusiyaga olib borib taqashadi. Aslida terrorizm juda qadim zamonlardan boshlangan, amaliyoti esa turli shakllarda xilma – xil tarixiy davrlarga va kо‘plab siyosiy oqimlarga xosdir”.
    Terrorizmning kelib chiqishi davri bilan bog‘liq bо‘lgan о‘zgacha fikrlar ham mavjud. Fransuz tarixchisi M.Ferro XI-XII hashshoshiylarning (ismoliylar ichidagi yashirin terrorchi firqa) о‘ziga xos islomiy an’anasi, deb biladi. N.Neymark esa о‘z tadqiqotlarida terrorizmning kelib chiqishini Napoleon Bonapartdan keyingi Restavratsiya davri (1814-1830) bilan bog‘laydi8. Terrorizmning qachon kelib chiqishini tahlil qilgan tadqiqotchilar shunday tadqiqotchilar ham borki ular diniy manbalarga ham murojat qilishadi. Ular о‘z birodari Hobilni о‘ldirgan Qobilni dastlabki terrorchi deb bilishadi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha terrorizmning vujudga kelganiga hali ikki yuz yil ham bо‘lgani yо‘q deb hisoblashadi. Masalan, V.Jarinov terrorizm kamida bir yarim asrlik tarixga ega, deb hisoblaydi. О‘z navbatida I.Aleksander, V.Chalikovlar terrorizmni XX acr fenomeni deb hisoblashadi. 1934 yilda Marselda (Fransiya) Yugoslaviya qiroli Aleksandr va Fransiya tashqi ishlar vaziri L.Bartu terror yо‘li bilan о‘ldirilgach Millatlar Ligasi maxsus ekspertlar Qо‘mitasiga terrorizmni jinoiy hatti-harakat, qilmish sifatida о‘rganish, terroristik hatti-harakatlarni oldini olish yuzasidan konvensiya ishlab chiqish vazifasini topshiradi. Balki shu sabablidir kо‘pgina tadqiqotchilar terrorimzmni XX asr fenomeni sifatida baholashadi. Yuqorida kо‘p bor ta’kidlab о‘tildi. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning rivojlanib borishi bilan uning barcha tarkibiy qismlari, shu bilan birgalikda bu jarayonni aks ettiruvchi ilmiy atamalar ham soddalikdan murakkablik tomon о‘zgarib boradi. Shunday yо‘sinda ish tutilganida Qadimgi Misr davlatini, yoki Qadimgi Xorazm davlatini, yoki Franklar davlatini bugungi meyoriy о‘lchamlar bilan davlat demaslik tо‘g‘ri bо‘lib chiqadi. Lekin fanda barcha tabiiy, ijtimoiy – siyosiy jarayonlarga bunday tartibda yondashilmaydi. Insoniyatning moddiy madaniyatiga nisbatan uning ma’naviy madaniyati ancha yosh, bu degani insoniyat tarixi katta davri haqida yetarli ma’lumotlar mavjud emas. Mavjud manbalar asosida terrorizmning vujudga kelishi haqida qator tasavvurlarni kо‘rib chiqdik. Umumiy xulosa qilib aytganda yer yuzida insoniyat paydo bо‘libdiki uning qaysidir tor ma’nodagi manfaatlarini qondiruvchi vosita sifatida terrorizm unga hamrohlik qilib kelmoqda.
    Terrorizmning vujudga kelish tarixi haqida fikr yuritilganida, uning tarixini davrlashtirishda keskin bir – biridan farq qiladigan holatlarni, qarama – qarshiliklarni kam uchratamiz. Albatta terrorizmni XIX asr yoki XX asr fenomeni deb hisoblovchi tadqiqotchilarning asarlarida terrorizm tarixi davrlashtirilmagan. Terrorizmning kelib chiqishini uzoq tarixga taqaydigan tadqiqotchilardan SH.G‘oyibnazarov terrorizm tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga bо‘lib о‘rganishni taklif qiladi: 1. Antik terrorizm yoki prototerrorizm. 2. Klassik terrorizm. 3. An’anaviy terrorizm. 4. Zamonaviy terrorizm. Terrorizm tarixini bunday yondashuv asosida davrlashtirish bir tomondan davriy parametrlar izchilligiga tо‘g‘ri kelmaydi. Ikkinchi tomondan klassik, an’anaviy, noan’anaviy, zamonaviy atamalari kо‘pchilik tadqiqotlarda usul ma’nolarida ishlatiladi. Shuningdek klasik, an’anaviy, zamonaviy usullaridan bir vaqtda, ma’lum vazifaning yechimida, bironta tadbirni amalga oshirishda vosita sifatida ham ishlatiladi.
    Kо‘pchilik tadqiqotchilar terrorizm tarixini ikkinchi bir kо‘rinishda kuyidagicha davrlashtirishni taklif etishadi: 1. Antik (qadimgi) terrorizm. 2. О‘rta asrlar terrorizmi. 3. Yangi davr. 4. Eng yangi davr terrorizmi. Tо‘g‘ri bu ikkala tahlilning farqi davrlarning nomlanishida xolos.

    Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling