Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


-yillar oxiri va 90 –yillar boshlarida О‘zbekistonda tashkil etilgan vahhobiylik tashkilotlari va ularning qilmishlari


Download 1.7 Mb.
bet16/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

2. 80-yillar oxiri va 90 –yillar boshlarida О‘zbekistonda tashkil etilgan vahhobiylik tashkilotlari va ularning qilmishlari
О‘zbekistonda demokratiya jarayonida о‘z maqsadlarida foydalanib qolishga harakat qilib, ba’zi bir niyati buzuq kishilar о‘zlarining haqiqiy basharasini yashirib, turli diniy tashkilotlar tuzib, ularni hatto qonuniy ruyhatdan о‘tkazishga harakat qilib kо‘rdilar.
Lekin ularning haqiqiy intilishlarini oldindan payqagan, ayniqsa, Tojikistondagi voqealarning rivoji mamlakat fuqarolari tinchligiga qanday ta’sir qilishini oldindan kо‘ra bilgan birinchi prezidentimiz Islom Karimov Namanganda bо‘lib, ularni insofga kelishga undadi. Ammo siyosiy tanglikning ta’siri natijasida bosar-tusarini bilmay qolgan ekstremistlar ashaddiylashib, Namangan viloyatida faoliyatini aktivlashtirdi. Natijada, muayyan tartibsizlik, beqarorlik yuzaga kelib, “Adolat”, “Islom lashkarlari” nomlaridagi guruhlar faoliyat kо‘rsata boshladilar.
“Islom lashkarlari”, “Adolat” uyushmasi va boshqa guruhlar qonunsiz faoliyat kо‘rsatib, ijtimoiy tuzumni zо‘rlik ishlatish yо‘li bilan о‘zgartirishni maqsad qildilar. Xalqning xavfsizligiga raxna solmoqchi bо‘ldilar. Ma’naviyatimizga tajovuz qiluvchi harakatlar bilan milliy va diniy ruhdagi chiqishlari, namoyishlari hamda shahar kо‘chalaridagi yurishlari bilan jihodni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qildilar. Oqibatda, uyushma sifatida harakat, partiya yoki jamiyat sifatida qonunda belgilangan tartibda rо‘yhatdan о‘tmagan “Adolat” va “Islom lashkarlari” guruhi fuqarolarning shaxsiy hukuq va erkinliklarini poymol etdi. Farg‘ona vodiysida, ayniqsa, Namangan viloyatida Islom dinining qonunsiz rivojlanishi, hatto maktab о‘quvchilarining dunyoviy bilimdan kо‘ra diniy bilimlarga berilib ketishi, maktab yoshidagi о‘g‘il va qiz bolalarning qonun talablariga zid holda hujralarda о‘qitilib, diniy bilimlarning ijobiy emas, salbiy tomonlari uqtirilishi holatlari aniqlandi. Natijada, kо‘plab yoshlar dunyoviy bilim olishda о‘z tengdoshlaridan sezilarli darajada ortda qoldilar.
1989-1992 yillarda Namangan viloyatida turli siyosiy chiqishlar avj oldi. Bunga Konstitusiyamiz talablariga zid holda tuzilgan, diniy oqimlarning g‘araz niyatlariga xizmat qilgan “Adolat”, “Islom lashkarlari”, “Tavba” harakati va boshqalar sabab bо‘ldi. Ushbu oqimlarga a’zo bо‘lgan fuqarolar О‘zbekistonda Islom davlati tuzishga chaqiriqlari, xokimiyatni qо‘lga olishga intilib qilgan harakatlari bilan oddiy xalqning tinchini buzdilar. Qonunga hilof ravishda tashkil topgan diniy yо‘nalishlardagi oqimlar toat-ibodat bilan shug‘ullanish о‘rniga, о‘zlarining moddiy ta’minotlarini yaxshilash maqsadida, fuqarolardan, tashkilotlardan ochiqdan-ochiq mablag‘ talab qilib olib, ulardan о‘z saflarini kengaytirish va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun foydalanganlar. Ular talab qilgan mablag‘ni berishdan bosh tortganlarni azoblab, urib, qiynab, turli darajadagi tan jarohati yetkazganlar. Ayrimlarini esa qiynab о‘ldirish darajasiga yetganlar. Bu haqda professor Hoji Ismatulloh Abdullohning mulohazalarini befarq va hayajonsiz о‘qib bо‘lmaydi. “Namangandagi voqealar hamma qatori meni ham qattiq iztirobga soldi, vahshiylarcha qatl etilganlarning ayrimlarini bilardim. 1990-1992 yillari О‘zbekiston va Tojikistonda, shu jumladan, Namanganda vahhobiylar paydo bо‘ldi. Men u vaqtda Toshkentda yashardim. Ta’til payti dam olish uchun Namanganga keldim. Vahhobiylar avjiga chiqqan. Ularga na о‘sha davrdagi rahbarlar va na davlat idoralari boshliqlari, hatto huquqni himoya qilish mahkamalari rahbar va xodimlari, ziyolilar ham hech narsa deyisholmasdi. Vahhobiylar qarorgohi Ota Valixon tо‘ra masjidi jomesi ekan. Shahar dindorlari ikki qismga bо‘linib ketishgan. Qonli tо‘qnashuv chiqish xavfi tug‘ilgan. Rahbarlarning birini “kofir” deb, birini “murtad” deb haqorat qilishadi. Faol ziyolilar tashabbusi bilan qancha mablag‘ sarflanib Mullo Qirg‘iz madrasasi о‘rnida adabiyot muzeyi tashkil etilib, qimmatbaho noyob eksponatlar bilan jihozlangandi. Johil vahhobiylarning kо‘r-kо‘rona harakati bilan eksponatlar chiqarib tashlanib, u yer madrasaga aylantirildi. Men Namanganda madrasa bо‘lishiga qarshi emasman, lekin shuni shoshilmay avval muzeyga joy topib yoki madrasaga boshqa yerdan joy topib qilinsa bо‘lardiku! Qimmatbaho muzey jihoz va eksponatlari qayerdadir qoplarda yotibdi, kо‘plari yо‘qolib ketgan”.
Olim о‘z hayotini qattiq xavf ostida qoldirib, Ota Valixon tо‘ra masjidi haqida maqolasini “Namangan haqiqati” gazetasi va Namangan radiosiga beradi. О‘rtoqlari “Vahhobiylar sizni о‘ldirib yuboradi”, deyishadi. Maqola 1990 yil 8 sentabrda bosilib chiqadi, uni hamma tuman gazetalari kо‘chirib bosadi. Radioda qayta-qayta eshittiriladi. О‘sha maqolada olim vahhobiylar harakati, uning mamlakatimiz hayoti, davlatimiz siyosati va islomga tamoman zid ekanligini dalillar bilan isbotlab bergan edi. Olim uchun bu yengil kо‘chmadi. Uning Namangandagi uyiga kechki payt ikkita mashinada о‘n kishi kirib keladi. Xammasi soqolli, badbashara, diniy ilmdan tamom savodsiz shaxslar. Olim diniy ilmni yaxshi bilgani uchun ularga tegishli javobni qiladi va men bilan imomingiz kelib gaplashsin, deydi. Ikkinchi kun yana beshtasi keladi, bular ham nuqul savodsiz, dindan behabar kishilar ekan. Oxirgi uchrashuv “Namangan haqiqati” bosh muharriri marhum T.Nazirov xonasida bо‘ladi. Bu safar olim vahhobiylarning tо‘rtta jangarisi bilan bahslashadi. Ular olimni maqolaga radiya yozishga undashadi, bittasi hatto “Men besh marta qamalib chiqqanman”, deyishdan ham toymaydi. Olim “Kerak bо‘lsa meni sudga beringlar, radiya yozmayman”, deb ularni jо‘natadi. “Vahhobiylar bilan qilgan suhbatlarim shuni kо‘rsatdiki, - deb yozadi muallif, - ular soqol qо‘ygan, na dunyoviy, na diniy ilmdan xabarsiz yoshlar va nafaqaxо‘r turli toifadagi kishilar edi. Hatto ular vahhobiylik nimaligini bilmasdi. Imom Abdulahadning uyiga borib “Gazetani о‘qidingizmi?” desam. “Yо‘q vaqtim bо‘lmadi” dedi. Iya, ukam sizning masjidingiz haqida maqola yoziladiyu о‘qimaysiz, masjidga bir guruh savodsiz, islomdan bexabar kishilarni tо‘plab olibsiz, ular davlatimiz siyosatiga zid qilyapti, dinga ham katta zarar yetkazayapti”.
Olimning maqsadi Ota Valixon tо‘ra masjidini tinchitish, keyingi rо‘y berishi mumkin bо‘lgan fojialarning oldini olish edi. Toshkentga kelgandan keyin Imom Abdulahad nomiga diniy qonun-qoidalar va davlat qonunlari asosida xat yozib, masjidni savodsiz, johil mutavvallilardan tozalashni bilmasa boshqa masjidga о‘tib imomlik qilishni aytadi. “Imomga mening pand-nasihatlarim ta’sir qilmadi. Oqibatda, savodsiz, dinsiz bir guruh olomon tomonidan turli jinoyatlar sodir etildi. Bir qancha sofdil kishilar qoni tо‘kilib, mol-mulki talon-taroj qilindi, oilalar boshiga og‘ir kulfat-musibatlar tushdi”, deb sо‘zini yakunlaydi olim. Hurmatli olimimizning bu fikrlariga izohning hojati bо‘lmasa kerak.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling