Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Islomni yoyish uchun olib borilayotgan kurashning ba’zi xalqlar boshiga keltirgan tashvishlari


Download 1.7 Mb.
bet13/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

2. Islomni yoyish uchun olib borilayotgan kurashning ba’zi xalqlar boshiga keltirgan tashvishlari. XX asrning II yarmida umummusulmon sivilizatsiyasi xududida joylashgan ayrim davlatlar taraqqiyoti tajribasi, afsuski, ba’zilarida, xususan, G‘arb dunyosida Islom dinining jamiyat rivojlanishiga kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan ijobiy ta’siri haqida jiddiy shubhalar tug‘ilishiga sabab bо‘ladi. Masalaning taassufli jihatlaridan yana biri shundaki, haqiqiy islomning asl mohiyatidan yiroq kо‘rinishlar oxirgi yillarda ayrim olimlar tomonidan olg‘a surilayotgan sivilizatsiyalararo qarama-qarshilik va ziddiyatlar haqidagi sun’iy nazariyalarni oziqlantirmoqda, turli madaniyatlarni qiyoslash jarayonida umummusulmon madaniyatining salbiy jihatlarini bо‘rttirib kо‘rsatishga dastak bо‘lib xizmat qilmoqda.
Fikrimiz ravshanroq bо‘lishi uchun bir-ikki misol keltiramiz. Jabrdiyda afg‘on xalqining xohish-irodasiga xilof holda yigirma yilcha davom etgan xunrezlik mutaassib islomiy unsurlarning vujudga kelgan tо‘s-tо‘polondan о‘zlarining sof diniy e’tiqodidan tashqari bо‘lgan g‘arazli maqsadlariga erishishga intilishi tufayli, hozirgi bosqichda Afg‘onistondagi siyosiy-harbiy beqarorlik va ijtimoiy–iqtisodiy bо‘xtonning asosiy sababiga aylandi. Qо‘pol zо‘ravonlik shaklini olgan diniy taassub natijasida millionlab begunoh kishilar qirilib, uy-joyi, mol-mulki va hatto vatanidan mahrum bо‘ldi. Ular dunyoning turli mamlakatlarida hijratu g‘ariblik alamlarini tortishga mahkum etildilar.
Tojikistondek bizga qardosh, madaniyat va urf-odatlari uyqash bо‘lgan mamlakat tajribasi ham Islom omilining sof diniy e’tiqod doiralaridan tashqariga chiqishi, ayniqsa, uning siyosiylashuvi jamiyat taqdiri uchun naqadar katta xatarga aylanishi mumkinligini kо‘rsatdi.
Xuddi shunga о‘xshash omillar ta’siri ostida Jazoirda atigi 5-6 yil ichida 80 ming musulmonning yostig‘i qurigani har qanday sog‘lom odamni fikrli odamni dahshatga soladi.
Demokratik davlatlar tomonidan musulmon Sharqida dunyoviy rivojlanishning nusxa kо‘chirishga arzigulik etaloni, deb baholanib kelingan. Turkiyada 1970 yillardan boshlab islomiy kuchlarning faollashuvi va siyosiylashuvi tufayli avj olgan mafkuraviy ziddiyatlar natijasida sodir bо‘layotgan ijtimoiy notinchlik ham kishini sergaklashtiradi.
Asrimizning 60-yillarida dunyoning sanoati rivojlangan davlatlari qatoriga kirishni maqsad qilib qо‘ygan, о‘sha paytda musulmon Sharqidagi “Dunyoviy rivojlanish” ning yana bir ibratli misoli tariqasida e’tirof etilgan Erondek qadimiy va baquvvat davlatdagi jamiyat hayotining barcha jabhalarini islomiylashtirishga qaratilgan say - harakatlar eronliklarning rivojlangan davlatlar safiga kirish haqidagi orzularini puchga chiqaribgina qolmasdan, balki Eron Islom Respublikasini eng muhim xalqaro jarayonlardan chetga surib chiqarganini kim inkor eta oladi?
Keltirilgan misollarga oxirgi yillarda Misr Arab Respublikasi va ba’zi G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, sobiq shо‘rolar о‘rnida shakllangan yangi mustaqil davlatlarning ayrimlari xududida о‘zini о‘ta taqvodor deb da’vo qilayotgan mazhabiy va toifaviy islomiy harakatlar, oqimlar va shaxslar tomonidan sodir etilayotgan turli kо‘rinishdagi qonli zо‘ravonliklarni qо‘shsak, manzara yana ham oydinlashadi.
Biz Islom demokratiyaga murosasiz, degan da’voni olg‘a surayotganlar (ular qaysi niyatlar bilan bu ishni qilayotganidan qat’iy nazar) tegirmoniga qо‘ymoqchi emasmiz. Zotan, о‘ziga xos va о‘ziga mos taraqqiyot yо‘lidan borayotgan yangi О‘zbekiston tajribasi bunga zarracha asos bermaydi. Aksincha, mamlakatimiz rivojlanishi diniy omilining mutlaqo yangicha, ya’ni dinning jamiyat taraqqiyotidagi haqiqiy rolini tan olib, unga muayyan darajada tayanishi bilan о‘tmish davrlardan tubdan farqlanib turadi. Shu sababli ham О‘zbekistonda 1991 yildayoq “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida” qonun qabul qilingan edi. Bu qonunda vijdon erkinligi huquqi fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng xuquqliligi, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi, Respublikamizda diniy tashkilotlar, diniy jamoa, diniy boshqarmalar, markazlar va birlashmalar, diniy о‘quv yurtlari, ularning nizomlari, nizomlarni rо‘yxatga olish va rad etish, diniy tashkilotlar faoliyatini qanday sharoitda tо‘xtatish kabi masalalar о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda, bu qonunda diniy tashkilotlarning mulki va ulardan foydalanish, ularning ishlab chiqarish va xо‘jalik faoliyati, diniy urf-odatlar va marosimlar, diniy adabiyotlar, diniy tashkilotlarning xayriya va madaniy-ma’rifiy faoliyati, xalqaro aloqalari, bu tashkilot-larda mehnatga oid huquqiy munosabatlar, fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi qonunni buzganligi uchun javobgarlik haqida tо‘la ma’lumotlar berilgan.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling