Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN
- Тuzuvchi: Davlatova Sh.Sh. “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi katta o’qituvchisi
- Мundarija
- 4.Vahhobiylikning yuzaga kelishi va uning asosiy g’oyalari 28-33-betlar
- So’z boshi
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiТЕRMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “FUQAROLIK JAMIYATI” КАFEDRASI «EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI» FANIDANO’QUV-USLUBIY MAJMUA TERMIZ – 2021 Маzkur o'quv uslubiy majmuani таyyorlashda O”zbekiston Respublikasi Оliy va o’rta maxsus та’lim vazirining buyrug'i аsosida qabul qilingan yangi o’quv uslubiy majmualarni таyyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma таlablari asosida yaratildi. O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Оliy vа o’rta maxsus та’lim vazirligining buyrug’i bilan таsdiqlangan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanidan namunaviy fan dasturi аsosida таyyorlandi. Тuzuvchi: Davlatova Sh.Sh. “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi katta o’qituvchisiТаqrizchi: Bo’riyev S.D. “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi kattao’qituvchisi. t.f.n.O’quv-uslubiy majmua Теrmiz davlat universiteti o’quv-metodik Кеngashning 2021 йил аvgustdagi 1-sonli qarori bilan tavsiya qilingan. МundarijaSo‘z boshi. 7-betO‘quv materiallari. Ма’ruza mavzulari “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma‘naviy-ma’rifiy asoslari” kursini o’rganishning ahamiyati 8-14-betlar 2. Ekstremizm va terrorizmning mohiyati va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi 14-23-betlar 3.Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va dunyoviy davlatning dinga munosabati 23-28-betlar 4.Vahhobiylikning yuzaga kelishi va uning asosiy g’oyalari 28-33-betlar5.XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro maydonda terrorchi tashkilotlar faoliyatining kuchayishi 33-43-betlar 6.Yaqin Sharqda terrorchi guruhlarning paydo bo’lish sabablari va kuchayishi . Ishid fitnasi. 43-59-betlar 7. Xalqaro terrorizmning moliyaviy va iqtisodiy manbalari. 60-66-betlar 8. Jahondagi yetakchi davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari. 66-71-betlar 9.Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan ekstremistik va terroristik tashkilotlar 71-80-betlar 10. O`zbekistonning ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati 80-85-betlar 11. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari 85-91-betlar 12.Terrorizm va ekstremizmga qarshi ma`rifat bilan kurashishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish borasidagi vazifalar 91-93-betlar II.Seminar mashg’ulotlari mavzulari 94-95-betlar III.Test savollari 96-106-betlar IV.Мustaqil ta’lim mashg’ulotlari 106-107-betlar V. Ishchi o’quv dasturi 108-123-betlar VI.Glossariy 123-133-betlar VII.Аdabiyotlar 133-134-betlar So’z boshiYangi mingyillik arafasida bipolyar tizimning yemirilishi, jahonning deyarli yarmiga hukmronlik qilib kelgan sottsialistik lagerning inqirozga yuz tutishi natijasida sho’rolar saltanati o’rnida bir qancha mustaqil davlatlar vujudga keldi. Bu davlatlar bozor iqtisodiyotiga asoslangan, demokratik jamiyat qurish yo’lidan borishdi, jamiyat hayotining qator sohalari turli dogmalardan, cheklashlardan xoli etildi. Xalqimizning ming yillik tarixi, milliy-ma’naviy qadriyatlari, yillar davomida taqiqlab kelingan dinning qayta tiklanishiga imkoniyat yaratildi. Lekin shu bilan insoniyat hayoti xavfsiz, barqaror sobitqadam bo’lib qolmadi. Bir qancha mamlakatlarda keskin siyosiy kurash borayotgan bir vaqtda demokratiya asoslarining ba’zan qiyinchilik bilan qaror topishi, milliy o’zlikni anglashning faol jonlanishi hamda millatlar va ayrim elatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashga intilishi, etnik va millatlararo ziddiyatlarning saqlanib qolayotganligi, qotib qolgan mafkuraviy aqidalarning qadrsizlanishi hamda siyosiy va diniy ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligi, o’z tartib-qoidalarini xalqaro demokratik qadriyat sifatida boshqa xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotiga turli yo’llar bilan tiqishtirishga intilish, dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar saqlanib qolayotganligi dunyo hali ham avvalgidek mo’rt bo’lib qolayotganidan dalolat beradi. Bizni qurshab olgan olam g’oyat murakkab va muammoli bo’lib kelgan, shunday bo’lib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ta’kidlaganidek,“Ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solmoqda.” O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan terrorizm, ekstremizm hodisalari jiddiy tashvish tug’dirmoqda. Ekstremizm va terrorizm mintaqamiz uchun tug’dirishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni bevosita tahlil qilishga kirishishdan oldin e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga, ularni dinning ma’naviy qadriyatlaridan, xususan, islomni qayta tiklash shioridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o’rtasidagi farqni ajratib olish zarurligiga e’tiborni qaratish lozim. Ektremizm va terrorizmga qarshi kurash umumdavlat ishiga aylanib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26-martdagi “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar orasida bu xavfning oldini olish uchun keng tushuntirish ishlsri olib boorish va ta’lim muassasalarida bu sohada maxsus kurslarni kiritish belgilab berildi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling