Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


“Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursining predmeti, obyekti va vazifalari


Download 1.7 Mb.
bet3/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

2. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursining predmeti, obyekti va vazifalari. Yer yuzida insoniyat paydo bо‘libdiki terrorizm deya atalmish jirkanch hodisa unga doimo turli kо‘rinishlarda, shakllarda “hamroxlik” qilib keladi. Kо‘pgina manbalarda Makedoniyalik Aleksandrning otasi Filip II ning (milod.av. 359-336) о‘ldirilishi tarixdagi birinchi terroristik hodisa deb baholangan2. Bunday tusdagi fikrlar balki Yevropa davlatlari uchun qayd etib о‘tilgandir. Negaki Qadimgi Misr firavnlaridan bir qanchasi taxt uchun kurashlarda о‘ldirilgan. Masalan, Amonxotep IV, Ramzes XII eslash kifoY. Bunga о‘xshash hodisalar turli tarixiy manbalarda turlicha yoritib kelingan. О‘z davrida Rimda taxt uchun olib borilgan kurashlar, xristianlikning rasmiy mafkuraga aylanishi yо‘lidagi urinishlar, Yevropada reformatsiya davri, inkvizatsiya, Buyuk Fransuz inqilobi, Rossiyadagi oktabr davlat tо‘ntarishlari davrida amalga oshirilgan xunoyezliklar tarixni larzaga solgan va kо‘pgina fan sohalarining jiddiy tadqiqot obyektiga aylandi.
Yangi mingyillik arafasida va yangi mingyillikning о‘tgan davrida terrorchilik qator sabab, omillar tufayli global xarakterga ega bо‘lmoqda. Mustaqil О‘zbekistonda xalqaro terrorizm tomonidan birinchi bor ochiq tajovuz 1999 yilning 16 fevralida sodir etildi. Toshkent shahridagi qator binolarga jiddiy zarar yetkazilishi bilan birga aholi ongiga qо‘rquv solishga harakat qilindi. Sobiq ittifoq parchalanib ketishi bilanoq О‘zbekiston amalda front yoqasidagi davlatga aynab qoldi. Bu paytda qо‘shni Tojikistonda fuqarolar urishi avj olib borayotgan bо‘lsa, Afg‘onistonda harbiy harakatlar yigirma yildan beri davom etayotgan edi. О‘zbekistonning birinchi prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqida (1993 yil) bosh minbardan turib xalqaro hamjamiyatni terrorizm havfidan ogoh etgan edi. “О‘zbekiston "sovuq urush" tugashi davrida mustaqil bо‘ldi. Ana shu davr BMT va jahon hamjamiyati oldida yig‘ilib qolgan muammolarning jamiki majmuiga sergaklik bilan yangicha baho berishni taqozo qiladi. Biz Shimoldagi taraqqiy etgan mamlakatlar bilan Janubdagi rivojlanayotgan davlatlar о‘rtasida hadiksirash kuchayganligidan xavotirdamiz. Sharq bilan G‘arb о‘rtasida avval bо‘lgan mafkuraviy murosasizlik endilikda milliy va diniy zamindagi murosasizlik bilan almashayotganligi xususida taassuf bildiramiz. Biz aqidaparastlik, ekstremizm, terrorchilik tamoyillarining kuchayganligidan tashvishdamiz”3.
Uzoq yillar davomida О‘zbekiston rahbariyati doimo xalqaro hamjamiyatni terrorchilik, narkobiznes, qurol savdosi singari turli tahdidlardan ogoh etib keldi. Unga qarshi birgalikda kurashishni ilgari surdi. Vaholangki bunday jirkanch hodisalar nafaqat О‘zbekistonning milliy havfsizligiga qarshi qaratilgan tahdidlar edi, balki Markaziy Osiyodagi har bir davlatning milliy havfsizligiga, qolaversa umuminsoniyatga qaratilgan tajovuz edi. Xalqaro hamjamiyat 2001 yilning 11 sentabrida Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markazi binosiga terrorchilar tomonidan berilgan zarbalardan keyin e’tibor bera boshladi. Terrorchilik degan mudhish hodisaga birgalikda kurashish zarurligi e’tirof etila boshladi. Ushbu voqeagacha qator tashkilotlar Rossiya hududida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini milliy yoki ozodlik ruhidagi harakatlar deya sharhlab kelishdi. Masalan Shamil Basayev boshchiligida bir guruh separatistlar tomonidan Budennovsk shifoxonasidagi bemorlarni, tibbiyot xodimlarini garovga olinishi ba’zi mamlakatlarda mustaqillik uchun kurash deya baholandi. Bunga о‘xshash voqealar bipolyar tizim davrida ayniqsa kо‘p uchraydi. Nyu-York voqealaridan keyin 50 ga yaqin davlatlar koalitsiyaga birlashib Afg‘onistonda joylashgan “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga tegishli harbiy lagerlarga qarshi jiddiy harbiy harakatlar boshlashdi. О‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning bu harakatlarini qо‘llab-quvvatladi. Biz har doim Afg‘onistonda tinchlik о‘rnatilishidan, mintaqaning barqarorlashidan, tinch hayotga о‘tishidan, uning ravnaqidan manfaatdormiz. Shu sababli О‘zbekiston Afg‘onistonga olib о‘tiladigan gumanitar yuklarning olib о‘tilishi yordam berdi.
“Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursi о‘z obyekti sifatida ushbu jarayonlarni jiddiy tadqiq etishga qaratilgan bо‘lishi talab etiladi. Shuningdek terrorizmning mazmun-mohiyati, kelib chiqish tarixi, terrorchilik tashkilotlari faoliyati, ular tomonidan sodir etilayotgan mudhish jinoyatlar, ularning insoniyat boshiga solayotgan kulfatlari, bunday tusdagi jirkanch hodisaga qarshi kurashishdagi ta’lim – tarbiya tizimi oldidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi.
“Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursining predmetinni ekstremizm va terrorizmning paydo bо‘lishi va jamiyat uchun xavfi; shuningdek, yoshlarni begona g‘oyalarga qarshi kurashish va yurtparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi tamoyillar, tegishli huquqiy – normativ hujjatlar tashkil etadi.
Hozirgi davrda dunyoda eng xavfli kuchga aylanib borayotgan ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi, mohiyati, kimlarga xizmat qilishi, taraqqiyotga salbiy ta’sirini talabalarga tushuntirish va ularni bu xavfga qarshi kurashda ularda yuksak bilim, ogohlik va dahldorlik kо‘nikmalarini shakllantirish kursning maqsadini tashkil qiladi.
Kursning vazifasi - keyingi davrdagi diniy-siyosiy о‘zgarishlarni, diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va dunyoviy davlatlarda dinga munosabat, vahhobiylikning yuzaga kelishi va asosiy g‘oyalari, diniy ekstremizmning paydo bо‘lishi va jamiyat uchun xavfi, ekstremist va terroristlarning О‘zbekistondagi qilmishlari, dunyo davlatlarida terrorizm harakatlari, missionerlik va uning oqibatlari masalalarini о‘rganish masalasidir.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling