Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning tashkil topishi va ularning jamiyat taraqqiyoti uchun xavfi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
4. Din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning tashkil topishi va ularning jamiyat taraqqiyoti uchun xavfi. Islom tarixidan mukammal xabardor bо‘lmagan kishilarning jamiyatimizga mos kelmaydigan, ayrim guruhlar manfaatini kо‘zlovchi ta’limotlarini kо‘r-kо‘rona о‘zlashtirib, atrofdagilarga “yuqtirishga” harakat qilishlari, yoshlarimiz ongida milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda Islom dinining ahamiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi muqarrardir. Chunki mamlakat ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar tarixiy merosimiz, ma’naviy madaniyatimizning boy va qudratli qatlamlari ochilishiga samarali ta’sir etib, xalqimizning ruhiyati milliy iftixor va butun dunyo uchun bag‘rikenglik tomonga о‘zgarmoqda.
Shu о‘rinda, bunday munosabatlar qaror topishi jarayoniga xalaqit berishi mumkin bо‘lgan turli xarakterdagi salbiy harakatlar, mezonlar va boshqa bir qator illatlar ham namoyon bо‘ldiki, ularning namoyandalari xalq orasiga qо‘rqu solish kabi о‘z qora niyatlari yо‘lida har qanday vositadan, hatto qonundan chekinishlardan ham tap tortmadilar. Ushbu salbiy oqibatlarning eng qabihi vahhobiylar tomonidan dinga siyosiy tus berilishi, uning vositasida hokimiyat sari intilishlari, musulmonlar orasiga nifoq solishlari, qо‘poruvchilikni, hatto pirovard-oqibatda, dinning ham о‘z ich-ichidan buzulishiga qaratilgan xarakatlardir. Bunday harakatlar mohiyati, tarixiy ildizlari va g‘oyalari haqidagi turkum kо‘rsatuvlar oynai jahon orqali namoyish etildi va respublikamiz gazetalarida e’lon qilingan maqola va munosabatlarda ham о‘zining ifodasini topdi. Ularning mazmunidan shuni anglab yetish mumkinki, fojiali ishlarning sodir bо‘lishiga sababchi shaxslar millatimizni ezgu niyatlardan chalg‘itish yо‘lida Islomni “qurol” qilib olishgan. Chunki Islom dini asrlar davomida xalqimizning muqaddas e’tiqodi, ma’naviy hayotining dasturilamali bо‘lib kelgan. Shu bois, bugun biz qurayotgan yangi jamiyatda Islom dini alohida hurmat va e’tiborga sazovor bо‘lmoqda. Binobarin, jamiyat bilan Islom dini manfaatlari о‘rtasidagi mushtaraklikni mustahkamlash bugungi kunning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Kо‘rinib turganidek, jamiyat bilan din о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar, xususan, fuqarolik jamiyatining din va uning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan о‘rni va ahamiyatiga tо‘g‘ri yondashuvi, undan ezgu maqsadlar yо‘lida keng foydalanishni maqsad qilib qо‘yishi g‘oyat muhimdir. Din jamiyat rivojiga asrlar davomida ta’sir etib kelayotgan omillardandir. Shunday ekan, ushbu ta’sirchan targ‘ibot vositasidan keng foydalanish istiqlol mafkurasi va axloqini shakllantirishga, jamiyat a’zolarini zamonamiz talab qilayotgan yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham yaqindan yordam beradi. lekin, shu bilan birga, mamlakatimizda ba’zi doiralarning g‘arazli maqsadlarga yetishish vositasi sifatida, hatto mutaassiblik, ya’ni fanatizm yо‘lida ham dindan foydalanayotgani sir emas. Shu bois, birinchi prezidentimiz Islom Karimov “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan kitobida о‘sha davrdagi murakkab vaziyatni chuqur his etgan holda, e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq har qanday muammo g‘oyat nozik ekanligiga, xususan, Islomni qayta tiklash shiorlaridan foydalanayotgan muayyan kuchlar kо‘zlayotgan, dinga aloqasi bо‘lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar о‘rtasidagi farqni tushunib olishlari zarur ekanligiga qaratgan edi. Darhaqiqat, ommaning chinakam Islomga zid bо‘lgan, zо‘ravonlikka da’vat etuvchi g‘oyalarning mohiyatini atroflicha anglab yetishuviga erishish muhim ahamiyatga ega. Mazkur kitobda islomshunosligimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida ham sо‘z yuritiladi. Bular diniy taassub, ekstremizmning oldini olish, unga qarshi kurashish vositalari bilan bog‘liq masaladir. Yana shu narsaga alohida e’tibor qaratish zarurki, ba’zi g‘arazgо‘y kuchlar ekstremizm va terrorizmni faqat islom dini bilan bog‘lab kо‘rsatishga harakat qilmoqdalar. Bu narsa jahon miqyosida islom dinining obrо‘sini tо‘kish uchun ataylab qilinmoqda. Lekin tarixiy faktlar shuni kо‘rsatadiki, ekstremizm va terrorizm hali islom dini paydo bо‘lmagan davrda ham mavjud edi. Buni qadimgi davrda amalga oshirilgan terroristik harakatlar isbotlaydi. Bu harakat xristianlikda ham, buddaviylikda ham mavjud bо‘lgan. Biz bu haqda keyingi boblarda batafsil fikr yuritamiz. Mazkur asarda ta’kidlanganidek, taassub, ya’ni fanatizmning yuzaga kelishiga kо‘proq jamiyatdagi “siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmaganligi sabab bо‘ladi”. Darhaqiqat, “diniy tizimlarning о‘zi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni hal qilishning samarali dasturlarini taklif qilishdan olis” bо‘lganligi uchun taassubchilar bu muammolarning osongina yechimi sifatida dinlar vujudga kelgan zamonlardagi jamiyatda mavjud bо‘lgan dastlabki shart-sharoitlarga qaytishni ma’qul kо‘radilar. Lekin ular keyingi asrlar dovonidan yana ortga qaytish umuman mumkin emasligini e’tiborga olmaydilar. О‘z davrida О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bо‘lib о‘tgan brifingda aytilishicha: “hizbi harakati jihod”, “Da’vat ul-Irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida О‘zbekistonlik (aksariyat Farg‘ona vodiysidan) yoshlar Peshovar tumanida joylashgan diniy о‘quv yurtlarida “о‘qitilmoqda” ekanlar. Barchani tashvishga solib, о‘ylantirgan hamda Vatanimizning osoyishtaligi bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarga kо‘proq e’tibor berishni taqozo etgan narsalardan biri Pokistondagi mazkur yashirin о‘quv markazlarida Markaziy Osiyodan, asosan, Tojikiston va О‘zbekistondan kelgan tо‘rt yuzga yaqin kishilarning bizning davlatimizda turli qо‘poruvchilik ishlarini olib borish uchun tayyorgarlik kо‘rganligidir. Ana shunday murakkab sharoitda Vatanimizning har bir fuqarosi barcha о‘ylarini, fikri-zikrini bir joyga yig‘ib, о‘z yurtining kelajagi, tinchligi haqida, xalqimiz istiqboli haqida, oila va Vatan oldidagi о‘z burchlari haqida chuqur mulohaza yuritib olib borilayotgan siyosat atrofida birlashdilar. Demak, insoniyat diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash avj olgan pallada turibdi. Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan о‘zini xoli his qiladigan birorta qit’a yoki davlatning о‘zi yо‘q. Xuddi vabo singari yer yuzining kо‘plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini ham oldindan aytish qiyin. Bu borada olib borilayotgan kurashda ijobiy natijaga erishishda insoniyatga о‘zaro hamkorlik, birgalikda harakat qilish, bu mudhish hodisaning oqibatlarini tо‘g‘ri anglab yetish talab etiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling