Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
ETA terrorchi tashkiloti. Э́TA (bask. YETA, Euskadi Ta Askatasuna — «Basklar mamlakati va erkinligi») — 1959 yilda Franko diktaturasiga qarshi tashkil etilgan basklarning sо‘l radikal, nasionalistik ruxdagi separatistik tashkiloti11. U Shimoliy Ispaniya va Fransiyaning janubiy – g‘arbida joylashgan Basklar mamlakati mustaqilligi uchun kurashishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan. Lekin bu tashkilotning kelib chiqish Ispaniyadagi fuqarolar urushi davriga, Franko tomonidan amalga oshirilgan Gernika bombardimoni yillariga va 1937 yilda Basklar mamlakati avtonomiya sining tugatilishi davriga borib taqaladi. Nasionalistik ruxdagi basklar harakatining bosh mafkurachisi Sabino Arana (1865 - 1903) hisoblanadi. U XIX asrdayoq Basklar mamlakatini Ispaniya mustamlaka qilganligini, uning tarkibidagi Biskayya, Gipuskoa, Alava, Nvarra va Fransiya tarkibidagi Zuberu, Labur, Quyi Nvarra regionlarini birlashtirgan konfederasiya tuzish g‘oyaini ilgari suradi. General Franko hokimiyat tepasiga kelgach Ispaniya respublikasi davridagi (1936 yil) Basklar mamlakati avtonomiyasini bekor qiladi. Bask tili, madaniyati kamsitildi. Ish yuritish, ta’lim, kitob va jurnallar faqat ispan tilida nashr etilishi belgilab qо‘yildi. Ispaniya dagi fuqarolar urushi davrida respublikachilar tomonida turib jang qilgan Biskayya va Gipuskoa provinsiyalar “sotqin-provinsiyalar” deb e’lon qilindi. 1937 yilda basklarning muqaddas maskani Gernikani yer yuzidan о‘chirib tashlashdi. Ushbu holatlar ETA ning tuzilishiga olib keldi. ETA о‘z oldiga asosiy maqsad qilib basklarning musatqil davlati – Euskadi davlatini tuzish edi.
ETA о‘z faoliyatini 1960 yillarda temir yо‘l liniyalarida, harbiy kazarmalarda, politsiya mahkamalarida portlashlarni amalga oshirishdan, rasmiy Madridning amaldorlariga, jandrmlariga suiqasdlar uyushtirishdash boshlaydi. Bu yillarda Ispaniya ma’muriyati ETA bilan rasmiy muzokoralar olib borishdan bosh tortadi. Lekin norasmiy manbalarga qaraganda norasmiy muzokaralar olib borilgan. 1960 – yillarning oxirlariga kelib ETA kurashning “inqilobiy terror” yо‘liga о‘tadi. О‘tgan davr mobaynida ularning qо‘lida 850 odam xalok bо‘ldi. 1973 yilda ETA faollari tomonidan eng mashhur terakt sodir etildi. Bu gal terrorchilar ispan qiroli vorisi Ispaniya hukumati rahbari Luis Karreo Blankoni о‘ldirishdi. Lekin uzoq vaqt davomida etachilarni terrorchilar deb atamasdan kelishdi. Balki buning sababi fashistik rejim tarafdori Frankoga qarshi kurashib kelganligi uchundir. Shunday bо‘lgan taqdirda ular tmonidan amalga oshirilgan teraktlarda qanchadan – qancha tinch aholi jabr kо‘rdi. 1975 yilda qirol Franko vafot etadi. Ispaniyada Xuan Karlos boshchiligida birmuncha demokratik ruhdagi yangi hukumat qaror topdi. Ozgina muddat о‘tgach 1978 yilda basklar mamlakati ispan regionlari ichida tengi yо‘q muxtoriyat huquqi oladi, bu imtiyozdan bugungacha foydalanadi. Endilikda ETA vakillarini frankochilar rejimiga qarshi kurashuvchilar deb emas, balki terrorchilar deb atay boshlashdi. Ular tomonidan 1979 yilda sotsialist German Gonsalesning о‘ldirilishi bunga bir tomondan о‘ziga xos turtki bо‘ldi. ETA ning tashkilot sifatidagi doimiy faoliyati katta mablag‘ni tashkil qilardi. Bu muammoning yechmi sifatida tashkilot vakillari basklarning yirik va о‘rta tadbirkorlaridan har yili muntazam ravishda olinadigan “inqilob solig‘i” yо‘lga qо‘yishdi. Bu yо‘l bilan keladigan daromad ETA boshqaruv vakillarini, jangarilarini maosh bilan ta’minlab kelish, ularni qurollantirish, muntazam shay holatda ushlab turish imkonini berdi. Tashkilot ichida qat’iy belgilangan tartib – intizom amal qilgan. ETA vakillari 1970 – 1980 yillarning bо‘sag‘alarida о‘z harakatlariga qonuniy tus berishga harakat qilishdi. Mamlakatda ularni qо‘llab – quvvatlovchi 13 partiya dan iborat koalitsiya vujudga keldi. Lekin tashkilot a’zolarining faoliyati har doim ham qonunda belgilangan tartibda bormadi. Dastlabki teraktlar yakka – yakka siyosiy tusda bо‘lsa, keyinchalik terroristik harakatlarning sohalari kengayib bordi. Faqat alohida shaxsga qaratilgan emas balki ommaviy qirg‘inga sabab bо‘ladigan aksiyalar boshlab yuborildi. 1980 yilda ETA ning xilma – xil kо‘lamdagi terroristik harakatlari oqibatida bir yil ichida turli joylarda 118 kishi xalok bо‘ldi. 1987 yili Madrid supurmarketida sodir etilgan terroristik harakat oqibatida esa 21 nafar tinch aholi hayotdan kо‘z yumdi. Albatta, ispan maxsus xizmati vakilllari shunchaki qarab turishmadi. Ular etachilarga qarshi kurashda Lotin Amerikasi mamlakatlari maxsus xizmati vakillarining tajribasidan foydalanishga qaror qilishadi. ETA ni butunlay bartaraf etish maqsadida “о‘lim eskadroni” deb atalmish bо‘linma tashkil etildi. Uning yordamida ETA ning faol arboblarini noqonuniy о‘g‘irlash, yо‘q qilish boshlab yuborildi. Ba’zi kishilar shubha ostida yо‘q qilinib ularning ETA ga umuman aloqasi bо‘lmagan. Natijada Ispaniya da maxsus xizmat vakillariga, olib borilayotgan bunday tusdagi siyosatga nisbatan salbiy fikrlar paydo bо‘la boshladi. ETA ga nisbatan esa xayrixohlar orta boshladi. Tashkilot vakillari tomonidan 1997 yilda Bask viloyatida hukmron Xalq partiyasi vakili Miguel Blanko о‘g‘irlab ketilgach vaziyat butunlay о‘zgarib ketdi va etachilar foydasiga emas. ETA tashkiloti Miguel Blankoni qaytarib berish evaziga Ispaniya qamoqxonalarida jazo muddatini о‘tayogan 460 ta mahbusni ozod etish talabi bilan chiqadi. Albatta ispan hukumati bu talabni bajarmaydi. Yosh siyosatchining о‘limidan keyin Ispaniya bо‘ylab zо‘ravonlikka chek qо‘shish talabi bilan ommaviy namoyishlar boshlanib ketadi. Natijada ETA о‘t ochishni tо‘xtatishini e’lon qiladi. Kо‘rinib turibdiki har ikkala tashkilot IRA ni ham, ETA ni ham terrorchi tashkilot deyish mumkin. Hozirgi kunda Yevropaning asakariyat davlatlarida parlement demokratiyasi qaror topgan, barcha millatlar о‘z hoxish – istaklarini erkin namoyon qilish imkoniga ega. Bunday sharoitda kо‘pgina milliy – separatistik ruxdagi tashkilotlar milliy negizdan yuz о‘girib sо‘l terrorizm yо‘liga о‘tishgan. Germaniya dagi terroristik harakatlar haqida gap borganida “Qizil Armiya Fraksiyasi” (Rote Armee Fracione - RAF) terrorchilik harakati ajralib turadi. Tashkilot о‘z nomini SSSR, Xitoy, Kuba armiyalarining nomidan olagan. Ular ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan, ayniqsa undan keyingi tuzilgan GFR davlatining hukmron tabaqalaridan keskin norozi edilar. Terrori yо‘lini tutgan bu tashkilot о‘z dasturida jamiyat hayotidagi quyidagi illatlarga qarshi kurashishni ilagri suradi: AQSH gegemonligiga qarshi turish; Vyetnamdagi urushga chek qо‘yish; harbiy xizmatni tartibga solish; rokn – rollga; giyohvand moddalarga; ahloqsizlikka va boshqa kо‘plab holatlarga qarshi kurashishni о‘z maqsadi deb hisoblaydi. Germaniyada nom chiqargan yana bir terroristik tashkilot “Aksilimperialistik yacheykalar” tashkiloti bо‘lib, ular jamiyatga katta miqdorda moddiy ziyon yetkazmaydigan, о‘limga olib kelmaydigan portlashlarni amalga oshirib keladi. Yevropadagi terroristik tashkilotlar haqida gap borganida Italiya “Qizil Brigadalari” alohida о‘rin tutadi. Bu tashkilot faoliyatini “Qizil Armiya Fraksiyasi” faoliyati qiyoslash mumkin: ularning har ikkalasining nomining yaqinligi; amalga oshirgan jinoiy harakatlarining xususiyati; teraktlarni amalga oshirish metodlari; moliyalashtirish manbalari. “Qizil Brigadalar” (“Brigade rossi” - BR) tashkilotiga Trent universitetining radikal kayfiya tdagi talabalari Renato Kurcho, Alberto Francheskini, Margarita Kagollar asos solishgan. Tashkilot shahar partizanchiligi kurashi usulini tanlagan. Ularning maqsadi inqilobiy davlat tuzish orqali Italiyaning Yevropa davlatlari bilan integrasiyasini cheklash edi. A’zolarining umumiy soni 2500 ga yaqin bо‘lgan12. Bu tashkilotning tuzilganligi, faoliyati haqidagi dastlabki xabar 1970 yilning oktabrida Italiya matbuotida paydo bо‘ldi va ozgina vaqt о‘tgach “Pirelli” firmasi zavodlarida dastlabki portlashlar amalga oshirildi13. Keyinchalik brigadachilar ikki yil davomida kuch tо‘plashdi, tarafdorlar orttirishdi, о‘zlarining kurash va boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqishdi. Natijada ular keng kо‘lamdagi operasiyalarni amalga oshira oladigan mukammal tashkilotga aylanib ulgurishdi. 1972 yilning 3 martida BR ning birinchi yirik jinoyati sodir etildi – “Sit - Simens” rahbariya ti a’zosi Idaldo Makyarini о‘g‘irlab ketildi. Kurashning ikkinchi bosqichi Genuya bosh prokurorining о‘rinbosari Mario Sossini о‘g‘irlash bilan boshlandi. Olib borilgan muzokaralar shuni kо‘rsatdiki, bu davlat amaldorini ozod qilish uchun terrorchilar sakkiz nafar mahbusni ozod qilishni talab etishdi. Brigadachilarning sharti bajarilmagach prokuror о‘rinbosari о‘ldirildi. 1974-1975 yillarda BR fasta tashkil qilindi. Yangi qо‘mondonliklar tashkil etildi. Har birida besh kishidan kо‘p bо‘lmagan brigadalar BR ning asosiy zarbdor kuchini tashkil qilar edi. Bunday tarmoqlar Milan, Turin, Genuya, Rim kabi qator shaharlarda tashkil etildi. Ayni paytda BR tarkibida о‘z odamlarini ministrliklarga, politsiyaga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadigan razvedka xizmati faoliyat yuritar edi. “Qizil Brigadalar” faoliyatining chо‘qqisi 1977 - 1981 yillarga tо‘g‘ri keladi. Bu paytda brigadachilarga Mario Moretti boshchilik qildi. Davlat hokimiyati vakillariga tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri hujum qilish avj oldi. 1978 yilning martida Aldo Moro о‘g‘irlab ketildi. Ular hukumatni muzokaralarga kirishishga, “Qizil Brigadalar”ni siyosiy muxolifat sifatida tan olishga majbur qilishmoqchi bо‘lishdi. Yana rad javobi olishgach Moro о‘ldirildi. Shundan keyin ommaviy aksiyalar boshlanib, jamoat joylari – maktablar, universitetlar, transport vositalari nishonga olindi. Faqatgina 1979 yilning о‘zida 2150 ta terakt amalga oshirilib, shundan 133 tasi о‘quv yurtlarida sodir etildi14. Ush bu voqealardan keyin qilgan ishlariga pushaymon ba’zi BR vakillari italyan politsiyasiga kо‘rsatma bera boshlashdi. Qisqa muddat ichida brigadachilarni aksariyati politsiya tomonidan hibsga olindi. 1998 yilda tashkilot о‘z faoliyatini rasman tо‘xtagan. Italiyada BR bilan bir qatorda “Birinchi chiziq”, “Ishchi avtonomiya”, “Yangi tartibot”, “Xalq kurashi” kabi bir qator sо‘l radikal ekstremistik guruhlar ham faoliyat olib borishdi. Ular terror qilib qolmasdan о‘z harakatlarini turli xil mafkuraviy qarashlar bilan oqlashar va shu tariqa tarafdorlar orttirishga harakat qilishar edi. Shuningdek turli mazmundagi terrorchi harakatlarni Fransiya, Gretsiya, Belgiya va boshqa Yevropa davlatlari kuzatish mumkin. Albatta ushbu terroristik tashkilotlarning yuzaga kelishiga qator sabab va omillar mavjud edi. Avvalombor shuni aytish joizki, uzoq yillar hukm surgan bipolyar tizim davri sabab bо‘ldi. Bunday sharoitda har ikkala tomon bir – birini zaiflashtirish uchun kurashning hech qanday turidan qaytishmadi. Kerak bо‘lsa terrorchi tashkilotlarni har tomonlama qо‘llab – quvvatlashdi. Ikkinchidan shuni aytish mumkinki, ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropaning qator davlatlari ishchi kuchi muammosini hal etish uchun о‘z koloniyalaridan kelayotgan migrantlarga katta miqdorda fuqarolik berishdi. Bu migrantlarning katta qismi Yevropa davlatlarining о‘z ona vatanlariga qarshi olib borayotgan siyosatidan norozi edilar. Uchinchidan G‘arbiy Yevropa davlatlarida diniy sekulya rizasiya jarayonidan norozi bо‘layotgan diniy tashkilotlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa islom diniga bо‘layotgan munosabat qator teraktlarning amalga oshirilishiga sabab bо‘ldi. Tо‘rtinchidan, Osiyo davlarida faoliyat yuritayotgan qator terroristik tashkilotlarga Yevropada boshpana berilishi, ularga ofislar ajratilishi, banklarda о‘z hisob raqamlariga ega bо‘lishiga imkon berilishi ham bu tusdagi harakatlarning avj olishiga imkoniyat yaratadi. Xulosa tariqasida aytish mumkin xalqaro terrorga qarshi umumiy say – harakat yо‘lga qо‘yilmaganligi terrorchilarga qо‘l kelmoqda. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling