Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


AQSH va Lotin Amerikasi davlatlarida terrorchi tashkilotlar


Download 1.7 Mb.
bet20/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

2. AQSH va Lotin Amerikasi davlatlarida terrorchi tashkilotlar. Hozirgi kunda AQSH xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurashda eng lider davlat sifatida kо‘rsatishga harakat qilib kelmoqda. О‘z mamlakati ichida esa terrorchi tashklotlarning mavjudligini tan olishdan doimo bosh tortib keladi. Ayniqsa Ku-klus-klanchilar AQSH da terrorchi tashkilot sifatida tan olinmagan. 2005 yil 11 oktabrda mamlakat manffatlari uchun havfli deb hisoblangan 42 ta terroristik tashkilot rо‘yhati tuziladi. Ularning barchasi mamlakat tashqarisidagi terroristik tashkilotlar bо‘lib, AQSH ning xalqaro maydondagi manfaatlariga tо‘sqinlik qilib kelishadi. Aytib о‘tilganidek Ular orasida AQSH hududida amal qilgan va hozirda ham amal qilayotgan klanchilar yо‘q. Lekin terrorchi tashkilotning mavjud emasligi terroristik harakatning yо‘qligini anglatmasa kerak. Bittagina misol AQSH prezidentlaridan nechtasiga suiqasd qilinganligi hammaga yaxshi ma’lum.
Ku-kluks-klan AQSH hududida oq irqni madh etuvchi, uning ustunligi uchun kurashuvchi tashkilot bо‘lib 1861-1865 yillarda bо‘lib fuqarolar urushidan janubliklar armiyasining soldatlari tomonidan tashkil etilgan. 1865 yilning 24 dekabrida Janubliklar armiyasi taslim bо‘lganidan keyin olti oy о‘tgach Tennessi shtatida sudya Tomas Djons va janubliklar armiyasining oltita veterani (Makkord, Lester, Kennedi, Krou, Djouns, Rid) tomonidan asos solinadi. Ma’lum fuqarolar urushi ketayogan bir paytda AQSH prezidenti A.Linkoln 1863 yilning yanvarida mamlakatda qulchilikni bekor qilish tо‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi. Ku-klus-klanchilar qora tanli aholining huquqlarini kengayiga qarshi kurash olib borar edi. Ku-klus-klan sо‘zi ba’zi manbalarda aytilishicha soldatlar vintovkani о‘qlash uchun zatvorni tortishganida chiqqan tovushdan olingan deyiladi15. Ular odatda ozodlikka chiqqan qora tanli aholidan, shuningdek qora tanli aholining haq – huquqlarini himoya qilgan sudyalardan, yozuvchilardan namoyishkorona о‘ch olishardi.
Ku-klus-klanchilar tashkiloti tuzilishiga kо‘ra juda murakkab edi. Avvalombor bu uyushma “Kо‘rinmas Janub imperiyasi” deb atalib, uning tepasidagi rahbar “Buyuk donishmand” (rus. «Velikiy Mudrets», angl. Grand Wizard) deyilgan. Rahbarning huzurida о‘nta “Daho” (geniy) dan iborat kengay bо‘lgan. Har bir shtat “Qirollik” hisoblanib, ular “Buyuk ajdarho” tomonidan boshqarilgan. Har bir qirollik о‘z navbatida dyumenlarga ajralgan. Tashkilotning oddiy a’zolari “vampirlar” deb atalgan.
1868 yilda klanchilar о‘z Ustavlarini qayta kо‘rib chiqishadi. Ular о‘z harakatlarini barcha shtatlarda keng yо‘lga qо‘yishga harakat qilishadi. Ularning hatti-harakatlari 11 ta shtatni qamrab oladi. Ayniqsa Tennessi, Alabama, Shimoliy Karolina, Luiziana shtatlarida ularni qо‘llab – quvvatlovchilar kо‘pchilikni tashkil qilgan. 1871 – 1872 yillarda klanchilar uyushmasi hukumat tomonidan tugatiladi. Birinchi jahon urushidan keyin qayta tashkil etiladi. 1922 yilning yanvariga kelganda AQSH ning 45 shtatida tashkilotning taxminan 1500 ta bо‘linmalari faoliyat olib borardi. Buyuk dipressiya davrida tashkilot faoliyati yana tо‘xtab qoladi. Ikkinchi jahon urushi davrida tugatilganligi rasman e’lon qilinsada, 1946 yilda tashkilot yana tiklanadi. U ilgaridek yagona tashkilot bо‘lmasada, uning faollari kuchayib boradi. 1954 yilda maktablarda oq va qora tanli bolalarni birgalikda о‘qitish tо‘g‘risidagi qaror klanchilarni junbushga keltirdi. Qora tanli aholining uylariga, maktablarga hujum kuchaydi. 1955 – 1965 yillarda irqchilar 85 kishini о‘ldirishdi. Bu omma orasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Keyingi yillarda klanchilarning faol harakatlari barbod bо‘ldi.
AQSH dagi irqchilik tarixida oq tanli irqchilar tomonidan tashkil etilgan “Oriylar millati” tashkiloti muhim о‘rin tutadi. Bu tashkilot 1974 yilda Richard Batleni tomonidan tashkil etiladi. Ular qora tanli aholini mustaqil davlat boshqarishga qodir emas deb bilishar edi. Banklarni talon – taroj qilish ularning asosiy daromad manbai edi.
AQSH dagi turli irqchilik negizidagi tashkilotlar vakillari tomonidan negrlarni vaxshiyona о‘ldirilishi qora tanli aholi tomonidan javobsiz qoldirilmadi. Natijada javob yurishi tariqasida “Qora qoplonlar” tashkiloti vujudga keldi. Tashklotning nomi ramziy ma’noda edi. Ma’lumki qora qoplon hech qachon birinchi bо‘lib hujum qilmaydi. 1988 yilga kelib ularning soni 2 ming kishiga yetdi. Ularning vazifasi “Qora getto” larni politsiya yoki oq irqchilardan himoya qilish edi. 1968 yilda qora tanli aholi huquqlari kurashchi bо‘lgan Martin Lyuter King oq irqchilar tomonidan о‘ldirilishi natijasida qoplonlarning politsiya bilan tо‘qnashuvi boshlandi. 1980 – yillarga kelib FBR rahbari qoplonlarning mamlakat uchun katta tahdid ekanligi haqida bayonot beradi. Shundan keyin qoplonlarga nisbatan qatog‘on boshlanadi. Harakat tugatilsada, “Qora qoplonlar” ning eng murosasiz radikallari turli terrorchi tuzilmalar tarkibiga kirib ketishdi.
Ana shunday terroristik tashkilotlardan biri “Jamoat ul-Fukra” edi. Tashkilot mafkuraviy jihatdan sof islomni tiklashga harakat qilar edi. “Jamoat ul-Fukra” jangovar operasiyalarni Kanada, Karib havzasi, Pokiston, Hindiston va AQSH ning qator shtatlarida о‘tkazar edi. “Jamoat ul-Fukra” xalqaro maydonda turli separatistlarni qо‘llab – quvvatlasa, mamlakat hududida о‘z qarashlariga qо‘shilmaydigan musulmonlarga qarshi kurashardi. Sodir etilayotgan teraktlar qisman boshqa sonli krishnachilar, induslar, yahudiylarga ham qarshi qaratilgan edi. “Jamoat ul-Fukra” umumiy a’zolari uch mingga yaqin edi.
Lotin Amerikasida harakat qilayotganekstremistik guruhlar va tashkilotlar ellikka yaqin. Bular: Puerto-Rikoda – Milliy Qarshilik Armiyasi; Salvadorda – Milliy Ozodlik kuchlari va Milliy ozodlik fronti; Boliviyada – Katari Partizanlar Armiyasi; Ekvadorda – “Qizil Quyosh” guruhi; Gondurasda – “Morazint Uyushmasi” va shu kabilar.
Bugungi kunda Kolumbiya dagi vaziyat nihoyatda og‘irligi bilan ajralib turadi. Mamlakatdagi partizanlar urushi 1949 yildan beri davom etmoqda. Isyonchilarning umumiy soni 25 mingdan ortiq kishini tashkil qiladi. Salkam oltmish yildan beri davom etayogan jangovar harakatlarda 200 mingdan ortiq kishi xalok bо‘ldi. 2 million kishi о‘z yashab turgan joyini tashlab chiqishga majbur bо‘ldi. 1964 yilda tashkil etilgan Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (KIQK) eng qudratli, kо‘psonli va muhim guruh hisoblanadi. KIQK о‘z hatti – harakatlarini amalga oshirishda terrordan, shuningdek partizanlar urushi usulidan keng foydalanadi. О‘z nazoratidagi hududda tegishli qonunlarini о‘rnatgan bо‘lib, unga amal qilmaganlarga о‘lim jazosi belgilanadi. Terrorchilik harakatlarini, jangovar operatsiyalarni olib borish doimiy ravishda moliya manbalari talab viladi. Bu esa tashkilot yetakchilarini moliya manbalarini izlashga majbur qiladi. Natijada ular narkobaronlar bilan hamkorlik qilishga majbur bо‘lishdi. Albatta partizanlar bu yо‘l bilan katta daromad qilisha boshlashdi. Ba mablag‘lar tashkilot yetakchilariga о‘z otryadlarini qurollantirishga, jangovar shayligini ushlab turishga, qator jangovar operatsiyalarni amal oshirishga katta imkon berdi.
Perudagi “Sendero Luminoso” (“Oydin yо‘l”) tashkiloti ham taniqli terroristik tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu tashkilot 1960 – yillarda peruda asosan hindular yashaydigan tumanda Ayakuchcho Universitet о‘qituvchilari federasiyasi hamda talabalar uyushmasi arboblari orasida tashkil etiladi. Ular Predagi mavjud hukumatni qonuniy deb hisoblaydigan barchaga qarshi kurashishlarini e’lon qilishadi. “Sendero Luminoso” tashkilotining asosiy maqsadi mavjud davlatni yemirib tashlab, uning о‘rnida hindular manfaatiga xizmat qiladigan sotsialistik tizim barpo etish edi. Tashkilot qashshoq qishloq aholisiga tayanar edi. “Sendero Luminoso” faoliyati gullagan paytida uning safida 2 mingga yaqin kishi bо‘lgan. 1980 – 1983 yillarda 2500 ta terrorchilik harakati sodir etilib, 1580 kishi о‘ldirildi. Peru politsiyasi 1982 yildan boshlab “Sendero Luminoso” ga qarshi faol kurasha boshladi.
Peruda “Sendero Luminoso” dan tashqari yana bir “Tupak Amaru” nomli terrorchi tashkilot ham mavjud. Uning nomi Janubiy Amerikalik hindular yо‘lboshchisining nomidan olingan. Tashkilot yetakchisi Nestor Serna о‘z oldiga Mao Szedun g‘oyalari asosida kommunizm qurishni maqsad qilib olgan.
Chilida “Sо‘l Revolyusion Harakat” tashkiloti terroristik harakat yо‘liga birinchilardan о‘tdi. Ularning asosiy kurash usuli portlashlar, о‘g‘irliklar, qotilliklar edi. Yana bir ekstremistik tashkilot LAUTARO yoshlar guruhi bо‘lib, u katta shaharlarda barqarorlikka putur yetkazishga harakat qilar edi. Laularochilar biznesmenlarni, parlamentariylarni, boy sayyohlarni о‘g‘irlashar, bank, kazino, elita klublarga hujam qilishardi.
Argentinada 1970 yilda tuzilgan Revolyusion Xalq Armiyasi XXI asr boshigacha eng yetakchi ekstremistik tashkilot bо‘lib keldi. Ular ham asosan individual terror, biznesmenlarni, diplomatlarni о‘g‘irlash bilan keng shug‘ullanishdi.
Kо‘rinib turibdiki, Shimoliy Amerikada ham, Janubiy Amerikada ham turli negizdagi – milliy, irqiy, diniy negizdagi terrorchi tashkilotlar tо‘lib yotibdi. Albatta bu tashkilotlar yer yuzidagi havfsizlik va barqarorlikka jiddiy havf soladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling