Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet29/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Odam savdosi. Odamlar savdosi – bu alohida shaxsni (yoki guruhni) yollash, ularni bir davlat chegarasi doirasida yoki chegarasidan tashqariga olib ketish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha harakat yoki maqsadlar bо‘lib, u о‘z ichiga sotish, sotib olish, topshirish, bunday harakatlarni foyda kо‘rish yoki shunchaki bunday shaxsni keyinchalik aldab yoki majburlab (zо‘rlik ishlatib yoki zо‘rlik ishlatish bilan qо‘rqitib), shuningdek, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish yо‘li bilan ishlatish maqsadida ushlab turishni, shuningdek, shaxsni hohishiga qarshi holda qulchilik sharoitida haq tо‘lash yoki tо‘lamasligidan qat’i nazar ushlab turishni ham о‘z ichiga oladi.
Tadqiqotchi Repiskayaning fikriga kо‘ra, odam savdosi deganda, shaxsni sotib olish yoki unga qarshi qaratilgan boshqa qonunga xilof bitimlarni, shuningdek, shaxsni qо‘lga kiritish va undan har qanday foyda olish uchun foydalanish va nazorat ostiga olishni yoki har qanday shaklda ekspluatasiya qilish maqsadi va ayriboshlashni bildiradi32. Nemis olimi Leo Kaydel esa odam savdosi muammosini chuqur о‘rgangan holda, u uyushgan jinoyatchilikning asosiy fao­liyat turlaridan biri hisoblanib, kriminal faoliyat iyerarxiya sida beshinchi о‘rinni egallaydi, degan fikrni bildirib о‘tgan.
R.Qodirovning ta’kidlashicha, odam savdosi – inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tah­did solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik kо‘rinishlari­dan biri bо‘lib, о‘zining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda33. Mazkur jinoiy faoliyatning motiv va maqsadi g‘araz, ya’ni moddiy foyda yoki daromad kо‘rishni kо‘zda tutadi. Chunki odam savdosidan kо‘zda tutilgan asosiy maqsad jinoyatchining о‘zi yoki boshqa shaxslar orqali pul yoki boshqa moddiy boyliklarga ega bо‘lish hisoblanadi.
M.X.Rustamboyevning ta’kidlashicha, odam savdosi – hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Undan keladigan daromad giyohvand moddalar va qurol savdosidan sо‘ng uchinchi о‘rinda turadi. Jinoya tchilikning mazkur turidan keladigan daromadning yillik aylanmasi 32 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Yiliga 2 million inson bu savdoning qurboni bо‘lmoqda. Jinsiy ekspluatasiya, majburiy mehnat, bolalar mehnatini ekspluatasiya qilish shu darajada keng tarqalganki, natijada hozirgi kunda millat genofondiga, shu bilan birga milliy xavfsizlikka jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday holatda har qanday madaniyati rivojlangan mamlakat mazkur jinoiy faoliyat turi bilan kurash bо‘yicha barcha zarur choralarni kо‘rishi lozim. О‘zbekiston ham bu borada istisno emas.
Odamlar (ayniqsa, ayollar va bolalar) savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar sо‘nggi yillarda avj oldi. Bugungi kunda odamlar savdosi transmilliy uyushgan jinoya tchilikning uzviy tarkibiy qismi bо‘lib, dunyo bо‘yicha shunchalik keng tarqalganki, BMT va migrasiya bо‘yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlari million­lab shaxslar undan jabr kо‘rayotganligidan dalolat beradi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000 yil 15 noyabrdagi 55/25- sonli rezolyusiyasi bilan qabul qilingan «Transmilliy uyushgan jinoya tchilikka qarshi kurash tо‘g‘risida»gi Konvensiya da (mazkur xalqaro hujjat О‘zbekiston Respublikasi tomoni­dan (2001 yil 28 iyunda ratifikasiya qilingan) esa odam savdosi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. Odam savdosi – odam­lardan foydalanish uchun ularni yollash, tashish, berish, yashirish yoki odamlarni qо‘rqitish asosida kuch bilan boshqa vositalarni qо‘llash orqali yoki boshqa majburlov vositalari, о‘g‘irlik, tov­lamachilik, aldov, hokimiyatni suiste’mol qilish, yohud mansab mavqeidan foydalanib, sotib olish yо‘li bilan qо‘lga kiritishni anglatadi. Odam savdosi xalqaro hamjamiyat tomonidan inson, oila va jamiyat farovonligiga xavf tug‘diruvchi akt sifatida baholanadi.
Albatta bunday “marhamat” dan daishchilar ham, boshqa terrorchi guruhlar ham chekkada qolishayotgani yо‘q. Bolalarni, ayollarni, qizlarni turli maqsadlarda sotish, inson organizmlari (transplantasiya maqsadlarida) bilan savdo qilish ularning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida mavzularda daishchilar nazoratida bо‘lgan geografik hududlar tahlil qilingan edi. Bugungi Suriya va Iroq hududiga kiruvchi bu о‘lkalarda nihoyatda yirik neft konlari joylashgan. Albatta DAISH bu neftni qora bozorda arzon narxlarda pullab keladi. Har bir barrel neftning narxi jahon bozoridagi neft narxidan ikki barobar kamiga sotilib, kuniga uch million dollargacha daromad qilingan.
Kо‘rinib turibdiki, zamonaviy terrorchilik katta mablag‘larni talab etadi. Ularni moliya suv va havodek zarur. Kezi aytib о‘t ish joizki daishchilar safida, ularning turli darajadagi lavozimlarida о‘tirganlarning ichida hammasi ham musulmon emas. Daromad evaziga jang qilayotganlari anchaginani tashkil etadi. Turli yо‘llar bilan olinayotgan bu mablag‘lar baribir xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik orqali olinmoqda. Shunday ekan yangi ming yillik vabosi bо‘lmish terrorizmga qarshi kurashning eng oqilona yо‘li xalqaro hamjamiyatning umumiy hamkorligini tashlab etadi.

Takrorlash uchun savollar.


1. Terror globallashuvini ta’min etuvchi qanday omillarni о‘z ichiga oladi?


2. Noqonuniy qurol – yarog‘ savdosi xalqaro terrorizmning muhim moliyaviy manbai.
3. Narkobiznes savdosi va uning zararli oqibatlari qanday?
4. Neft va odam savdosi deganda nimani tushunasiz?



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling