Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
Glikolni purkash orqali gazni quritish
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy gazni monoetilenglikolli quritish qurilmasi
Glikolni purkash orqali gazni quritish.
G’arbiy Yevropa davlatlarida-purkaluvchi absorberlar keng qo‘llaniladi. Glikolni purkash diametri olib keluvchi gaz o ‘tkazmasiga yaqin bo ‘lgan apparatda olib boriladi. Jarayonning samaradorligi maxsus forsunkalarda amalga oshirilgan eritmaning purkash darajasi bilan aniqlanadi. Purkalgan suyuqlik kontakt fazosida katta yuzani hosil qiladi, gazning katta tezligi (1-10 m/s) massa almashinishni jadallashtirishni va oqimda zarralarni yaxshi taqsimlanishini ta‘minlaydi. Eng yaxshi massa almashinish gazning va tomchining nisbatan katta tezligida sodir bo ‘ladi, glikolni purkash yo ‘li orqali gazning oqimiga qarshi borishiga erishiladi. Suyuqlik zarrachalarini prachalanishi natijasida tuman shakllanadi, zarralarni ajralishi mavjud bo ‘lgan ajratgichlarning konstruksiyasida limitlanadi. Quritishning optimal harorati 15-30°Cni tashkil qiladi [19]. Past haroratda glikolning qovushqoqligi ta‘sir qiladi, yuqori haroratda esa glikol bug‗larining elastikligi oshadi va shu bilan yo ‘qotilish o ‘sadi. Shuni belgilash mumkinki, glikolni forsunkalarga 30°Cdan yuqori haroratda uzatish amalga oshiriladi, qaysiki, qovushqoqligi uncha katta bo ‘lmaganda. Glikol gaz bilan kontaktda oqimning haroratini bir zumda qobul qiladi, lekin nisbiy miqdori uncha katta emas. Quritish jarayoni har bir bosqichda forsunkaning konusida olib boriladi va glikol tomchisini paydo bo ‘lish paytida apparatning hajmida va ajratgichda tugallanadi. Glikolning filtrlanishi uchun oldindan filtr qo ‘yiladi, filtr zarralarni kattaligi 5 mkm bo‘lganini va ularni chiqib ketishini ta‘minlaydi. Mexanik zarralar forsunkaning sumagiga o ‘riladi va eritmani ko ‘piklanishga chaqiradi. Agar gazni glikolli tozalash past haroratda olib borilganda, monoetilenglikolli 70-85%-li eritmasidan foydalaniladi va glikolni uzatish issiqlik almashgichda purkalish orqali amalga oshiriladi. Tabiiy gazni monoetilenglikolli quritish qurilmasi Glikolli regeneratsiyalash bloki bilan gazni quritish qurilmasining texnologik sxemasi 1.47-rasmda keltirilgan. Gaz aminli tozalash qurilmasi vodorod sulfid va uglerod kislotasidan aminni tozalangan eritmasi bilan issiqlik almashgichning 1 quvurli fazosi orqali o ‘tadi, u yerda oldindan tovar gazni quvurlar oralig‗idagi fazodan o ‘tishda sovutiladi. Sovutilgan gaz ajratgichga 7 kirib keladi va u yerda kondensatsiyalangan suvlar va gaz bilan olib chiqilgan aminni oqimidan ajratiladi. Tomchili suyuqlikdan ajratilgandan keyin gazning oqimi ketma-ket joylashtirilgan issiq almashtirgichga 2, 3 va 4 yo ‘naltiriladi. Issiqlik almashtirgich 2 va 4 ga 85%-li monoetilenglikolning eritmasi purkaladi, u yerda to ‘g‗ri kesishuvchi chambarak oqimida glikol eritmasi bilan gazdan namlikni olib chiqish amalga oshiriladi. Gaz 2, 3 va 4 chi issiqlik almashgichlaming quvurli fazosi orqali o ‘tganda (7.3-rasm) quritilgan gazning oqimi bilan 3°S gacha sovutiladi va propanli bug‗lantirgichga 6 kirib keladi, gazli oqimga kirishda uchinchi marta glikol purkaladi. Propanli bug‗lantirgichning quvurlari oralig‗iga 6 suyuq propan beriladi, ya‘ni bug‗lantiriladi va gaz oqimi manfiy 15°C gacha sovutiladi. 1.47-rasm. Gazni quritish va glikolli regeneratsiya qilish qurilmasining texnologik sxemasi: I - tozalangan gaz; II - quritilgan gaz; III - aminning suvli eritmasi; IV - suyuq propan; V - gazsimon propan; VI - regeneratsiyalangan glikol; VII - to ‘yintirilgan glikol; VIII - suv; IX - gazli faza (yoqilg‗i tarmog‗i); X - uglevodorod fazasi (barqarorlashtirish qurilmasi); XI - suv;1 — 4 - issiqlik almashgichlar; 5 - glikolni ajratish ajratgich; 6 - bug‗lantirgich; 7 - suvni ajratuvchi ajratgich; 8, 15 - issiqlik almashtirgich; 9 - qizdirgich; 10, 19 - sig‗imlar; 11 - degazator; 12 - regeneratsiya kolonnasi; 13 - reboyler; 14 - filtr; 16, 18 - sovutgichlar; 17, 20 -nasoslar. Shunday qilib, bunday holatda absorber sifatida kojux quvurli issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi, glikolni purkash uchun forsunka bilan ta‘minlanmagan. Glikol eritmasidan foydalanish (75- 85% massasi bo‘yicha) quritgichni muzlash haroratini pasaytiradi va glikolli eritmani shakllangan uglevodorodli kondensat bilan eruvchanligini kamaytiradi, gazni absorbsiyali quritish jarayonining samarasiga ijobiy ta‘sir ko ‘rsatadi va glikolni yo‘qotilishini qisqartiradi. Propanning bug’lari propanli bug‗lantirgichni quvurlari oralig‗idagi fazo orqali chiqariladi va propanli sovutish qurilmasiga beriladi, u yerda siqib bosimi oshiriladi, yoqiladi, sovutiladi va siklga qaytariladi. Gazsizlantirgichlar 10 va 11-lar uch fazali ajratgichlar ko ‘rinishida bo‘lib, gazni oqimi bilan kirib keladigan uglevodorod kondensatini va to‘yintirilgan glikolni ajratib olish uchun mo ‘ljallangan. Uglevodorodli kondensat 10 va 11- ajratgichlardan kondensatni barqarorlashtirish qurilmasiga yo ‘naltiriladi. Suvga to ‘yintirilgan glikol gazsizlantirilgandan keyin regeneratsiyalangan glikolni oqimi bilan 15-issiqlik almashtirgichga qizdirishga beriladi va regeneratsiyaning 12 nasadkali kolonnasining yuqori qismiga manbaga kirib keladi. Glikol pastga nasadka orqali oqadi va qizdiriladi. Bunda namlik sekin bug‗li fazaga o ‘tadi va kolonnaning yuqori qismiga ko ‘tariladi. Glikol kolonnaning pastki qismida joylashgan reboylerda 13 qizdiriladi. Reboylerga issiqlikni olib kelish past bosimli bug’ yordamida amalga oshiriladi. Suvning bug’lari kolonnaning 12 yuqori qismidan 105°Cda chiqariladi, sovutgichda 18 sovitilib kondensatsiyalangan suv 19 sig’imga kirib keladi, u yerdan kerakli miqdordagi suvlar 20 nasos yordamida regeneratsiya kolonnasini sug‗orishiga suvning bug’lari bilan olib chiqiladigan glikol tomchilarini oldini olish uchun beriladi, suvning balans miqdori drenaj orqali olib chiqib ketiladi. Regeneratsiyalangan glikol regeneratorning pastki qismidan issiqlik almashgich 15 orqali oqimga kirib kelgan to ‘yintirilgan glikolni qizdirish uchun o ‘tadi, keyin suvli sovutgich 16 va nasos yordamida issiqlik 2 va 4 almashtirgichga purkalishga va propanli bug‗lantirgichga 6 beriladi. Shudring nuqtasining maksimal past nuqtasi glikolli quritish jarayonlarida manfiy 30°Cni tashkil qiladi, bu holat gaz past haroratli ajratish jarayonlariga yo ‘naltirilganda yetarli bo ‘lmaydi. Bunday holatda glikolli quritishga seolitli quritish qo ‘shiladi, gazni shudring nuqtasi minus 70°Cdan yuqori bo ‘lmaydi. Seolitlarning tavsiflari, gazni merkaptanlardan adsorbsiyali quritish va tozalash Seolitlardan foydalanib adsorbsiyali quritish bir vaqtning o ‘zida ikki maqsadni - gazni quritish va merkaptanlardan tozalashni amalga oshiradi. Ularning texnologik sxemalari bir-biridan farq qilmaydi va farqlanish jarayonning siklogrammasini tanlashda bo ‘ladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling