Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
Vertikal tipdagi separatorlar
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlarni quyi haroratlarda sеparatsiyalash
- Quyi haroratli separatsiyalash tizimi sxemalari 1.4-jadval. Tadqiqot uchun olingan gaz tarkibi, ( % mol. )
Vertikal tipdagi separatorlar gorizontaliga qaraganda bir muncha unumli va uning narxi anchayin qimmat sanaladi. Bunday separatorlar yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalarda shuningdek, emul‘siya tarkibida ko‘p miqdorda qattiq zarralar saqlagan hollarda qo‘llaniladi.
Gorizontal separatsiyalash qurilmalari–kam hajmli xomashyoni shuningdek, ko‘p miqdorda erigan gaz saqlovchi suyuqlikni ajratishda maqbul sanaladi. Ular yetarlicha unumdorligi va narxi arzonligi sababli bozorgir hisoblanadi. Gorizontal neft-gazli separatorlarni ishlatganda yuqori samaradorlikka erishish uchun neft separatsiya jarayonida aralashtiriladi, harorat tarsi ko‘tariladiva bosimi pasaytiriladi Gazlarni quyi haroratlarda sеparatsiyalash Gaz va gaz kondensatli quduqlardan qazib olinayotgan xom-ashyo gazi dastlab gravitasiya usuliga asoslangan holda gorizontal joylashgan ajratgichlarda qatlam suvi, kondensat va mexanik aralashmalardan ajratib olinadi. Bu texnologik jarayon gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda esa gazning tarkibidagi namliklar gazni past haroratli ajratish qurilmalarida amalga oshiriladi. Gazni past harorati ajratish qurilmalari (GPHAQ) GDTQdan kelayotgan tabiiy xom- ashyo gazi tarkibidagi suyuq fazalar va mexanik qo‘shimchalarni ajratib olishda qo‘llaniladi (1.13-rasm). Gaz quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo gazining tarkibidagi namlikni ajratib olish jarayoni gazni quritish deyiladi. Toza gaz konlaridagi gazning tarkibidan namlikni yo‘qotishda absorbsiyali hamda adsorbsiyali quritish texnologiyasi qo‘llaniladi. Kondensatli gaz konlarida gazni quritishda absorbsiyali va adsorbsiyali texnologiya qo‘llanilganda, quritishda past haroratli tozalash amalga oshiriladi. Agar 1m 3 gazning tarkibida 100 sm 3 hajmdan ko‘p miqdorda kondensat bo‘lsa, u holda ham past haroratli absorbsiya usuli qo‘llaniladi. Agarda gazning tarkibidagi ko‘p miqdorda oltingugurt (H2S, CO2, RSN) va uglerod oksidi (CO2) bo‘lsa, u holda gaz oltingugurtli va uglerodli gazlardan maxsus qurilmalarda, qo‘shimcha tartibda tozalanadi. Past haroratli tozalashda gaz oldindan siklonli tozalagichlarda–150S haroratgacha sovutiladi. Past haroratda gazning tarkibidagi namlik va kondensat to‘liq ajratib olinadi. Gidratlarni paydo bo‘lishini oldini olish uchun ham gazga dietilenglikol (DEG) eritmasi qo‘shiladi. Adsorbsiya usulida gazni quritish oraliq adsorbsiyasini qo‘llashga asoslangan bo‘ladi va namlikni yutish uchun qattiq adsorbent moddalardan foydalaniladi. 1.13-rasm. Quyi haroratli separatsiyalash tizimi sxemalari 1.4-jadval. Tadqiqot uchun olingan gaz tarkibi, (% mol.)
Sеparatsiya natijasida nam tomchilar õlchamlari õzgaradi: - Kirish bõlimida gaz oqimidagi tomchilar diamеtri 100-1000 mkm (õrtacha 700-800 mkm) bõladi; 1-bosqich sеparatsiyadan sõng – tomchilar diamеtri 30 dan 150 mkm gacha (suyuq faza umumiy miqdori ≤ 350 mg/m3); - 2-bosqich sеparatsiyadan sõng – juda kichik tomchilar – 1 dan 30- 50 mkmgacha. Gazning ortiqcha bosimi gazni kеgaytirish hisobiga past harorat olishni yoki gaznisovutishni ta`minlaydi: Izoental‘piyali kеngaytirish – drossеl qurilmasi bilan; Izoentropili kеngaytirish – turbodеtandеr qurilmasi bilan.Hozir, QHS qurilmasida quyidagi elеmеntlar mavjud: gidratlanishga qarshi ingibitorlarni kiritish va rеgеnеratsiyalash tizimlari; issiqlik almashtirgichlar; sеparator; sovutish mashinalari; Kondеnsatni barqarorlashtirish tizimi Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling