Gazlarni benzinsizlantirish usullari
Gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy jarayon bu – benzinsizlashtirish jarayoni hisoblanadi.
Qayta ishlanadigan neft gazini hajmidan, bu gazdagi zarur komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko‘ra benzinsizlashtirishni to‘rt usuli qo‘llaniladi:
Kompressorlash;
Quyi haroratli kondensatsiya va rektifikatsiya;
Absorbsiyalash;
Adsorbsiyalash.
Benzinsizlantirishni kompressorlash usuli gazni siqishga asoslangan bo‘lib, havoli va suvli sovutkichlarda sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og‘ir uglevrdorodlar va suv bug‘lari kondensatsiyalanadi, so‘ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlar yetarli darajada ajratish imkonini ta`minlamaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o‘tkazish talab etiladi.
Uglevodorodli gazlardan etan, propan, butan va gaz benzini komponentlari (C5H12+)ni ajratish konlarda yoki, gazni qayta ishlash zavidlarida amalga oshirilishi mumkin. Gazlarni ajratishda dastlab benzinsizlantirishning kompression usuli (1,0- 4,0 MPa gacha siqib, 20- 30 0S gacha sovutish) vujudga keldi. Bunda gazdan faqatgina benzin fraksiyasi ajratilgan.
Suyultirilgan gaz (propan-butan fraksiyasi)ni ajratib olish uchun benzinsizlantirishning moyli so‘ngra esa, quyi haroratli absorbsiya (minus45 °С va 7 MPa da amalga oshiriladi) usullari qo‘llanila boshladi. Absorbent sifatida asosan kerosin fraksiyasi ishlatiladi. Kerosinning C 3 va undan yuqori komponentlarni ajratish darajasi – 80-95% ga yetadi.
Ozchil tabiiy gazlarni benzinsizlantirish shuningdek, C 3 va undan yuqori uglevodorodlarni to‘la ajratib olish uchun quyi haroratli moyli absorbsiya sxemalari faollashtirilgan ko‘mir yordamida adsorbsiyalashga almashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |