Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


QHK: -issiqlik, sovuqlik sarfi va qurilishga xarajatlar kam talab qilinadi; -kichik hajmli apparatlarda amalga oshiriladi. QHR


Download 4.47 Mb.
bet19/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

QHK:
-issiqlik, sovuqlik sarfi va qurilishga xarajatlar kam talab qilinadi;
-kichik hajmli apparatlarda amalga oshiriladi.
QHR:
-gazdagi propanni yanada chuqurroq ajratish imkonini beradi;
-yanada toza individual uglevodorodlar – tor fraksiyalar olish.
QHA:
- ajratish mo‘tadil haroratlarda (masalan, propanli bug‘latgichlarda) amalga
oshirilishi;
Quyi haroratli kondensatsiyalash
Quyi haroratli kondensatsiyalash (QHK) jarayonida siqilgan gaz maxsus sovuqagent (propan, ammiak) lar ishtirokida to past (minusli) haroratgacha sovitiladi (1.23.-rasm). Natijada gazning katta qismi kondensatsiyalanadi. Uglevodorodli kondensat separatorda ajratiladi, so‘ngra rektifikatsion kolonna – deetanizatorga beriladi. Kolonna yuqorisidan metan va etan, pastidan esa beqaror gazsimon benzin chiqariladi.

1.23-rasm. Quyi haroratli rektifikatsiyalash usuli
Gazlarni quyi haroratli rektifikatsiyalash usulida benzinsizlantirishqurilmasining texnologik sxemasi:
1-issiqlik almashtirgich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-sovutgich; 4-reflyuks sig‘imi; 5-nasos; 6-riboyler.
I-dastlabki aralashma; II-benzinsizlantirilgan gaz; III-gaz benzini; x.a.-sovutuvchi agent; в.п.-suv bug‘i.

Quyi haroratli rektifikatsiyalash jarayonini quyi haroratli kondensatsiyalashdan farqi, ya`ni QHR jarayoni ancha quyi haroratda boradi va rektifikatsion kolonnaga ikki fazali aralashma: sovitilgan va uglevodorodli kondensat kiritiladi. Kolonna yuqorisidan benzinsizlantirilgan gaz, pastidan esa metansizlantirilgan kondensat chiqariladi, kondensatdan etan ikkinchi kolonna –


deetanizatorda ajratiladi (1.24-rasm).
Bu eng samarali usullardan biri sanaladi. Jarayon (kompressorlarda) siqilgan va quritilgan gazni kondensat bilan qo‘shib, fazalar almashinuvi natijasida dastlabki aralashma bo‘linishi uchun rektifikatsion kolonnaga kiritilishiga asoslangan.
Gazlarni benzinsizlantirish usullari Quyi haroratli kondensatsiyalash

1.24-rasm. Gazlarni quyi haroratli kondensatsiyalash usulidabenzinsizlantrish texnologik sxemasi


1,3,7,13-issiqlik almashtirgichlar; 2-absorbsion quritish; 4,5- sovutkichlar;6,12-nasoslar; 8-deetanizator; 9-qizdirgich.
I-dastlabki gaz; II-benzinsizlantirilgan gaz; III-beqaror benzin; IV- DEG; V-etan fraksiyasi.
Yuqori bosim ostidagi gazni quyi haroratlar qo‘llab o‘ta sovutishga asoslangan. Bu usul moyli gazlarni benzinsizlantirishning eng samarali va tejamkor usuli sanaladi. Qurilmaning texnologik sxemasi ikki asosiy bloklardan tashkil topgan bo‘lib, ular: gaz aralashmasi komponentlarini ajratish uchun kondensatsiyalash va olingan kondensatdan metan-etan fraksiyasini ajratish maqsadida rektifikatsiyalash bloklari. Bunda gidratlanishni bartaraflash maqsadida gaz oldindan quritilgan bo‘lishi lozim.
Xorijdagi singari sobiq ittifoqdagi ko‘pchilik GQIZlarida gazlarni benzinsizlantirish uchun quyi haroratli kondensatsiya usuli keng qo‘llaniladi (25-rasm). 4,0 MPa gacha siqilgan va quritilgan gaz T-1
issiqlik almashtirgichda benzinsizlantirilgan gaz va X-1 propanli sovutkichda (propan bug‘lanishi bilan) sovutiladi. Sovush hisobiga hosil bo‘lgan kondensat separator C-1 da gazdan ajratiladi. Gaz iste‘molchilarga yuborilsa, kondensat esa rektifikatsion kolonna K-1 ga jo‘natiladi.



1.25-rasm. Yo‘ldosh gazlarni quyi haroratli kondensatsiyalash usulidabenzinsizlantirish qurilmasi sxemasi
K-1 – rektifikatsion kolonna; T-1 – issiqlik almashtirgich; T-2 –
qaynatgich; X-1 – gazning propanli sovutgichi; XK-1 – kondensator- sovutgich; C-1 – separator; C-2 – reflyuks sig‘imi; H-1, H-2 – nasoslar.
I-dastlabki gaz; II-benzinsizlatrilgan gaz; III-beqaror benzin.
K-1 ning yuqorigi mahsuloti propanli kondensator-sovutkich XK-
1 da sovutilgach, reflyuks sig‘imiga uzatiladi. Gaz C-2 dan iste‘molchilarga uzatiladi,suyuq faza esa boyitma sifatida ishlatiladi. K-1 ning pastki mahsuloti- etansizlantirilgan beqaror kondensat (keyingi) gazni fraksiyalash qurilmalariga yuboriladi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling