Yo‘ldosh gazlarni fraksiyalarga ajratish
Neftdan ajralib chiqgan gazlar (yo‘ldosh gazlar)ni fraksiyalarga ajratish jarayonini amalga oshirishdan maqsad, neftni qayta ishlashda chiqayotgan gaztarkibidagi yengil uglevodorodlarni alohida komponent holida ajratib olish yoki yuqori tozalikdagi uglevodorod fraksiyasini ajratib olish. Mazkur jarayonga xomashyo sifatida neftni qayta ishlash tizimlaridan ajralib chiqayotgan gaz fraksiyalari yoki stabilizastion kolonnalarda ajratib olinayotgan yengil uchuvchi fraksiyalardan tashkil topgan suyuqlik fazasi beriladi. To‘yingan gazlarni fraksiyaga ajratishda quyidagi mahsulotlar olinadi:
Etan fraksiyasi –piroliz jarayoni uchun xom ashyo va moylarni
deparafinastiya qilishda sovituvchi agent sifatida qo‘llaniladi;
Propan fraksiyasi – piroliz jarayoni uchun xom ashyo, yoqilg‘i yoki sovituvchi agent sifatida qo‘llaniladi;
Izobutan fraksiyasi sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo
sifatida qo‘llaniladi;
Butan fraksiyasi – yoqilg‘i gaz yoki sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Qish mavsumida avtomobil benziniga benzin bug‘ining talab qilingan bosimini hosil qilishni osonlashtirish maqsadida, ma‘lum miqdorda aralashtiriladi.
Izopentan fraksiyasi – izopren kauchugi ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yuqori oktan sonli benzinga komponent sifatida kullaniladi.
Pentan fraksiyasi – izomerizastiya va piroliz jarayonlari uchun xom ashyosifatida kullanadi.
To’yinmagan gazlarni fraksiyalashda quyidagi mahsulotlar olinadi.
Propan-propilen fraksiyasi - neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarishda va polimerizastiya jarayonlari uchun xom ashyo hisoblanadi;
Butan-butilin fraksiyasi - bu fraksiya ham neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish va polimerizastiya jarayoni uchun xom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Gazlarni fraksiyalarga ajratishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, fraksiyalash usulining tanlovi gazli xomashyo turi, uning komponent tarkibi, ajratiladigan fraksiya va komponentlar turi va sofligiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Gazlarni fraksiyalarga ajratishning absorbsiya – rektifikatsiyalash usuli quyida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |