4-maruza. Tabiiy gazlardan suyuk uglevodorod komponentlarini ajratish
Tabiiy gaz tarkibi.
Quyi haroratli kondensatsiya va rektifikatsiya.
Tabiiy gazlarni fraksiyalarga ajratish qurilmasi
Tabiiy gaz tarkibidagi oltinugurtli moddalarning fizik –kimyoviy xususiyatlari.
Tabiiy gazlar — turli holatlarda uchraydigan gaz komponentlari majmui. T.g. tabiatda uchraydigan holatiga qarab quyidagicha tasniflanadi: atmosfera gazlari (kimyoviy, biokimyoviy, radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar aralashmasi); yer poʻsti gazlari (tuproqdagi, tuproq ostidagi, balchiqdagi va biogen yoʻl bilan hosil boʻlgan torf gazlari CO2, N2, O2 CN4 ni CO, NH3, H2 va boshqa bilan aralashmasi); choʻkindi jinslar gazlari (neft va toshkoʻmirdagi gazlar, kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan aralash gazlar: CN4, N2, CO2 CN4 ni N2 va boshqa gazlar bilan aralashmasi); dengiz va okean gazlari (biokimyoviy, kimyoviy va radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: CO2, N2 ni N2 O2, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); metamorfik jinslar gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: CO2, N2 ni N2, H2S, CO2 va boshqa bilan aralashmasi); vulqon gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2, SiO2, HCL, HF ni N2, CO, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); koinot gazlari (relikt gazlar, yulduzlarning tashqi qatlamlari atmosferasidan ajralgan gazlar yoki yangi va juda yangi portlashda ajratilgan gazlar: N2, Ne, ionlashgan vodorod, CO aralashmalari, CN, ON radikallari bilan); Quyi haroratli kondensatsiya va rektifikatsiya Kondensatsion usulning mohiyati gazdagi og‘ir uglevodorodli komponentlarning manfiy haroratlarda suyulishiga asoslangan. Gazlarni benzinsizlantirishning kondensatsion usulining ikki turi qo‘llaniladi: quyi haroratli kondensatsiya (QHK) va quyi haroratli rektifikatsiya (QHR).
Quyi haroratli benzinsizlantirish jarayoni uch bosqichdan tarkib topgan:
gazning bosimini 3 ÷ 7 𝑀𝑃𝑎 gacha kompressiyalash;
siqilgan va sovutlgan gazni −10÷−80 ℃ haroratga qadar sovutish;
v) uglevodorodlarning gaz-suyuqlik aralashmalarini beqaror gaz benzini va ―quruq‖ gazga ajratish.
QHK va QHR jarayonlarida qo‘llaniladigan dastlabki ikki bosqich bir xil.
Ularning farqi uchinchi bosqichga asoslangan.
QHK – ajratishga faqatgina kondensat (separator)dan yo‘naltiriladi; QHR – barcha bug‘-suyuqlik aralashmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |