Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
rasm Vertikal separator va uning qismlarining umumiy ko ‘rinishi
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.35-rasm Gorizontal separatorning umumiy ko ‘rinishi va kesimi
1.34. rasm Vertikal separator va uning qismlarining umumiy ko ‘rinishi: I– asosiy ajratish bo ‘limi; II – cho ‘ktirish (tindirish) bo ‘limi; III – Neftni yig‗ish bo ‘limi; IV – tomchi to ‘tib qolish bo ‘limi; 1 – korpus (tana, govda); 2 – tarqatuvchi kollektor; 3 – so ‘zgich; 4 – drenajnaya quviri; 5 – qiya tekisliklar; 6 – gazsuyuqlik aralashmasini kiritish; 7 –
―o ‘zigacha‖ bosim boshqargich; 8 – gazning chiqishi; 9 – pardali tomchi to ‘tib qolishdagi gaz tezligini to ‘g‗rilovchi to ‘siq; 10 – pardali tomchi ushlab qolgich; 11 – sath boshqargich; 12 – Neftni chiqazish; 13 – cho ‘kindi chiqindilarni chiqazish; 14 – lyuk; 15 – tiqinlar; 16 – asragich klapan 1.35-rasm Gorizontal separatorning umumiy ko ‘rinishi va kesimi: 1 – neft gaz aralashmasini kiritish; 2 – dispergator; 3 – qiya tekisliklar; 4 – tomchi ushlab qoluvchi jalyuzli brikmasi; 5 – gaz oqimini to’g’rilovchi to’siq; 6 – gazning chiqishi; 7 – lyuk; 8 – sath boshqargich; 9 – so’zgichli sath ushlab turgich; 10 – chikindilarni chiqargich; 11 – gaz yorib o’tishiga qarshi to’siq; 12 – to’kish quvuri Quvur 1 ga o’zatilayotgan neftgaz aralashmasi gazni ajratuvchi 2 ga tushadi, bu erda neft gaz aralashmasi parchalanadi. Neftni parchalash neft va gaz tutashish yuzalari kengayishiga va natijada neftdan gazning jadal ajraladi, neftni gazdan chuqur ajratish aralashma separatorga kirishda quvurda ajralgan gazdan xoli bo’lsagina amalga oshadi. Dispergatordan (tarqatuvchidan) so’ng gazdan tomchi holatdagi neft gravitatsiya kuchlari ta‘sirida egilgan tekisliklar 3 ga o’tadi. Oqim tuzilishini o’zgartirish uchun egilgan tekisliklarni zinasimon, arra tishi shaklda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Tarkibida cho ‘kishga ulgurmagan mayda neft zarralari mavjud bo ‘lgan gaz o ‘z oqim yunalishida jalyuzli birikma to ‘siq 4 ga duch keladi, bu to ‘siqda qo ‘shimcha ravishda Neft zarralari ushlab qolinadi, jalyuzda ushlab qolingan suyuqlik plyonkasi hosil qilib pastga paddonga undan quvur 12 orqali separator suyuqlik sathi ostiga oqib tushadi. 4 - rasmda separatorning yuqori qismida K harfi bilan suyuqlik zarralari kattalashtirilgan o ‘lchamda va unga ta‘sir etuvchi kuchlar, pastki qismida P harfi bilan gaz pufakchalari va unga ta‘sir etuvchi kuchlar ko ‘rsatilgan. 1.36-rasmda dastlab suvdan ajratilgan neftni ajratuvchi blokli avtomatlashtirilgan separatorlardan bir rusumi (BAS-1-100) keltirilgan. Rusumning birinchi raqami toifa belgisi, ikkinchi raqam texnologik idish hajmini m3 da bildiradi. Dastlab suvni ajratish bo ‘limining vazifasi suvni separator- deemulsatorga o ‘tishining oldini olish va natijada shu suvni qizdirish uchun sarflanuvchi yonilg‗ini tejashdan iborat. BAS quyidagicha ishlaydi. Neft, gaz va qatlam suvlari yig‗ish kollektori 1 orqali separatsiya bo ‘limi 6 ga tushadi, bu bo ‘limda suyuqlikdan gazni yaxshi ajralishi uchun sharoit yaratuvchi 3 ta egilgan tekislik 7 o ‘rnatilgan. Neftni suvdan samarali ajratish uchun yig‗ish kollektori 1 ga sarf o ‘lchagich 2 orqali NTQ sidan qaynoq suv kiritiladi. 6 chi bo ‘limdan Neft qatlam suvi bilan birga (emulsiya) holatida oqimni tarqatuvchi 10 orqali suvni ajratish bo ‘limga oqib o ‘tadi. Suvni ajratuvchi va separatsiya bo ‘limi 6 to ‘siq 8 bilan ajratilgan. Neft emulsiyasi va erigan gazning birgalikdagi oqim tarqatuvchi 10 va undan keyin suv qatlamidan oqib o ‘tisha emulsiya parchalanishiga sharoit yaratadi. Asosan suvsizlantirilgan Neft yuqorida joylashgan teshikli quvur 11, sarf o ‘lchagich 14 orqali NTQga yunaltiruvchi quvur 16 ga tushadi, neftdan ajralgan suv drenaj quvuri 13, sarf o ‘lchagich 14a orqali STQ yunaltiruvchi quvur 15 tushadi. BAS ning bug‗ bo ‘limida suv – neft fazalar sathi ajralishi avtomatik sath boshqaruvchi 12 yordamida ushlab turiladi. 6 bo ‘limda zaruriy bosim o ‘zgarishi gaz quvurida o ‘rnatilgan zaslonka 4 ga tasir etuvchi sath boshqargich 3 yordamida ushlab turiladi. BAS da chegaraviy sath sezdirgich 5 mavjud. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling