Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet34/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

1.6- rasm. Kon maydonlarida neftni, gazni va suvni yig‘ishning prinsipial sxemasi

  1. otma chizi; 2-birinchi poona ajratgich; 3- alali gaz yiish kollektori; 4- toza neftni yiish kollektori; 4a-suvlangan neftni yiish kollektori; 5-ajratgich

-deemulsator; 6-suvni tayyorlash urilmasi; 7-suv aydovchi nasos stansiyasi; 8- blokli (kustovoy) nasos stansiyalariga (BNS-KNS) suv uzatma; 9-ikkinchi poona ajratgichi; 10-magistral gaz uzatmasi; 11-tovar
rezervuari parki; 12-tovar neftni aydovchi nasos; 13-magistral neft uzatmasi. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari Yer bag’ridan qazib olingan tabiiy gaz va neft bilan birgalikda qazib olingan yo’ldosh gazlarning tarkibida turli miqdorda suv bug’i, suyuq holatdagi suv, is gazi CO2, oltingugurtsuvchil H2S, azot N2 va geliy He kabi moddalar uchraydi. Geliy xalq xo’jaligi uchun kerakli gazlardan sanaladi. Tabiiy va yo’ldosh gazlar tarkibidagi oltingugurtsuvchil, is gazi va suv bug’lari zararli qo’shimchalardan sanaladi. Gazni yig’ish va tayyorlashda, uning tarkibidagi is gazi va oltingugurtsuvchil quvur va barcha separatorlarning korroziyalanishiga olib keladi. Gaz tarkibidagi suv bug’lari va tomchi ko’rinishidagi suvlar uni tashish va tayyorlash jarayonida murakkabliklar tug’diradi. Gazgidratlar hosil qilib tashish va tayyorlash jarayonida mushkilotlar tug’diradi. Shuning uchun tabiiy va yo`ldosh gazlardan zararli qo’shimchalarni ajratish ko’zda tutiladi. Gaz konlarini ishlatish amaliyotida gazni yig‘ishning quyidagi asosiy tizimlari qo‘llaniladi: chiziqli; nurli; xalqali. Chiziqli yig‘ish tizimida asosiy gazni yig‘ish kollektorlari, ya’ni quduqdan gazni yig‘ish punktigacha bo‘lgan yo‘lni tashkil etuvchi quvurlar to‘g‘ri chiziq 20 shaklida bo‘ladi.Bu tizim kon kichik va quduqlar soni oz bo‘lganda qo‘llaniladi (II.4, a-rasm). Nursimon shaklda birlashgan bo‘lsa, bunday yig‘ish tizimi nurli gaz yig‘ish tizimi deb ataladi (II.4, b-rasm). Bu tizim bir muncha murakkab, biroq to‘g‘ri chiziqli tizimdan ko‘ra afzalliklarga ega.Nurli gaz yig‘ish tizimi boshlang‘ich qatlam bosimi va gaz tarkibi har xil bo‘lgan bir necha qatlamlarni alohida ishlatish imkonini beradi. Xalqali yig‘ish tizimida gaz yig‘ish kollektorlari xalqali ko‘rinishda bo‘lib, bu tizimning afzalligi shundaki, qaysidir uchastkada avariya yuz bersa, butun bir tizimni to‘xtatmasdan o‘sha yerni ta’mirlash mumkin (II.4, c-rasm). II.4-rasm. Gazni yig‘ish tizimlari. a - to‘g‘ri chiziqli; b - nurli; с - xalqali; 1 – uzatuvchi quvur; 2 – kollektor quvuri; 3 – magistral gaz quvuri; KS-kompressor stansiyasi; G-gaz yig’ish punkti. Gaz koni juda katta maydonni egallagan va quduqlar soni ko‘p bo‘lgan holatlarda yuqorida sanab o‘tilgan gazni yig‘ish tizimlari aralash holatda qo‘llanilishi mumkin, masalan to‘g‘ri chiziqli va nurli yoki xalqali va to‘g‘ri chiziqli. Barcha yig‘ish tizimlarida gaz yig‘ish kollektoriga nafaqat alohida quduqlar, balki quduqlar guruxi guruxiy yig‘uv qurilmalari orqali ulanishi mumkin. Guruxiy yig‘ish tizimining ustunligi shundaki, gaz yig‘uv kollektorlariga bir emas, bir gurux quduqlarni birlashtirish mumkinligi, gazni o‘lchash va nazorat qilish va gaz yig‘ish uchun kam 21 quvur sarflash imkonini beradi. Gaz yig‘ish tizimining asosiy elementi bo‘lib, shleyflar, yig‘uvchi kollektorlar, gaz yig‘uv va o‘lchov punktlari kiradi. Gaz yig‘ish tarmoqlarining elementlari barcha gaz yig‘ish tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. Agar konda bir nechta qatlam va har xil bosimli quduqlar mavjud bo‘lsa, bunday holatlarda bir nechta gaz yig‘ish tarmog‘i orqali gazni alohida yig‘ish usulidan foydalaniladi. Quduqdan chiqayotgan gaz yig‘ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz yig‘ish punkti (GSP) va nazorat-taqsimlash punkti (KRP) ga yig‘iladi. Bu yerda gazning bosimini o‘zgartirish va nazorat qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Bir qator gaz bosimi past hollarda gaz kompressor stansiyasiga uzatiladi, u yerda kerakli bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda quvurlarni tejash va ortiqcha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan foydalaniladi (II.5-rasm). Gaz ejektori baland va past bosimli gazlar uchun mo‘ljallangan kameralardan, soplodan, aralashish kamerasidan va diffuzordan tashkil topgan. II.5-rasm. Ejektor qurilmasi. 1-yo’quri bosimli gaz oqimi, 2-past bosimli soplo, 3- past bosimli gaz oqimi, 4-aralashgich kamera, 5- diffuzor, 6-gazning chiqishi, 7-yuqori bosimli soplo. Ejektor quyidagicha ishlaydi: yo’quri bosimli gaz tashqi kameraga kiradi va undagi soplodan o‘tib, aralashish kamerasiga boradi, past bosimli gaz esa xalqasimon bo‘shliqqa, undan yuqori bosimli gaz markaziy soplodan o‘tayotganida bosim tushadi va past bosimli gaz bilan qo‘shiladi. Aralashish kamerasida qo‘shilgan gazlarning 22 tezligi diffuzor oldida tenglashadi. Diffuzorda gaz tezligi tushadi. Gazning kinetik energiyasining anchasi bosim energiyasiga aylanadi, bosim tiklanadi. Gaz ejektori bir vaqtda turli bosimli gaz qatlamlarini alohida-alohida ishlatishda ham qo‘l keladi. Kon gazlari GSP va KRP larda yig‘iladi. GSP va KRP larda quyidagi jixozlar o‘rnatiladi: 1. Separatorlar – qattiq yoki suyuq qismlardan tozalash uchun separatorlar soni hisob-kitoblar orqali aniqlanadi, biroq ular kamida ikkita bo‘lishi lozim, biri buzilganda ikkinchisi ishlashi kerak. Har qaysi separator suv, kondensat va turli zarrachalarni chiqarib tashlovchi qurilmalar, shuningdek ishchi bosimdan 10-15% katta bo‘lgan ehtiyot klapanlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 2. Nazorat o‘lchov asboblari. Bu asboblarga termometrlar, manometrlar, sarf o‘lchagichlar (rasxodomerlar) kiradi. 3. «O‘zidan oldin» va «o‘zidan keyin» prinsiplarida ishlaydigan bosim boshqargichlari (regulyatorlari). 4. Metanolli qurilmalar - gaz quvurlarida gidrat hosil bo‘lishini oldini olish va hosil bo‘lgan gidrat tiqinlarini bartaraf qilish uchun o‘rnatiladi. 5. Maxsus hid beruvchi moslamalar - qurilma va quvurlarda sizilish yuz berganda darhol bilish uchun qo‘llaniladi. Quyida “Muborakneftgaz” MCHJ ga qarashli Zevarda konidagi gazni yig‘ish tizimi keltirilgan. II.4. Zevarda konida tabiiy gazni yig‘ish tizimi Zevarda gazkondensat koni Buxoro-Xiva gaz-neftli viloyatida joylashgan bo‘lib, kon 1968 yilda ochilgan. Zevarda konida asosan chiziqli va nurli yig‘ish tizimi mavjud. Gaz koni juda katta maydonni egallagan va quduqlar soni ko‘p bo‘lgan holatlarda yuqorida sanab o‘tilgan gazni yig‘ish tizimlari aralash holatda qo‘llanilishi mumkin. 23 Zevarda konidan olinadigan gaz va kondensat uyumi XУ-r, ХУ-ru gorizontlarining rifogenli tuzilmalariga qo’shilgan va rifogenli zaxiraning ko’p qismida uning ko’rinishi kuzatiladi. Yura yotqiziqlari uyumlarning ustilarida 2 ta qubbasimon burma ajralib turadi. Shimoliy va Janubiy qubbasimon burmadan tashkil topgan. Shimoliy qubba 14-sonli quduq noxiyasida joylashgan, Janubiy qubba esa №№151, 149 sonli quduqlar noxiyasi atrofida joylashgan. Gaz kondensatli uyumining o’lchami quyidagicha: - uzunlgi - 10.5 km. - kengligi - 4.6-5.75 km. - balandligi - 270 m. - gaz-suvni tutash yuzasi - 2610 m. Uyumni yig’uvchanlik kollektor xossalari: - o’rtacha ochiq g’ovakligi - 17 % - o’tkazuvchanligi - 400 ml.darsi - gazga to`yinganligi - 0.89 % - boshlangich qatlam bosimi - 502 kgs/sm2 - qatlam harorati - 108 0C Gaz tarkibi jihatdan metanli gaz bo`lib,metan - 90% ni, vodorod sulfid- 0,09 % gacha, uglevodorod gaz - 4.5 % gacha tashkil qiladi. Gaz zichligi - 0,634 - 0,658 g/sm3 . Zevarda konida jami quduqlar soni 127 tani tashkil qiladi. Shundan: - ishlatiladigan harakatda: - 77 ta - gaz beruvchi - 75ta - neft beruvchi - 2 ta (№№230,305) - nazoratdagi - 3 ta (№№ 30, 151, 216) - tugatilishini kutayotgan - 3 ta (№20,209,212) - tugatilgan quduqlar - 44 ta 24 II.6- rasm. Zevarda konida gaz yig‘ish tizimi. Gaz yig‘ish tarmoqlarining elementlari barcha gaz yig‘ish tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. Agar konda bir nechta qatlam va har xil bosimli quduqlar mavjud bo‘lsa, bunday holatlarda bir nechta gaz yig‘ish tarmog‘i orqali gazni alohida yig‘ish usulidan foydalaniladi. 25 Zevarda konidagi yig‘ish tizimida bir nechta yig‘uv punktlari, siquv kompressor stansiyasi va gazni kompleks tayyorlash qurilmasi mavjud. Kondagi yig‘ish tizimiga quydagilar kiradi: - yig‘uv punkti (YP); - kirish quvurlari bloki (KQB); - gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ). Zevarda koni qurilmasiga Alan gaz konidan 15 ta (№№2, 17, 101, 107, 145, 147, 150, 153, 155, 156, 167, 178, 182, 186, 188) quduq ishlamoqda. Uzunligi 16 km bo’lgan diametri 530 mm gaz kollektoridan Zevarda koni gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga kirish bosimi 74 atm bilan HSB (havoli sovutish bloki) orqali o’tib 4 va 6 nitkalarda ishlayapti. Bir soatda bir necha ming m3 gaz va bir necha tonna kondensat Zevarda GKTQdan MGQIZ ga berilyapti. 2-ta №№230,305 gaz qudug’ida neft mahsuloti borligi sabab neft beruvchi quduqlar fondiga o’tkazildi. «Zevarda» NTQ ga ishga qo’shildi. Hozirgi vaqtda Jeynov, Pirnazar koni quduqlari birgalikda NTQ ga ishlayapti.



Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling