Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
Glikolning yo ‘qotilishi
Quritish qurilmasi ishlarining tejamkorligi glikolning yo ‘qotilishi uni mexanik holda olib chiqib ketilishi, yoyilishi va regeneratsiyada oksidlanishi, quritilgan gazning oqimida bug‗lanishi va gazlarni bug‗lantirilishi, suvli kondensat va uni bug‗lari bilan olib chiqilishi, desorberning yuqori qismidan chiqib ketishi va kanalizatsiyaga yoki atmosferaga olib chiqib ketishi bilan bog‗liqdir. PHA (past haroratli ajratish) qurilmasida glikol uglevodorodli kondensat bilan erishi hisobiga yo ‘qotiladi. Eng katta uchuvchanlikka EG ega, kichikroq uchuvchanlikka TEG ega, shuning uchun amaldagi haroratlarda gazni quritishda DEG va TEG qo ‘llaniladi. Past haroratlarda gazlarni quritish jarayonida ya‘ni quritiluvchi eritma sovutiluvchi gazning oqimiga gidratlarni parchalashda purkaladi, ko ‘pincha EGdan foydalaniladi, chunki u gazdan ajralib chiqadigan uglevodorodli kondensatda kichik eruvchanlikka ega bo ‘ladi. Aromatik uglevodorodlarni benzinda va kondensatda qatnashishi ularda glikolni eruvchanligini oshiradi hamda ularni yo ‘qotilishini ham. Suv bilan glikol eritilganda uglevodorodlarda ularni eruvchanligini pasaytiradi. Glikol yo ‘qotilishiga - kondensatni ajralish sharoitlari katta ta‘sir ko ‘rsatadi. Past haroratlarda ajratgichlarda emulsiya paydo bo ‘ladi, glikol esa kondensat bilan tizimdan olib chiqib ketiladi va yo ‘qotiladi. Aralashmalarni qatlamlanish jarayonini tezlashtirishda gazni qayta ishlash zavodlarida ajratgichning tubiga tindirgich payvandlanadi, qaysiki, qizdiruvchi zmeyevik (quvur ichida) o ‘rnatiladi. DEG - benzinni tindirilish vaqti 60 daqiqani tashkil qiladi. Tindirilish tezligi -5 - + 20°S da kam bog‗liq bo ‘ladi. DEGni gaz bilan olib chiqilishini taxminiy yo ‘qotilishi 80% gacha, kondensatniki - 12% gacha, salniklar va boshqalar orqali oqib chiqib yo ‘qotilishi - 8%ni tashkil qiladi. DEGning PHA qurilmalaridagi yo ‘qotilishi 43 g/1000 m3 ni tashkil qiladi. Glikolni ko ‘piklanishi amalda mexanik aralashmalar va uglevodorodli kondensat ta‘sir ko ‘rsatadi. DEGni quruq gaz bilan mexanik olib chiqilishini kamaytirish uchun ko ‘piklanishga qarshi (trialkil-fosfat, oktilli spirt, silikonlar) qo ‘llaniladi. Regeneratsiyalash tizimida olovli qizdirishda yonilg’i forsunka ishlarining sharoiti nazorat qilinadi, ya‘ni mahalliy joyda o ‘ta qizib ketish sodir bo ‘lganda glikolni yoyilishi va eritmaning kislotaligini oshib ketishining oldi olinadi. Ishqorlanish pH ni 7,3 ko ‘rsatgichda ushlab turish uchun davriy ravishda tetraborat natriy, merkaptan benzotiazol yoki MEA qo ‘shib turiladi. Ishqorlik pH = 8 - 8,5 dan yuqori bo ‘lganda ko ‘rsatilgan reagentlar ortiqcha qo ‘shilganda eritmani ko ‘piklanishini chaqiradi va yo‘qotilish oshib ketadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling