Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Quritish jarayonlarining sxemasi


Download 4.47 Mb.
bet38/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Quritish jarayonlarining sxemasi
Borbotajli absorberlarda quritish. Barbotajli apparatlarda absorbsiyali quritishda (1.46 - rasm) nam gaz absorberga yo ‘naltiriladi, u yerda pastki skrubberli seksiyada tomchili namliklarni ajralishi sodir bo ‘ladi. Absorber qolpoqchali likopchalar bilan jihozlangan. Absorberda gazning oqimiga qarshi glikolning eritmasi beriladi va u yuqori likopchaga kiritiladi. Eritma likopcha bo ‘ylab pastga qarab oqadi, eritma gazning tarkibidan namlikni olib ketadi va to ‘yinadi hamda kolonnaning pastki qismidan regeneratsiyaga olib chiqarib ketadi. Quritilgan gaz yuqoridagi skrubberli seksiyaga o ‘tadi, qaysiki, u yerda eritma bi lan olib chiqilgan tomchini ajratadi va gaz uzatmasiga kirib keladi. Glikol eritmasi namlik to‘yingandan keyin absorberdan chiqadi, birinchi issiqlik almashgichga o‘tadi, u yerda qaynoq yutuvchilarning issiqligi hisobiga qizdiriladi, desorberning pastki qismidan chiqariladi va shamollatgichga kirib keladi, u yerda absorberga yutilgan gazlar ajratiladi. Undan keyin eritma ikkinchi issiqlik almashgichga beriladi va keyin regeneratsiya uchun desorberga uzatiladi. Desorberning pastki qismi reboyler bilan biriktirilgan, u yerda eritma suv bug‗ining yoki sirkulyatsiyalanadigan issiqlik tashigichni issiqligi hisobiga qizdiriladi.
Namlikni to ‘plash vakuum ostida yoki atmosfera bosimi ostida amalga oshiriladi. Vakuum ostida (33-40 kPa) suvning bug‗lari va glikolda erigan gaz kondensator-sovutgichga kirib keladi. Suvning bug‗i kondensatsiyalanadi, hosil bo ‘lgan suv sig‗imga yig‗iladi, u yerdan qisman sug‗orish uchun desorberning yuqori qismidan beriladi, qisman kanalizatsiyaga olib chiqib ketiladi.
Kondensatsiyalanmagan gazlar vakuum nasos yordamida atmosferaga haydab chiqariladi. Atmosfera bosimini ostida oddiy desorbsiya sodir bo ‘ladi.
Regeneratsiyalangan eritmani desorberdan va suvdan bug‗lantirilgan suvlarni kanalizatsiyaga chiqishini ta‘minlashda desorberni sug‗orish uchun nasosda bosimni hosil qilish nol belgidan 12- 13 metr ko ‘tariladi. Ba‘zi bir holatda desorberdan eritmani haydab chiqarish uchun maxsus nasos o ‘rnatiladi. Eng oxirgi yillarda regeneratsiyalangan eritmani bug‗li qizdirish uchun olovli qizdirgichlardan foydalaniladi.
1.46 - rasm. Quritish qurilmasining tartibli sxemasi:
I -gazni kirishi; II-gazni chiqishi; Ill-zarur bo ‘lgan iste‘mol uchun kondensatsiyalanmagan gazlar; IV-bug‗lar; V-sovituvchi suv; VI- sug‗orish; VII- DEG bug‗lari; VIII-kondensat; IX- kondensatni tashlash; X-atmosferaga beriladigan bug‗lar; XI-DEG; 1 -absorber; 2-issiqlik almashgichlarning seksiyasi; 3 -shamollatgich; 4 -desorber; 5 –bug’latgich; 6-kondensator; 7- kondensat uchun sig’im; 8 -vakuum-nasos; 9-bug’lantirish kolonnasining sug’orish uchun nasos; 10-nasos; 11-sovutgich; 12-DEGning oraliq sig’imi.



Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling