Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet20/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Absorbsiyalash usuli
Benzinsizlantirishning absorbsiyalash usuli suyuq neft mahsulotlarida gaz komponentlarining turli eruvchanligiga asoslangan jarayon bo‘lib, absorberlardao‘tkaziladi. Absorbsion usulning mohiyati gazlar aralashmalaridagi og‘ir uglevodorodlarning suyuq yutuvchilar (absorbentlar)ga yutilishiga asoslangan. Bunday yutuvchilar sifatida kerosin, dizel distillyati yoki, moy ishlatilishi mumkin. Gazlarni benzinsizlantirishning absorbsion usulida yutilayotgan
Uglevodorodlar absorbent bilan kimyoviy birikma hosil qilmay, desorbsiyada absorbentdan oson ajraladi. Mazkur usulda gaz va yutuvchining faol kontaktini ta‘minlash maqsadidaabsorberning balandligi bo‘yicha ko‘ndalang to‘siqlar–barbotajli tarelkalarga joylashtirilgan. Gaz oqimini pastki tarelkadan yuqorigacha ko‘tarilishida uningtarkibidagi og‘ir uglevodorolar asta–sekin absorbentga yutiladi va absorber yuqorisidan to‘yingan absorbent chiqariladi. To‘yingan absorbent desorbsiyalash orqali desorber yuqorisidan gazli benzin chiqariladi, pastdan qayta tiklangan absorbent sovitilgan holda absorberga qaytariladi. Absorbsiya jarayoni harorati qancha past bo‘lsa, absorbentlarni yutish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Absorbsiyada yutilayotgan gazlar miqdori bosim oshishi va harorat pasayishi bilan ortadi. Gaz komponentlarining molyar og‘irligi qancha katta bo‘lsa, xuddi o‘sha suyuqlikka shuncha ko‘p hajmda yutiladi.
Gazlarni benzinsizlatirishning absorbsion-desorbsion jarayonining prinsipial sxemasi 1.26-rasmda tasvirlangan. Dastlabki (xomashyo) gaz I absorber 1 ning quyiqismiga uzatiladi. Gaz yuqoriga ko‘tarilish chog‘ida absorber tarelkalaridan pastga oqayotgan absorbent bilan kontaktlashib, modda almashinish natijasida gazdagi maqsadli komponentlar suyuqlikka o‘tadi. Tozalangan gaz II absorberning yuqorigi qismidan, to‘yingan absorbent IV esa quyi qismidan chiqariladi.
To‘yingan absorbent gidravlik turbina 7 ga yetkazilib, nasos 3 ni harakatlantirib, foydali ish bajaradi. Natijada uning bosimi absorbsiya bosimidan desorbsiya bosimiga qadar pasayadi. So‘ngra, to‘yingan absorbent qizdirgich 5 da qizdiriladi va desorber 6 ning yuqorigi qismiga uzatiladi. Desorber 6 ning quyi qismiga qaynoq desorbsiyalovchi agent (o‘tkir suv bug‘i) VI kiritiladi. To‘yingan absorbent qizishi natjasida desorbsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Bug‘langan maqsadli komponentlar V desorberning yuqorigi qismi orqali, regenerirlangan absorbent esa quyi qismi orqali chiqariladi. Regenerirlangan absorbent issiqlik almashtirgish 5 da issiqligi rekuperatsiyalangach nasos 3 yordamida oraliq sig‘im 4 va sovutkich 2 orqali absorber 1 ga qayatriladi.
Gazlarni tozalashda 1 m3 gazdagi og‘ir uglevodorodlar miqdori 200
dan 300 gr gacha bo‘lganda absorbsion usul yanada samaraliroq sanaladi.
1.26-rasm. Gazlarni absorbsion-desorbsion usulda benzinsizlatirish jarayonining prinsipial sxemasi
1 – absorber; 2 – sovutkich; 3 – nasos; 4 – oraliq sig‘im; 5 – qizdirgich; 6 –desorber; 7 – gidravlik turbina.
I – gaz xomashyosi; II – maqsadli komponentlardan xalos qilingan gaz; III – regenerirlangan absorbent; IV – to‘yingan absorbent; V – maqsadli komponentlar; VI – desorbsiyalovchi agent.
Gazlarni benzinsizlantirish tizimlari orasida moyliabsorbsion tizimi eng keng tarqalgan usullardan sanaladi (1.27-rasm).
Neft gazi oqimi I suvli sovutkich 1 orqali yengil veretyon yoki transformatormoyi bilan sug‘oriladigan, harorati 30 0S atrofida va bosimi 10 atm dan kam bo‘lmagan tarelkali absorber 2 ning kub qismiga uzatiladi. Modda almashinish natijasida C3+ uglevodorodlari moyga eriydi, benzinsizlantirilgan gaz oqimi II esa gaz separatori 3 orqali qurilmani tark etadi. Yog‘li absorbent shamollatgich 4 ga kelib tushib, bosimi 1,5 – 2 atm.gacha pasayib, issiqlik almashtirgich 8 da regenerirlangan moy bilan qizdirilgach undan ilakishgan C1 va C2 uglevodorodlariajraladi va jadalqaynatish va aralashtirish orqali regeneratsiya jarayonini jadallashtirsh maqsadida desorber 9 ning pastki qismiga uzatiladi. Shamollatkichdagi suyuq faza issiqlik almashtirgich 5 va o‘choq 6 da qizdirilgach 250 0S haroratda atmosfera bosimida ishlovchi tarelkali desorberning o‘rta qismiga beriladi. Termobarik sharoitlardagidek, moydan yutilgan barcha komponentlar haydaladi. Regenerirlangan absorbent nasos 10 yordamida
haydalib, issiqlik alamshtirgichlar 8 va 5 da o‘zining issiqligini bergach hamda suvli sovutkich 9 da sovutilgach jarayonga qaytariladi. Bug‘li faza desorber 7ning yuqorigi qismidan kondensator-sovutkich 11 ga o‘tib, ajratishga separator 12 ga jo‘natilib, C1 va C 2 uglevodorodlari oqimi III mahalliy ehtiyojlar uchun chiariladi. Gaz benzini esa reflyuks sig‘imi 13 ga yig‘ilib, nasoslar 14 va 15 yordamida qisman desorberga sug‘orish uchun beriladi. Qolgan qismi esa oqim IV bo‘ylab, tovar mahsulot sifatida chiqarib olinadi. Sovutkichlar 1, 9 va 11 uchun sovituvchi agent sifatida nasos 17 yordamida sirkulyatsiyalanuvchi va 16 gradirnyada sovitiluvchi kimyoviytuzsizlantirilgan suv ishlatiladi.

1.27-rasm. Gazlarni moyliabsorbsion usulda benzinsizlantirish qurilmasiprinsipial sxemasi.
1, 9, 11-sovutkich; 2-absorber; 3-gaz separatori; 4- shamollatkich; 5, 8- issiqlik almashtirgich; 6-o‘choq; 7-desorber; 10, 14, 15, 17-nasoslar; 12-separator; 13-reflyuks sig‘imi; 16- gradirnya.
Sinovlar shuni ko‘rsatadiki, absorbent qancha yengil bo‘lsa, buning uchun yanada qat‘iy sharoitlar talab qilinsada, bundan tashqari desorberdagi yuqotilish katta bo‘lsa ham jarayon shuncha yuqori selektivlikda kechadi. Shu sababli, oxirgi vaqtlarda moy bu kabi qurilmalarda dizel yoqilg‘isi, barqaror kondensat va hatto reaktiv yoqilg‘iga almashtirilib, aborberdagi harorat 10–30 0S harorat va 35–70 atm bosimda gaz benzinidagi C3H8 ning ajralish darajasini 40–50 % gacha, C4H10 ni esa95–100 % gacha yetkazish imkonini beradi. Ilgari bunday natijalarni absorbsion usulda qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lmagan.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling