Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Reja: Markaziy Osiyoning foydali qazilmalari
Download 421.5 Kb.
|
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Reja:
Markaziy Osiyoning foydali qazilmalari Tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish Foydali qazilmalar kelib chiqishiga ko’ra 3 ta guruhga bo’linadi: magmatic, matamorfik, cho’kindi. Magmatik foydali qazilmalar bevosita magma faoliyati tufayli paydo bo’lib, asosan vulqon oblastlarida ko’p uchraydi. Bu guruhga rudali va shunga o’xshash foydali qazilmalar mansub. Metamorfik foydali qazilmalarda kuchli bosim va harorat ta'sirida yer qobig`ining turli xil chuqurliklarida tog` jinslarining fizik va kimyoviy tarkibi murakkab o’zgarishga uchraydi va rudali, noruda metamorfik qazilmalar paydo bo’ladi. M: temir, kvarsitlar va hokazolar. Cho’kindi foydali qazilmalar yer po’stining ustki qismida dengiz, ko’l, botqoqliklarni cho’kindi jinslar qoplashi tufayli vujudga keladi. Bu guruhga noruda foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir, slanes, torf) kiradi. Markaziy Osiyo hududi foydali qazilmalarga juda boy. Ular asosan rudali va noruda konlardan iborat. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar u yoki bu turdagi foydali qazilmalarga boy. Xususan, Qozog`istonda Mendeleyev davriy tizimidagi elementlarning barcha turi uchraydi. Qozog`hududi metallarga boy. Qozog`iston past tog`larida oltin, mis, polimetall ruda konlarining g`oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko’mirning yirik konlari Qaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko’mir havzalarida mavjud. Neftning yirik konlari g`arbiy Qozog`istondagi Tengiz konida (Emba rayoni). Mang`ishloq yarim orolida nihoyatda ko’p. Ayniqsa, Tengiz neft havzasining zahiralari bir necha milliard tonna deb baholanmoqda. Bu jahondagi eng yirik neftga boy rayonlardan biri hisoblanadi. Gazning Mang`ishloq yarim orolida kattagina zahiralari mavjud. Sharqiy Qozog`iston ayniqsa rangli va nodir metallarga boy. Yirik temir ruda konlari Qozog`istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To’rg`ay supasimon o’lkasida joylashgan Sokolov-Sarboy konidir. (Qozoq magnitkasi). O’zbekiston va Qirg`izistonda ham temir ruda konlari bor. O’zbekistonning Farg`ona vodiysida neft, tabiiy gaz, oltingugurt, har xil tuzlar juda ko’p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Xovdog`, Lalmikor, Kakaydi va boshqalar). Gazning yirik konlari O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hududida, shuningdek Turkmanistonda, Ustyurtda aniqlangan. Ayniqsa, Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari topilgan. Qoraqum markazidagi Gugurtdosh, Sho’rsuv oltingugurt konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu yerda faqat osh tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon pasttekisligidagi sayoz ko’llarda, Orol ko’li, Kaspiy dengizi sohillarida, Turkmanboshi (Krasnovodsk), Farg`ona, Balxash ko’li rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan. Qorabo’g`ozgulda glauber (mirabilit) tuzining juda katta zahiralari to’plangan. Cheleken yarim orolida tuz bilan birga ozokerit ham qazib chiqariladi. Mang`ishloq yarim orolida Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida fosforit konlari bor. Qizilqum hududi va Surxondaryoda ham fosforit konlari topilgan. Markaziy Osiyo hududi binokorlik xom-ashyolariga ham boy. Bu yerda ohaktosh, granit, mergel, marmar, dolomit, gips, bo’r, asbest, kaolin, kvars, shag`al, qum va boshqalarning yirik konlari mavjud. Ular Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarda uchraydi. G`ozg`on, Bo’stonliq, Omonqo’ton, Dushanbe rayonlarida va Qirg`izistonda chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo shifobaxsh mineral suvlarga ham boy. Tojikistondagi Obigarm, Qirg`izistondagi Oqsuv, Arashon, Jalolobod, O’zbekistondagi Toshkent, Chortoq, Farg`ona, Uchqizil mineral suvlari va issiq buloqlari shular jumlasidandir. Bular turli kasalliklarni davolashda, turizm xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O`zbekistonning mineral xom ashyo resurslari iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega. Mineral xomashyo asosida sanoat tarmoqlari taraqqiy qiladi, elektroenergetika uchun asosiy resurs hisoblanadi. O`zbekistonda 2500 dan ortiq konlar ochilgan. Ularda 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlari borligi aniqlangan. Endilikda O`zbekiston o`zini neft mahsulotlari bilan to`la ta`minlashga erishdi. Oltin zahiralari bo`yicha MDH davlatlari orasida Rossiyadan so`ng 2-o`rinda, kumush, mis, qalayi, qo`rg`oshin, volfram bo`yicha 3-o`rinda turadi. Rangdor va nodir metallardan asosan mis, qalayi, qo`rg`oshin volfram, litiy, alyuminiy xomashyosi, alunitlar,kaolinlar mavjud. Qurilish materiallarining 370 dan ortiq konlari hisobga olingan. O`zbekistonning yer resurslari 44,8 mln.ga, shundan sug`oriladigan yerlar maydoni 4,2mln.ga, yaylov va pichanzorlar 22.9 mln,ga ni tashkil qiladi. Respublikada mavjud bo`lganflora 4ming turdan ziyod, shundan 10-12 % muhofazaga muhtoj. Dorivor o`t o`simliklar o`sadigan maydonlarning maydoni qisqarib bormoqda, buta va daraxtlar cho`l va tog` yonbag`irlarida yoqilg`I va qurilish materiali sifatida ayovsiz qirqilmoqda. Har yili kamida 40 ming ga. Maydonda yangi o`rmonzorlar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Hayvonot va o`simlik resurslarini saqlab qolish uchun barqaror ishlar amalga oshirilmoqda. Turkmaniston respublikasida keying vaqtda amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari natijasida respublikada ko`pgina ma`dan konlari topildi va ularning ba`zilari xom-ashyo olish uchun ishga tushirilgan. Respublika hududi neft, gazga nihoyatda boy. Ularning zahiralari Kaspiy dengizidan Amudaryoga qadar bo`lgan hududlarda aniqlangan. Mineral xom ashyo resurslaridan sof oltingugurt, osh va kaliy tuz konlari Govurdak-Ko`hitangtovda joylashgan. Osh tuzi Kaspiy dengizidagi Kuli orolida, Bobo Xo`ja ko`lida qazib olinmoqda. Qorabo`g`ozgo`l ko`rfazi kimyoviy ashyolar “tabiiy fabrikasi” hisoblanadi. Ko`lda xlorli magniy, brom, mirabilit qazib olinadi. Mirabilitning quritilishi natijasida sulfat olinadi. Sulfat oyna, qog`oz, sellyuloza, rangli metallurgiya, teri, rangli bo`yoqlar ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida keng qo`llanadi. Turkmaniston hududi qurilish xom ashyolariga boy bo`lsada, suv resurslari bilan yaxshi ta`minlanmagan. Asosan Atrek va Murg`ob daryolari,
Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling