Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet33/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Mineral resurslar

Turkmaniston respublikasi yirik gaz zahiralari bilan ajralib turadi. Gaz qazib olish bo’yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Gaz zahiralari deyarli barcha viloyatlar hududidan qazib olinadi. Neft zaxiralari asosan Kaspiy buyida xamda dengiz relflarida joylashgan. Neft konlarida yuldosh gazlar xam uchraydi.

Turkmaniston respublikasida temir rudasi va rangli metallar nixoyatda kam. Lekin respublika ximiyaviy xom—ashyolarga boyligi bilan xam ajralib turadi. Bundan tashqari qurilish materiallari xam kup. Bu yerda oltingugurt konlari (Chorjo’y viloyatining janubi—sharqidagi Gourdak koni) yodobromli suv (Cheleken yarim orolidagi va Nebit Dogda). Mineral tuzlar (Јora—buroz—kol qo’ltiІida, Kaspiy bo’yida va boshqalar), sement xom—ashyosi (Bezmein), ozokerit va boshqalar topilgan. Respublikada Chorjo’y superfosfat zavodi, Mariy azot—tuk zavodi ishlab turibdi.

Yer resurslari. Respublikada yer resurslari ko’p bo’lib, sanoat qurilishi uchun qiyinchilik tuІdirmaydi. 6—7 mln.ga yerda suІorib dehqonchilik qilinishi mumkin, lekin suv tanqisligi sababli 1 mln.ga.yer suІoriladi xolos. Cho’llardan chorvachilikda yaylov sifatida foydalaniladi. Iqlimning issiqligi bu yerda subtropik ekinlar yetishtirishga imkon beradi. (Respublikaning janubi va janubi-sharqi).

Suv resurslarining asosiy qismini Amudaryo tashkil etadi. (95%). Murg`ob, Tedjen, Atrek daryolari sug`orish uchun ishlatiladi. 1 km.kv.ga hisoblaganda MDH davlatlari orasida eng kam, 1 km 2 uchun 0,94 ming m- (MDHda bu ko’rsatkich 190 ming m).

Aholisi

Aholisi 4,5 mln. kishi. Milliy tarkibida turkmanlar ko’pchilikni tashkil etadi. (72%), bundan tashqari ruslar 9.5%, o’zbeklar 9%, qozoqlar 25%, tatarlar 1.1%, ukrainlar 1%, ozarbayjon, armanlar, yevreylar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholisining 45%i shaharda yashaydi. Yirik shaharlari AshІabat, Tedjen, Chorjo’y, Mari, Turkmanboshi va boshkalar. Turkmaniston mustaqillikka erishgandan keyin kuplab Yevropa millatiga mansub kishilar ko’chib ketishdi. Turkmaniston aholisi asosan mamlakatning janubi, sharqi vag`arbii qismlarida joylashgan. Aholi voha tipida va lentasimon joylashgan. O’zbeklar asosan, Toshovuz viloyatida istiqomat qiladi.




Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling