Termiz davlat universiteti hududida tashkil etilgan,,Tezkor kitobxon” to’garagi faol a`zolari ishtirokida Pedagogika fakultetida o’tkazilgan to’garak bayonnomasi


Download 7.79 Mb.
Sana18.08.2023
Hajmi7.79 Mb.
#1667991
Bog'liq
Tezkor kitobxon1


Termiz davlat universiteti hududida tashkil etilgan ,,Tezkor kitobxon” to’garagi faol a`zolari ishtirokida Pedagogika fakultetida o’tkazilgan to’garak


BAYONNOMASI


19.12.2018 Pedagogika fakulteti
To’garak ishtirokchilari va tashkilotchilar: To’garak rahbarlari S.Bozorov, Omonova Nilufar, Bobomurodova Zarnigor
To’garak a’zolari:Mamatov Eldor, Esonturdiyeva Muyassar,Choriyeva Shahriniso, Ziyoqulova Aziza, Bobomurodova Rushona, Mamasaxatova Sharofat, Nasrullayeva Taxmina, Abduhakimova Muborak , Omonkeldiyeva Nilufar.
Kun tartibi
To’garakning maqsadi: Talabalarda kitobga bo’lgan mehr-muhabbat uyg’otish, kitobsevarlik madaniyatini shakllantirish, fikrlash qobilyatini o’stirish, aqliy salohiyatini rivojlantirish, talabalar orasida bellashuv tashkil etib, yangi bilimlar hosil qilishga o’rgatish, Talabalarning iste’dodini shakllantirish va ularda adabiyotga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish. .
To’garakning mazmuni: ,,Tezkor kitobxon” to’garagi rahbari Bobomurodova Zarnigor to’garakni ochib berish uchun Bozorov Sobir ustozni taklif etdi. So’ng o’zi bugungi kitob va uning qisqacha mazmuni bilan tanishtirdi. To’garak boshlanishidan oldin “Zukkolar” hamda “Bilimdonlar” “Femida”jamoalari o’z o’rinlarini egalladilar
To’garakda Abdulla Qodiriyning “ Mehrobdan chayon” asari yuzasidan tuzilgan savollar berildi. Asar tahlili boshlanishida to’garak rahbari savollarni ketma-ketlikda joylashtirdi va har bir jamoa sardori bittadan savol tortib vaqt reglamentiga amal qilgan holda javob berishdilar. To’garak shu tarzda davom etdi. To’garak so’ngida g’olib jamoa aniqlandi va keyingi bo’lib o’tadigan jamoalar bellashuvida Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarini o’qib kelish belgilandi.
Qaror qilindi:
1.”Zukko kitobxon”ko’rik tanlovini muntazam o’tkazib borish.
2.Talabalarning badiiy savodxonligini oshirish va talabalarni ko’proq badiiy adabiyotlarni mutolaa qilishga undash.
S. Bozorov
To’garak rahbari: Z.Bobomurodova N.Omonova
.




Download 7.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling