Termiz davlat universiteti iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar yo'nalishi si-719 guruh talabasi


TMKlarning jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘mi


Download 25.4 Kb.
bet3/3
Sana15.02.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1200103
1   2   3
Bog'liq
Документ (2)

3. TMKlarning jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘mi.

Ma’lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo'jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqti­ sodiy aloqalarining xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eks­ portida milliy kompaniyalaming o'zlarini xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko'rsatishlarining ulushi kattadir. 80-yil- laming ikkinchi yarmida bunday firma ichidagi savdoning ulushiga AQSH eksportini 14—20 %, Yaponiya eksportining 23—29 %, GFR eksportining 24—28 % to'g'ri kelgan edi. TMKlar jahondagi xususiy ishlab chiqarish kapitalining 1/3 qismi ustidan, to'g'ridan-to'g'ri yo'naltirilgan investitsiyalaming esa 90 % ni nazorat qilishadi.


Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham turli tumandir. Xalqaro korporatsiyalarning 60 % ishlab chiqarish sohasida, 37 % xizmat ko'rsatish sohasida, 3 % qazib chiqarish va qishloq xo'jaligi sohasida banddir.
Amerikaning «Forchun» jurnalini bergan m a’lumotiga qa­ raganda, jahonning eng yirik 500 ta korporatsiyasi ichida 4 ta majmui — elektronika, neftni qayta ishlash, kimyo va avtomobil- sozlik sanoat tarmoqlar asosiy rol o'ynaydi. Ular jahon iqtiso­ diyotida TMWarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyatining 80 % ana shu tarmoqlarga to'g'ri keladi.
Transmilliy korporatsiyalar investitsiyalarini mintaqaviy-sohaviy yo'nalishi juda xarakterlidir. Ular, odatda, «yangi industrial dav­ latlar», shuningdek, nisbatan rivojlangan va rivojlanayotgan da latlarni qayta ishlovchi sanoat korxonalariga kapital qo‘yishga harakat qilishadi. Bunda kapital oluvchi davlatlar orasida investorlar uchun raqobatchilik kurashi ro‘y beradi.
Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy past kambag'al davlatlarga nisbatan iqtisodiy siyosat boshqacha bo‘lib, bunda transmilliy korporatsiyalar kapitalni, asosan, qazib olish sohasiga qo'y- salar-da, ammo bu yerda ular eksportni kuchaytirishga harakat qiladi. Natijada, mahalliy bozomi egallash uchun TMKlar o'rtasida kurash kuchayib boradi. Shunday qilib, hozirgi kunda transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatlarning xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimidagi taqdirini aniqlovchi omilga aylanib qolmoqda. TMKning faol ishlab chiqarishi, olib borayotgan investitsion siyosati, shuning­ dek, savdo faoliyati tufayli ular ishlab chiqarish va mahsulotlami taqsimlashning xalqaro tartibga soluvchisiga aylanib bormoqda. Hatto, BMT ekspertlarining fikricha, TMKlar jahonda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish uchun keng shart-sharoit yaratmoqda.
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo'jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini ko'rsatib o'tish bilan bir'qatorda, albatta, ularning faoliyat ko'r- satayotgan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini ham ko'rsatib o'tish lozim bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:
— TMK faoliyat ko'rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga xalaqit berishi;
davlat qonunlarini buzishi;
— monopol narxlar o'rnatishi, rivojlanayotgan davlatlarning
huquqini cheklovchi shartlarga majbur etishi va boshqalar. Xullas, jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar — xo'jaliklararo aloqalarning rivojiga doimo e’tibor berib, o'rganish va yetarli darajada xalqaro nazorat talab qiluvchi murakkab va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fenomenidir.
Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling