Termiz davlat universiteti iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar yo'nalishi si-719 guruh talabasi
Download 25.4 Kb.
|
Документ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar " FANIDAN MUSTAQIL ISH TERMIZ-2023 Mavzu
- 2. Jahon xo‘jaligida TMKlar faoliyatining asosiy xususiyatlari . 3. TMKlarning jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘ rni.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT TARMOQLAR VA SOHALAR YO'NALISHI SI-719 GURUH TALABASI Nurullayev Xurshidbekning "Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" FANIDAN MUSTAQIL ISH TERMIZ-2023 Mavzu: Transmilliy kompaniyalarining Jahon iqtisodiyotidagi oʻrni. Reja: 1.Jahon xoʻjaligida transmilliy korporatsiyalrining (TMK) vujudga kelishi va rivojlanishi. 2. Jahon xo‘jaligida TMKlar faoliyatining asosiy xususiyatlari. 3. TMKlarning jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rni. 1. Jahon xo'jaligida transmilliy korporatsiyalarning (TMK) vujudga kelishi va rivojlanishi. BMT ekspertlarining fikricha, transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jahon mamlakatlar iqtisodining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari» hisoblanadi. XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon xo' jaligida 40 mingdan ortiq TMKlar mavjud bo'lib, ular o'z davlat- laridan tashqarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan 250 mingga yaqin sho'ba korxonalami ham nazorat qilib turishgan. Oxirgi yigirma yil mobaynida TMKning soni 5 barobar ko'paygan (1970-yilda 7 mingta bunday firma ro'yxatga olingan). Hozirgi kunda jahon xo'jaligida mavjud bo'lgan 100 ta eng yirik xalqaro kompaniyalaming 40 % mulki (shu jumladan, moliyaviy mulki) boshqa davlatlar hududida joylashgan. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, Yel davlatlari va Yaponiyada joylashgan. Jahon xo'jaligida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 40 %, xalqaro savdoni esa 50—55 % ustidan yirik TMKlar o'z nazoratini o'rnatgan. TMK korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar- ning yillik miqdori 1 trln doll.dan oshiqroqni tashkil etib, ularda 73 mlndan ortiq kishi faoliyat ko'rsatadi (ya’ni, jahonda band aholining 1/10 qismini tashkil etadi). Xo'sh, jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa kompaniyalar kiradi? An’anaviy ravishda xalqaro korporatsiyalar faoliyatini o'rganadigan TMKlar tarkibiga yillik kapital aylanmasi 100 mln doll.dan oshuvchi va kamida 6 dav latda filiali bo'lgan firmalarni kiritadi. Keyingi yillarda ushbu ko'rsatkich tarkibiga rezident-davlatdan tashqarida sotilgan mah sulotlar miqdorini ko'rsatkichi ham kiritildi. Bu ko'rsatkich b o ' yicha jahonda Shveysariyaning «Nestle» firmasi (98 %) ilg'or- lardan biri sanaladi. BMT metodologiyasi bo'yicha xalqaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga qarab ham aniqlash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko'p xorijiy aktivga (moliya sektori transmilliy banklardan tashqari) Angliya-Gollandiya konserni «Royal-Datch shell», keyin AQSHning 4 firmasi: «Ford», «Jeneral motors», «Ekson» va «Ay-Bi-Em» turadi. G‘arb davlatlarining iqtisodiy adabiyotida xalqaro mono- poliyalarning ko‘plab turlarini (ko'pmilliy korporatsiyalar, bay- nalmilal korporatsiyalar, transmilliy korporatsiyalar, global korpo ratsiyalar va h.k.lar) uchratish mumkin. Filipp Kotler tashkiliy tamoyillar asosida aynan ana shunday xalqaro kompaniyalarni ko'rsatib o'tgan edi. Rossiyalik iqtisodchilar esa korporatsiyalarning quyidagi tasnifmi berishadi: Transmilliy korporatsiyalar — bu xorijiy aktivga ega bo'lgan milliy monopoliyalar. Ularning ishlab chiqarish va savdo-iqtisodiy faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi. AQSH iqtisodiyotida hissadorlik jamiyatlarni ham «korpo- ratsiya» deyishadi. Jahon xo'jaligida zamonaviy transmilliy korpo ratsiyalarning ko'pchiligi Amerika kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli vujudga kelganligi uchun ham bu atama iqtisodiy adabiyotlaiga kirib kelgan. Hozirgi kunda transmilliy korporatsiyalarning huquqiy filiallari va sho'ba korxonalari jahonning turli davlatlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo'lib, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot va iste’- molchilarga xizmat ko'rsatish kabi ishlab chiqarish faoliyatlarini bajaradi. Umuman olganda, ular yagona ishlab chiqarish-sotish majmuyini tashkil etib, bu hissadorlik kapitaliga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. Shu bilan birga TMKlarning filial va sho'ba korxonalari aralash korxonalar ko'rinishida ham bo'lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi mumkin. Jahon iqtisodiyotida ko'pmilliy korporatsiyalar (KMK) — ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlatlarning milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro korporatsiyadir. KMKga 1907-yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelayotgan Angliya- Gollandiyaning «Royal-Datch Shell» kompaniyasini, kimyo- texnologiya konserni «Yunilever»ni, mashinasozlik, elektron inje- nerlik sohalariga ixtisoslashgan, Yevropaning mashhur Shveysariya- Shvetsiya ABB (Asea Brown Bovery) kompaniyasini va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Jahon iqtisodiyotida Transmilliy va ko'pmilliy korporatsiyalar qatoriga xalqaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalarni (GK) ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar XX asming 80-yillarida vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda kuchayib bormoqda. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon xo'jaligida mo liya kapitalining butun bir qudratini namoyon qiladi. Jahon iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari hozirgi kunda ko'proq kimyo, elektrotexnika va elektron sohalarda, neft va avtomobil sohalarida, axborot, bank va boshqa bir necha sohalarda ro‘y bermoqda. Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalarni paydo boMishiga sabab nima? Ular paydo bo'lishining asosiy sababi, milliy-davlat che- garalaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi yirik kompaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlarda o'z bo'limlarini tashkil etib, milliy korporatsiyalarning TMKlarga aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo'ladi. Jahon iqtisodiyotida kapital olib chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omillardan biridir. Transmilliy korporatsiyalarni vujudga kelishining sabablaridan yana biri haddan tashqari foyda olishga bo'lgan intilishdir. O'z navbatida, kuchli raqobat, bu ko'rashda tirik qolish zaruriyati, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyasi ham TMKlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling