Termiz davlat universiteti iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar yo'nalishi si-719 guruh talabasi
Jahon xo‘jaligida TMKlar faoliyatining asosiy xususiyatlari
Download 25.4 Kb.
|
Документ (2)
2. Jahon xo‘jaligida TMKlar faoliyatining asosiy xususiyatlari.
Jahon xo'jaligida ro'y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko'ra, vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o'ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida TMK xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo'lib, uning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Transmilliy korporatsiyalarda kapitalning harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo'layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo'ladi. Jahon xo'jaligida TMKlar yirik investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilm talab sohalarga intensiv kirib boradi. Ushbu sohalami transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish an’anasi ro'y beradi. 80-yillarning o'rtalarida ikki mingga yaqin eng yirik korporatsiyalar tomonidan dunyo sanoat mahsulotining 3/4 qismi ishlab chiqarilgan edi. Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70—75 % ustidan o'z nazoratini o'matgan bo‘lib, taxminan ushbu 500 ta gigant TMKlar hissasigajahon bozo riga chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80—82 %, farmatsevtikaning 93—95 %, mashinasozlikning 76—80 % sanoat mahsulotlari to‘g‘ri keladi. G‘arb iqtisodchilarining bashorat qilishicha, XXI asr bosh larida jahon xo'jaligida 300 dan 600 tagacha transmilliy korpo ratsiyalar ishlab chiqarilayotgan jami yalpi mahsulotining 75 % ustidan o‘z nazoratini o'rnatib, ishlab chiqarish va xizmatlar soha sini sezilarli ravishda diversifikatsiya qilib borar ekan. Masalan, Shvetsiyaning «VOLVO» avtomobil konserni (Shvetsiyada 30 ta, xorijda bir necha o‘nlab ixtisosli yirik sho'ba korxonalariga ega) hozirgi kunda nafaqat avtomobil, balki, katerlar uchun motor va aviadvigatellar, hatto pivo («Pripps») ishlab chiqarmoqda. O'z navba tida AQSHning 500 ta eng yirik transmilliy korporatsiyalari o'rta hisobda 11 sohada, eng kuchlilari esa 30—50 sohalik tarmoq korxo nalariga egadir. Xullas, ko'p sohali ilg'or tarmoqli sanoat korxona lariga ega bo'lgan firmalaming 96 tasi Angliyada, 78 tasi Germa- niyada, 84 tasi Fransiyada, 90 tasi Italiyada faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotida kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo'lgan TMKlar ishlab chiqarishda tovarlar bozorini samarali rejalash- tirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish-savdo siyosatini olib bor moqda. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshirilib, sho'ba korxonalarga tarqatiladi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalarni vujudga kelishi va rivojlanishiga misol qilib, hozirgi kunda o'z qo'lida jahonning elektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25 % ni ushlab turgan «Elektroluks» TMKni ko'rsatish mumkin. 1912-yilda ikki shved kompaniyasining birlashishi natijasida vujudga kelgan ushbu kompaniya 20-yillardayoq Avstraliya va Yangi Zelandiya bozorlariga chiqib, ishlab chiqarishni tashkil qilgan edi. Oxirgi o'n yillikda «Elektroluks» kompaniyasi AQSHda uchinchi o'rinda turuvchi «Vestingauz», «Gibson» va boshqa markalar ostida kundalik texnik va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, Italiya va butun Janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi «Zanussi» firmasi va shuningdek, GFRda asosiy elektr tovarlari ishlab chiqaaivchi «AEG» firmasini aksiya larini sotib oigan edi. Xullas, bu uch firmani qo'shib olganidan keyin shvedlaming «Elektroluks» korporatsiyasi jahonning 75 mam-lakatida kundalik elektrotexnik sanoat mahsulotlarini ishlab chi qarish, sotish va xizmat ko'rsatish bo'yicha rivojlangan tizimga ega bo'lgan lider kompaniyaga aylandi. 90-yillarning o‘rtalarida ushbu transmilliy korporatsiyaning korxonalarida 110 mingdan ortiq kishi ishlab, uning yillik aylanmasi 1994-yilda 16 mlrd doll.ni tashkil etgan edi. Jahon iqtisodiyotida TMKlar o'z ekspansiyasini kengaytira borib, jahon bozorini o'zlashtirishning turli shakllaridan (litsenziya berish, franchayzing, boshqaruv shartnomalari, texnik va marketing xizmatlari ko'rsatish, korxonalami «kalit ostida» topshirish, vaqt bo'yicha cheklangan qo'shma korxonalar tuzish haqidagi shart nomalar, alohida operatsiyalami amalga oshirish bo'yicha keli shuvlar) keng foydalanishadi. Bu shakllar ko'p jihatdan shart nomaga asoslanib, hissadorlik kapitalida boshqa firmalarningqatnashishiga bog'liq bo'lmaydi. Jahon iqtisodiyotida litsenzion kelishuvlar ayniqsa, keng tarqalgan bo'lib, 90-yilda TMKning litsenzion kelishuvlarining hajmi 1970-yildagiga nisbatan qariyb o'n barobarga o'sgan edi. Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bo'lib, unga ko'ra litsenziar litsenziantga bir qancha muddatga to'lov evaziga ma’lum huquqlarni beradi. Litsenziya berish transmilliy korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo'yicha ham, texnologiya berishning tashqi kanallari bo'yicha ham amalga oshiriladi. Franchayzing — uzoq muddatga mo'ljallangan litsenzion ke- lishuvdir. Bunda franchayzer kliyent — firmaga ma’lum huquqlar beradi. Bu huquqlar o'z ichiga ma’lum to'lovlar evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek, texnik yordam ko'rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va boshqarish bo'yicha xizmat ko'rsatish sohalarini oladi. 80-yillardan so'ng jahon iqtisodiyotida boshqaruv va marketing xizmatlarini ko'rsatish kabi transmilliy korporatsiyalar ekspan siyasini shakli keng tarqaldi. Boshqaruv xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnomaga ko'ra, korxonani operativ nazorat qilish ma’lum to'lovlar evaziga boshqa korxonaga beriladi. Texnik va marketing xizmatlarini ko'rsatish haqidagi shartnomaga ko'ra, transmilliy korporatsiyalar ushbu firma faoliyatiga bog'liq bo'lgan texnik xizmatlami amalga oshiradi. Bunday shartnomalar, asosan, mashina va uskunalarni ta’mirlash, «nou-xau»dan keng foydalanish bo'yicha maslahatlar berish, avariyalarning oldini olish va sifatni nazorat qilish bilan bog'liq bo'ladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda korxonalami (ishlab chiqarish obyektlarni) «kalit ostida» topshirish haqidagi shartnomalar ham keng tarqalmoqda. Bunda transmilliy korporatsiya ma’lum obyektni qurish va rejalashtirish uchun zarur bo'lgan barcha ish faoliyatni amalga oshirish ja vobgarligini o'z bo'yniga oladi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlarni egallashning eng yangi shakllaridan biri xorijda maxsus investitsion kompaniyalarni tashkil qilishdir. Bu kom- paniyalarning asosiy vazifasi TMKning sho'ba va hamkorlikdagi korxonalarining mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag'batlantirish uchun ulami investitsiyalashdir. Bunday usuldan hozirgi kunda Afrikada alkogolsiz ichimliklami sotish bo'yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar — «Pepsi-kola» va «Koka-kola» keng foydalanishmoqda. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling