Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir.
Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining ortib borish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: «…..ichki bozorda talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan molar salmog`i o`rtasidagi nisbatni ta’minlash g`oyasi katta rol o`ynaydi»
Shunday qilib,iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal
qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |