Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari
Download 30.54 Kb.
|
SARVARBEK33333
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida bo`ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2.Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi. To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga qo`yish mumkin. Jamg`arish, sarflar – daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi. Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o`zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati SH.R.Qobilovning ‘’Iqtisodiyot nazariyasi’’ Ahmadjon O’lmasovning ‘’Iqtisodiyot asoslari’’ Download 30.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling