Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya


Umumiy muvozanatlik – bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat,  korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik  darajasini bildiradi


Download 30.54 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi30.54 Kb.
#203718
1   2   3   4
Bog'liq
SARVARBEK33333

Umumiy muvozanatlik – bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat,  korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik  darajasini bildiradi. 

Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi  taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha  o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali  


ifodalanadi.  
Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga  
bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi  
talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati  
o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi.  
Jumladan:  
• 
  
Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning  
o`sishi bilan birga boradi;  
• 
  
Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning  
pasayishi bilan;  
• 
  
Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va  
baholarning tushishini keltirib chiqaradi;  
• 
  
Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning  
qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.  
Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga  keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar,  
resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy sikl  
fazalarining o`zgarishi, bozor konyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi  
tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.  
  Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif  
mos kelishi), turg`un  iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab  
chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak,  
umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy  
iqtisodiyotining mutanosibligidir.  
  Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir  
me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari,  
barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi  
barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`zichiga oladi.  
  Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida  
holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.   

Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling