3.Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi.
Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi
Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall xisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar 2 xil, yani sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish bu sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past darajada sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga teng bo’lishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: <<…<> prinsipi hamda <> prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonuning tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin>>.
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidek, so’nggi qo’shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |