Talab bo’yicha narx egri chizig’i
3-chizma
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. «Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.
Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining <>
4-chizma
Chizmadan ko’rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig’i D1D1 ko’rinishida bo’lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o’stirib, mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko’zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y bеrib, u endi D1ЕD2 ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini yo’qotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |