Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot ta


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1370099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
global kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


20 
3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki 
ular tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab 
chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. SHu asosda 
mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi 
aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik 
aloqalari majmuidir. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; 
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati; 
- ishchi kuchi migratsiyasi; 
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; 
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; 
- valyuta-kredit munosabatlari. 
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning 
xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti 
rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va 
xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining 
rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan 
tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy 
belgi va xususiyatlarini XXVII-bobda batafsil ko’rib chiqamiz. 


21 
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat 
qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan 
harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; 
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, 
nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin; 
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; 
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar 
bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik 
kapitali to’g’ridan-to’g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo’ladi. To’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan 
nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni 
bermaydi. U odatda aktsiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli 
qog’ozlar shaklida beriladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi 
kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi 
resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir 
mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. 
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, 
madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. 
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: 
emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash 
joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya  ya’ni fuqarolarni 
ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. 
Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi: 
1) immigrantlar va noimmigrantlar; 


22 
2) shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan migrantlar; 
3) nolegal, yashirin immigrantlar; 
4) boshpana so’rovchi shaxslar; 
5) qochoqlar. 
Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga 
oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan 
ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot 
ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha 
qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi. 
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring 
hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa 
ob’ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini 
berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat bo’ladi. 
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy 
chegaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining 
rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, 
daryo, havo, temir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining 
rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb 
etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi. Bunday 
infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon 
bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo’lgan. 
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari 
misli ko’rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab 
chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. 
Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, 
uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. 


23 
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. SHu sababli 
turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular 
ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha 
yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali 
rivojlanadi. 
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy 
aloqalarga tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab 
chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash 
o’sib boradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki 
mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylari yakuni 
bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 
yilga nisbatan 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2% ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika 
qo‘mitasi taqdim etgan 
sharhda
 ma’lum bo‘ldi. 
TSAda eksport hajmi qariyb 15,5 mlrd AQSh dollariga (23,8% ga ko‘paydi) 
va import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollariga (21,2% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot 
davrida — 9,1 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd 
etildi. 
3.1 – rasm 


24 
Eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 
mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etildi. 
Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va 
Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan. 
Mahsulot ham xizmatlarning eng ko‘pi XXR ($5,2 mlrd), Rossiya 
Federatsiyasi ($4,9 mlrd), Qozog‘iston ($2,6 mlrd), Janubiy Koreya ($1,9 
mlrd) dan olib kelingan. Eng kam import Afg‘oniston ($7,3 mln) bilan amalga 
oshirildi. 
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil fevral oyida qayd 
etilib, 5,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 
mln AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 
4,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,4 
foizga kamaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan 
uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz 
Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan 
passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda, deyiladi qo‘mita sharhida. 
Yanvar- oktabr oylarida ijobiy saldo Afg‘oniston (572 mln dollar), 
Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar) davlatlari bilan 
kuzatildi. 
195 ta mamlakat orasida tashqi savdo ayoanmasining nisbatan salmoqli 
hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog‘istonda (9,3%), 
Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg‘iz Respublikasi (2,5%) 
va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan. 
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo 
aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, 


25 
tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga 
ko‘paygan. 
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent 
shahri 39,1% ulush bilan 15,7 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa 
Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 319,7 mln dollarni tashkil etdi. 
Eksport 
Yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 586 tani tashkil 
etib, ular tomonidan 12,5 mlrd AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021 
yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport 
qilinishi ta’minlandi. 
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8% ни tashkil etib, ular sanoat tovarlari 
(23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar 
va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 
O‘tgan 10 oy davomida xizmatlar sohasi, sanoat tovarlari va oltin eng ko‘p 
eksport qilingan. 
Eksportning eng katta hajmi 2022 yil fevral oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh 
dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 1,9 mlrd AQSh dollariga 
ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida eksport hajmi 1,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi 
va 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,4 foizga kamaydi. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling