Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot ta


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1370099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
global kurs ishi

Xulosa va takliflar 
Shuni ta’kidlash lozimki, kо‘rsatib berilgan koeffitsiyent va kо‘rsatkichlar 
har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini tо‘liq kо‘rsata olmaydi. Masalan 
tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, 
uning sintetik kо‘rsatkichi bо‘la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning 
xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini kо‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot 
tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi kо‘rsatkichi esa 
murakkabroq kompleks kо‘rsatkichdir. 
«MDH mamlakatlarining 
jahon 
bozoriga 
kirib 
borishi 
savdo 
imtiyozlari, proteksionistik choralar va keng miqyosdagi texnik yordamsiz 
mumkin emas», deb ta’kidlaydi Germaniyalik iqtisodchi X.Shreder. 
О‘z 
navbatida 
M.Pebro 
eslatib о‘tadiki, 
savdoning 
erkinligi 
«ehtiyotkorliksiz bо‘lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan kо‘r-kо‘rona 
foydalanish tezda kuchsizlarning kuchlilarga buysunishiga, iqtisodiy kolonializm 
kelib chiqishiga olib kelgan bо‘lardi.» 
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining xarakteri 
va tendensiyalari qanaqa? 
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni 
kо‘rsatadi: 
1) jahon xо‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini, 
2) an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va 
harakterining о‘zgarganligini (u kо‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish 
jarayonlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qila boshladi), 
3) kapital migratsiyasi intensivlashganligini, 
4) ilmiy-texnik 
bilimlar 
almashuvining tezlashganligi, 
xizmatlar 
soxasining rivojlanganligini, 


32 
5) ishchi kuchi 
migratsiyasining 
sezilarli 
darajada о‘sganligini. 
(Xalqaro 
ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalik hayotini baynalmilallashuvining 
muhim qismi bо‘lib qolmoqda); 
6) davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi jarayonining tezlashishi va 
kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-
moliya sohasida erishilgan birlik darajasi jahon xо‘jalik majmui shakllanishining 
kо‘rinishi bо‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining 
mavjudligiga qaramay umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat 
kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvi tushunchasi ortida alohida 
davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi kо‘p darajali jahon xо‘jalik 
aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi. 
Baynalmilallashuv 
alohida 
milliy 
iqtisodiy 
tizimlarning 
oshib borayotgan о‘zaro aloqa va о‘zaro bog‘likligini harakterlaydi. XX asrda 
ayirboshlashning baynalmilallashuvi 
kapital 
va 
ishlab 
chiqarishning 
baynalmilallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX 
asr 60-yillarining о‘rtalari). 
Xalqaro 
ixtisoslashuv 
va 
ishlab 
chiqarish 
kooperatsiyasi keskin oshadi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish 
uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlaydi. U obyektiv ravishda milliy 
chegaralardan chiqa boshlaydi. 
ITI ta’sirida ishlab chiqarish baynalmilallashuvi shunday holatni yuzaga 
keltiradiki, har qanday mamlakat uchun «shaxsiy ishlab chiqarishga» ega 
bо‘lish foydasiz bо‘lib qoladi. Alohida milliy iqtisodiyotlar yanada kо‘prok jahon 
xо‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, 
mutaxassislar bilan almashish yanada baynalmilal xarakterga ega bо‘la boshlaydi. 
Ushbu aloqalar va ular rivojining istiqboli shakllanishi qonuniyatlarini 
tekshirish shuni kо‘rsatadiki, jahon xо‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi 
bо‘lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil qilish va 
alohida davlatlarni yagona jahon xо‘jaligi majmuiga birlashtirishga bо‘lgan 
harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot 


33 
munosabatlar tizimi majmui sifatida о‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha, yuqoriroq darajasidir. 
Globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama kо‘rib chiqish mumkin. 
Makroiqtisodiy 
darajada 
globalizatsiya 
davlatlar 
va 
alohida 
mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishga bо‘lgan 
umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning kо‘rinishlari quyidagilar-
liberalizatsiya, savdo va investitsion tо‘siqlarning olib tashlanishi, erkin 
tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k. 
Mikroiqtisodiy darajada globalizatsiya deganda korxona faoliyatining ichki 
bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining 
millatlararo yoki kо‘p milliy yо‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon 
bozori 
yoki 
«jahon 
uchligi» 
(Shimoliy Amerika, G‘arbiy 
Yevropa, 
Yaponiya) bozorlarini о‘zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi. 
Qanday omillar zamonaviy XIMga sezilarli ba’zida hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi? 
Hozirgi 
davrning 
qarama-qarshiliklariga 
qaramay, 
uning 
asosiy 
tomoni kо‘proq raqiblik emas, balki hamkorlik va о‘zaro kelishuv tendensiyasi 
bо‘lmoqda. Turli davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining yaqinlashuvi ruy 
bermoqda. Albatta bu juda murakkab harakatdir. 


34 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling