Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot ta


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1370099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
global kurs ishi

To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli 
rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro 
bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora 
ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning 
murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida 


16 
hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, 
ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. 
SHuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli 
tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. 
Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga 
“sakrab” o’tilishi o’ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi 
axborotlashtirish 
natijasida 
turli 
mamlakatlarning 
texnologik 
jihatdan 
baravarlashuvi tendentsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari 
rivojlanishidagi texnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI 
yutuqlarini tezlik bilan o’zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda 
yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, 
jahon bo’yicha tezlik bilan tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish 
sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko’payishi tezligi juda o’sib ketdi. Aholi jon 
boshiga YAIM o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar 
soni ko’paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida 
g’arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi 
nisbatan pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. 
Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sezilarli darajada 
oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori 
darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi 
industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, 
Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib 
yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin


17 
Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan 
nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, 
jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar. 
Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi 
darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish 
uchun zarur resurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud. 
2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi. 
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar 
o’rtasidagi taqsimoti o’ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari 
aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o’rtacha jon boshiga 6 baravar 
o’sishiga erishgan bo’lsa, eng kambag’al chorak qismi esa bu ko’rsatkichning 3 
baravar o’sishiga erishgan xolos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 
hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning 
deyarli yarmi ochlik va to’yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi 
turli kasalliklar natijasida o’limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli 
darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. SHuningdek, “yashirin 
ochlik” – sifatli va to’liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan. 
SHunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko’paytirish imkonini berib, u 
nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo’lgan barcha aholining oziq-
ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo’jalik faoliyatining 
tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo’lmay, tabiat o’zining ekologik muvozanatini 
qayta tiklashga qodir bo’lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga 
ko’rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o’zini-o’zi qayta 


18 
tiklash qobiliyatini yo’qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, keyingi 200 yil 
ichida yer yuzidagi 900 minga yaqin turdagi o’simlik va hayvonlar qirilib ketgan. 
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zahiralari tugab bormoqda, 
o’rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib 
ulgurmayapti. yer yuzidagi iqlimning o’zgarishi, azon qatlamining siyraklashuvi, 
boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi tsivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish uchun 
tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik 
kapital qo’yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun 
butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo’ladi.
4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. 
YAna bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan 
demografik “portlashlar”, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholsining tez o’sishi bir qator jiddiy 
ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi 
sonining ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi 
aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining 
ko’payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan 
mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy 
ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. 
Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin 
xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi 
nazoratlarning o’rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish 
kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu 
mamlakatlarda YAngi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirish dasturini taklif qilsalar yaxshiroq bo’lar edi. Aholi nufusi borasidagi 
barcha fikr-mulohazalar ham real asosga ega bo’lmay, biz ulrning ba’zi birlarini 
XX-bobda tanqidiy jihatdan ko’rib chiqqan edik. 


19 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan 
globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, 
bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol 
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling