Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi ilmiy kengashi


Bitiruv malakaviy ishining o’rganganlik darajasi


Download 106.03 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi106.03 Kb.
#1644134
1   2
Bog'liq
Lazizbek Raxmatullayev BMI taqdimot

Bitiruv malakaviy ishining o’rganganlik darajasi
Xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatining o’rni xorijlik olimlardan J.Keynes, T.Swan, R.Mundell, J.Fleming, M.Fridman, F.Machlup, R.Mundell, M.Fridman E.Sohmenshular tomonidan o’rganilgan. Respublikamizning bir qator iqtisodchi olimlari va mutaxassislari tomonidan,xususan,T.I.Bobakulov,U.A.Abdullayev,Sh.Abdullaeva, A.Bekmurodov,B.Berkinov, A.Vahobov,N.Jumaev,A.Ismailov,G.Ismoilova,D.Ibragimov,M.Xakimova,X.Xujaev,B.Maxmudov,T.Malikov,F.Mullajonov, M.Nurmuratov,O.Namozov,O.Olimjonov, O.Rashidov, T.Rasulov, Sh.Rajabbaev, N.Sirojiddinov, E.Xoshimov, N.Haydarov, S.Chepel, Sh.Yakubova, A.Qodirov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti
Malakaviy ishning predmeti
Ushbu bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib valyuta siyosati va valyuta bozori hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot predmeti bo’lib esa O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosatini olib borishda yuzaga keladigan moliya munosabatlari hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi
Xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatini yanada liberallashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning ishlab chiqish bilan belgilanishi ko’zda tutilgan.
Malakaviy ish metodologiyasi
Malakaviy ishni yoritishda tahlil, sintez, deduksiya, induksiya, tajriba usullaridan foydalanilgan. Tahlil asosida mavjud ma’lumotlar bo’laklarga bo’lib o’rganilgan bo’lsa, sintez usuli orqali tahlil natijasida kelib chiqqan xulosalar umumlashtirilgan. Deduksiya usulidan foydalangan holda barcha tadbirkorlik sub’yektlarida umumiy qo’llash mumkin bo’lgan ishga yollash mexanizmi tahlil qilingan. Induksiya usuli orqali ilg’or tajribasi mavjud usullarni boshqa sub’yeklar uchun ham qo’llash mumkinligi o’rganilgan.
Har bir mamlakatda iqtisodiy inqiroz nafaqat bir odamga, balki butun aholisiga ta'sir qilishi mumkin. Natijalar hayotning barcha sohalariga zararli bo'lishi mumkin. Inflyatsiya nima ekanligini tushunish, inqirozning kamchiliklari va kamchiliklari va uni bartaraf etish mumkinmi, degan savolni beramiz. Ushbu iqtisodiy davrda tovar va xizmatlar qiymatini oshirish degani. Inflyatsiya mohiyati shundan iboratki, ayni paytda uning boshlanishidan oldin bir xil pulga nisbatan mol-mulkni kamroq sotib olish mumkin bo'ladi. Moliyani sotib olish kuchi kamayganligini aytish mumkin va ular o'z qiymatining bir qismini yo'qotib qo'ydi. Bozor iqtisodiyotida bunday jarayon narxlarning ko'tarilishida o'zini namoyon qilishi mumkin. Ma'muriy choralar bilan narxlash bir xil bo'lib qolmoqda, ammo mahsulot guruhlari etishmasligi bo'lishi mumkin. Inflyatsiya atamasiga bir qancha ta‘rif berish mumkin. Umuman olganda inflyatsiya bu pulning qadrsizlanishi hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin.
Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 106.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling