Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-kurs 320-guruh talabasi Qurbonov Mirjalolning Soliqlar va soliqqa tortish fanidan tuzgan testi


Download 28.91 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1653838
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisod-320. Qurbonov Mirjalol. test


Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-kurs 320-guruh talabasi Qurbonov Mirjalolning Soliqlar va soliqqa tortish fanidan tuzgan testi.



1. Kimlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanmaydi?
A) aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar
B) yakka tartibdagi tadbirkorlar
C) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari
D) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar


2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat?
A) mehnat haqi, mulkiy daromad
B) tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlar,mehnat haqi
C) mehnat haqi, boshqa daromadlar
D) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar,moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar


3. Soliq Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar ……………. deb e’tirof etiladi.
A) soliq agentlari
B) soliq inspektorlari
C) mib xodimi
D) soliqchi


4. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
A) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari
B) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
C) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
D) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga


5. Soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami necha kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi?
A) 270 kun
B) 365 kun
C) 150 kun
D) 183 kun



Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling