Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


 Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

4. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida. 

Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos 

hisoblanadi.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  kalkulatsiya,  tannarx  va  xarajat  so‘zlari  o‘zaro 

bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida 

tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.  «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish 

va  uni  sotish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllanish  tartibi 

to‘g‘risida»gi  nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish  va davr xarajatlariga bo‘linadi.  Ishlab 

chiqarish  xarajatlari  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  tannarxini  tashkil  etadi.  Davr  xarajatlari 

korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi. 

Kalkulyasiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari 

hisobini  yuritishda  foydalaniladi.  Masalan:  ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  material  tannarxini 

aniqlash.  SHuningdek,  savdo  korxonalaridagi  muomala  xarajatlari,  moddalari,  summalarini 

tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulyasiyadan foydalaniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  5  fevraldagi  54-son  qarori 

bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Maxsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy 

natijalarni  shakllantirish  tartibi  to‘g‘risida  Nizom»da,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatida 

vujudga keladigan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan. 

Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, 

e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir. 



Kalkulyasiya usulini schetlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya qilinishi talab 

etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schetlarda aks ettirilganligidir. 

Baxolash  bilan  kalkulyasiyaning  bog‘liqligi  shundaki,  kalkulyasiya  orqali  aniqlangan 

tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi. 

Turli mablag‘lar tannarxi kalkulyasiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, 

tayyorlangan  mahsulot,  sotilgan  tovarlar  (ish,  xizmat)  tannarxi  ham  kalkulyasiya  yordamida 

aniqlanadi. 


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling