Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

4-mavzu. Baholash va kalkulyasiya  

Reja: 

1. Baholash va uning ahamiyati.  

2. Asosiy mablag‘larni baholash. 




3. Materiallarni baholash usullari. 

4. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida. 

5. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari. 

19. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni. 

20. Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari. 

 

Tayanch  iboralar:  Baholash,  boshlang‘ich  qiymat,  eskirish  summasi,  xarid  bahosi,  bozor 

bahosi, haqiqiy baho, FIFO, LIFO, AVEKO, qiymat, pul o‘lchov   birligi,  mahsulot  tannarxi, 

foyda, zarar,   ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajat- lari. 



1. Baholash va uning ahamiyati. 

Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq 

xo‘jaligi miqyosida ham kattadir. 

 

Barry  Elliot,  Jamie  Elliot  “Financial  accounting  and  reporting”da  “Baholash  –  xo‘jalik 



mablag‘lari,  majburiyatlar  va  xo‘jalik  jarayonlarini  pul  o‘lchov  birligida  aks  ettirish  usulidir”- 

deydi. 


 Ya`ni  “Evaluation  is  a  method  of  reflecting  the  economic  resources,  liabilities  and  business 

processes in monetary units.”

6

 

 



Bizga  ma’lumki,  korxona  faoliyatida  ishlatiladigan  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ular  tashkil 

topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har 

xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida 

mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy 

holdir. 

 

Demak,  ular  hisobini  yuritish  uchun  yagona  o‘lchov  birligi  –  puldan  foydalanmaslikni 



iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi. 

 

«Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil 



ko‘rinishda amalga oshiriladi: 

1.  Xaqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi. 

2.  Bozor bahosida – sotish sof qiymati. 

Korxona  mulklari  baholanayoganda  ularni  tuzilishi,  foydalanilishi,  ishlab  chiqarishda 

qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. 

Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. 

YAna  bir  mablag‘  –  asosiy  vositalar  hisobi  yuritishda  qo‘yidagicha  baholardan 

foydalaniladi. 

Boshlangich  qiymat  –  asosiy  vositalarni  xarid  qilish,  keltirish,  tashish,  o‘rnatish  va 

umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat. 

Joriy  qiymat  –  ma’lum  bir  muddatga  amaldagi  bozor  baholariga  moslashtirilgan  asosiy 

vosita qiymati  yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy 

qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. 

 

                               2. Asosiy mablag‘larni baholash. 



Asosiy vositalar qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi: 

hukumat qaroriga ko‘ra; 



ta’sischilar qaroriga asosan. 

Koldik  qiymat  –  bu  asosiy  vositalarni  boshlang‘ich  yoki  joriy  qiymat  bilan  jamgarilgan 

amortizatsiya summasi farqidir. 

Tugatish qiymati – asosiy vositani foydali foydalanish muddati oxirida tugatish natijasida 

vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayogan xarajatlar 

ayirmasidir. 

                                                 

6

 

Barry Elliot, Jamie Elliot. Financial accounting and reporting. (ISBN: 978-1-292-08057-4) London, 2015. 17th edition 



 


 Amortizatsiya  qilinadigan  qiymat  –  bu  asosiy  vositalarni  boshlang‘ich  qiymati  bilan  nazarda 

tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir. 

 

Asosiy  vositalarni  yuqorida  sanab  o‘tilgan  baholash  natijasida  vujudga  keladigan 



qiymatlari Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BXMS) № 5 da keltirib o‘tilgandir. 

 

Xo‘jalik  mablag‘lari baholanayotganda xaqikiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi 



shart. 

 

Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘lari sumda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini 



talab etadi. 

 

Bir  xillik  prinsipi  baholashda  qo‘yidagicha  namoyon  bo‘ladi.  Joriy  hisobda  mablag‘ 



qanday  baholangan  bo‘lsa,  balans  va  hisobotning  boshqa  shakllarida  aks  ettirilganda  ham  shu 

bahoda ko‘rsatilishi shart. 

 

YUqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi hisobot ma’lumotlarni keltirildi. 



 

Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi hisobot so‘z yuritamiz. 




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling