5. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari.
Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha
jarayonlaridagi – ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hisobga olinadi.
Ushbu Nizomda barcha xarajatlar qo‘yidagilarga guruhlangan:
1.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
A) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar.
B) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari.
V) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga
ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2 Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada
hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar.
A) sotish xarajatlari:
B) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar):
V) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va
zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy
faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
A) foizlar bo‘yicha xarajatlar:
B) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari:
V) kimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash:
G) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar:
YUqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar keltirib o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |