Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti Moliya sirtqi ta’lim yo’nalishi


Download 152.14 Kb.
bet1/6
Sana31.10.2023
Hajmi152.14 Kb.
#1735961
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot va Turizm fakulteti
Moliya sirtqi ta’lim yo’nalishi
4-kurs 1119-guruh talabasi
Habibullaev Asliddinnning
Moliyaviy tahlil fanidan
KURS ISHI

Mavzu:Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Bajardi: Habibullaev Asliddin
Tekshirdi: Qo’shaev To’xtasin

TERMIZ-2023

Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
REJA
Kirish
Asosiy qism
1. Mehnat unumdorligi» haqida tushuncha ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va unga tasir etuvchi omilar tahlili
2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari,mehnat unumdorligi o’zgarishining omillari tahlili
3. Mehnat unumdorligini oshirishning zahiralari mohiyati, sinflashuvi, statistik ko’rsatkichlari tizimi

KIRISH
Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o’zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi. «Iqtisodiyot» fani mehnat unumdorligi muammolarini o’rganishni XIX asr oxirida boshlagan.
Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural ifodada o’rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi.
Bu ko’rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim turlari bo’yicha aniqlandi. So’ngra iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mahsulot ko’rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat ko’rsatish sohasini ham qo’shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi. Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyat ko’pchiligi, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi.

Download 152.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling