Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети
Download 0.75 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonalar soni bo’yicha birinchi 30 ta restoran tarmoqlarining tasnifi
- Manba: NRN Research, Nations Restaurant News Top Restaurant CHains and Restaurants Institutions. 2003 y.
- 6.3.Dunyo miqyosida ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi
- Tayanch so’zlar;
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 7.3. Xalqaro yo’nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari 7.1. Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash
Manba: NRN Research
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar markalariga (belgilariga) ega. Masalan; «Pitsa-Xat» «Pepsiko Ink» kompaniyasiga qarashli, «Tako Bell» esa «Kentukki Fred CHikken» kompaniyasiga, «TV xolding INK»ga «Denis», «Kuinsis», «El Pollo Loko» va «Kantin Korp»lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi. 2-jadval Korxonalar soni bo’yicha birinchi 30 ta restoran tarmoqlarining tasnifi
Manba: NRN Research, Nations Restaurant News Top Restaurant CHains and Restaurants Institutions. 2003 y. Amerika Milliy Restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2003 yilda mamlakatda umumiy ovqatlanishda 887 ming korxona xizmat ko’rsatib, 320 mlrd, dollar savdo tushumiga ega bo’ldi va xizmat ko’rsatish shtatlarida 9,5 mln. kishi qatnashdi. 6.3.Dunyo miqyosida ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar kontseptsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori suratda rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30 foiz ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu turdagi restoranlar mavjud. Bu kontseptsiyalarning xilma-xilligi savdo markazlaridaga bir qator kafe va restoranlardan tashkil topgan «SHaxobcha»lar kontseptsiyasi bilan izohlanadi. London markazidagi «Meveniks Marshe» restoranida bitta bo’limda bir vaqtning o’zida 7 ta unchalik katta bo’lmagan restoranlarga xizmat ko’rsatiladi32. Turistlarni ovqat bilan ta’minlash sxemasi turning shakliga, turistlarning toifasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo’llanma, shartnoma, Vaucherda ko’rsatiladi, qoidaga ko’ra, nonushta turistlarga «shved stoli» tizimi shaklida beriladi bu o’z-o’ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo’lganlari o’zlarining hohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko’pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo’ladi. Minibari va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning «yarim pansion» shakliga ko’ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. «To’liq pansion»da esa ovqatlanish 3-4 marta bo’ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus polufabrikant va kontsentrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan. Tayanch so’zlar; Turistik restoranlar, davlat nazoratidagi ovqatlanish korxonalari, shaxsiy choyxonalar, kafe, bar xizmatlari, dunyodagi eng yirik restoran zanjirlari, restoranlarning turizmdagi ahamiyati, restoranlarda xizmat ko’rsatish turlari, personallarning vazifalari. Savollar 1. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi qanday?. 2. Dunyo miqyosida ovqatlanish tarmoqlariga bo’lgan talab qanday? Amerikada qancha ovqatlanish korxonalari mavjud? Turistlarga restoranlardan tashqari qaysi ovqatlanish korxonalari xizmat ko’rsatadi? Restoran zanjiridagi savdoning necha foizini sandvichlar tashkil qiladi? O’zbekistonda turistik restoranlarni rivojlantirishga qanday e’tibor berilmoqda? Foydalanilgan adabiyotlar 1. Гостиничное и ресторанное дело, туризм: Сборник нормотивнўх документов. М. 2004 год. 2.Индустрия туризма: Менежмент организации. Жукова М.А. 2004 г 3.Обслуживание на предприятиях обҳественного питания. Учеб. пособ. Автор Л.А Радченко-Ростов. Финикс, 2001. 4. Введиние в туризм. Учебник 6-е изд перераб. И доп. (ГРИФ) Биржаков М.Б. 2004. год. 5. Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие, 2004 г. 7-MAVZU. TURISTLARGA TRANSPORT XIZMATI KO’RSATISH 7.1. Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash 7.2. Turistlarni transportda tashish qoidalari 7.3. Xalqaro yo’nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari 7.1. Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash Turistlarga transport xizmatini ko’rsatish - bu turizm industriyasining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 1990 yillargacha ham ichki ham xalqaro turizmga xizmat qiluvchi avtomobil, daryo, dengiz, temir yo’l va aviatsion transportini o’z ichiga oluvchi yagona transport tizimi mavjud edi. Barcha turistik xizmatlar tizimidagi transport xizmatining hissasi 40foizdan ortiq qismini tashkil qilar edi. Transport sayohatlari turizmning mustaqil ko’rinishi sifatida qaraladi. Transport sayohati - bu turli xil transport vositalaridan foydalanib ishlab chiqilgan yo’nalishlar bo’yicha turistlar guruhlarining sayohatidir. Transport sayohatlari quyidagicha tasniflanadi; ya’ni: - harakatlanish yo’nalish (marshruti) bo’yicha; - foydalanilayotgan transport turi bo’yicha; - yo’nalish trassasining qurilishi bo’yicha; - sayohatning muddati bo’yicha; - mavsumiylik bo’yicha va h.k. Hozirgi davrda avtobus, havo yo’li va temir yo’li vositasidagi sayohatlar keng tarqalgan. Turistik transport sayohatlari bir necha transport turlari orqali ya’ni: temir yo’ldan avtobus (engil avtomobil); havo yo’lidan avtobus va h.k. amalga oshiriladi. Mobil transporti turi sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo’nalishlardagi kabi turistlarni aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga yoki aksincha olib borib qo’yishda keng foydalaniladi. Har qanday turist o’z sayohatini rejalashtirayotganda manzilga olib borish (etkazish) tezligi, sayohat qulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og’irligini hisobga olgan holda) imkoniyati; to’xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari, shovqin darajasi, vibratsiya, dam olish va (tunash) uxlash jarayonlari, ekologik va albatta xavfsizlik kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar qancha ko’p bo’lsa, shunchalik transport sayohatining qiymati oshadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling