Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети
Xizmat ko’rsatiladigan mijozlar (mehmonlar) kontingenti
Download 0.75 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsulot assortimenti (ixtisoslashuvi).
Xizmat ko’rsatiladigan mijozlar (mehmonlar) kontingenti. Ushbu me’zonga ko’ra ovqatlanish korxonalari quyidagilarga bo’linadi:
hamma uchun mumkin bo’lgan; muayyan mijozlar kontingentiga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan. Restoran, kafe, barlar mehmonxona komplekslari tarkibida avvalo birinchi navbatda tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan bo’lsada, ko’pchilik holatlarda barcha uchun xizmat ko’rsatadi. Maxsulot assortimenti (ixtisoslashuvi). Ovqatlanish korxonalarini maxsulot assortimenti kengligiga qarab ikkita kata toifaga ajratish mumkin: to’liq xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan; 2) ixtisoslashgan. To’liq xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan ovqatlanish korxonalari orasida ko’pincha faqat restoranlar va kafelar mavjud bo’lib, ular keng assortimentdagi gazaklar, taom, non va qandolat maxsulotlari, turli ichimliklar taklif etishadi. To’liq xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan restoran va kafelar menyusida firma va buyurtma taomlar ulushi yuqori bo’lib, ular yuqori toifadagi taomlar (fr. Haute cuisine) sirasiga kiradi. To’liq xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan restoranlarda metrdotel xizmati darajasi juda yuqori: metrdotel mehmonni kutib oladi va stolga o’tkazadi, katta ofitsiant taomlar to’g’risida maslaxatlar beradi, buyurtma qilinayotgan taomning alohida xususiyatlarini tushuntiradi, qanday vino buyurtma qilingan taomga mos kelishini maslaxat beradi. To’liq xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olgan restoranlarda tashkiliy jihatlar umumiy kayfiyatga mos holda amalga oshiriladi va bu narsa unutilmas taasurot qoldiradi. Ovqatlanish korxonalari ixtioslashuvi turlicha bo’lishi mumkin: masalan, xitoy, frantsuz, italiya, o’zbek taomlari va xakozolardan tortib bir yoki bir necha nomdagi taomlar taklif etishgacha. Bir asosiy taomga ixtisoslashgan korxonalar odatda tez xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan bo’lib, ular quyidagi taomlarni taklif etishadi: gamburgerlar — McDonald s, Burger King , Wendy ‘s; pitsalar — Pizza Hut, Domino, Little Ceasar; dengiz maxsulotlari — Red Lobster, John Silver’ s; jo’jadan taomlar — KFC, CHurch’s; bifshtekslar — Sizzler, Pondrrosa, Bonanza; sendvichlar — Subwau; blinlar — International House of Pancakez, Country Kitchen. Ko’rib chiqilayotgan ovqatlanish korxonalarining tasniflanishi shartli bo’lib, bir restoranning o’zi ham to’liq xizmat ko’rsatishga moslashgan ham ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Masalan frantsuz taomlariga ixtisoslashgan ovqatlanish korxonasi bir vaqtning o’zida kamida 15 ta nomdagi taomlarni taklif etishi mumkin. Ovqatlanish korxonalari ichida barlarda ixtisoslashish oson bo’lib, sotilayotgan ichimliklariga bog’liq holda nomlanadi (vino, piva, sut, kokteyl barlar va boshqalar). Gazakxonalar ham umumiy va ixtisoslashgan turlarga (shashlik, cheburashka, pitsa, blin, bulon i h.k.) bo’linadi. Sig’imi. Restoranlar uchun 50 dan 500 o’ringacha, kafe — 50 dan 150 o’rin, oshxonalar — 50, 100, 200, 500 va undan ko’p o’rin va h.k. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling