Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети
Download 0.75 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org
Quruqlik transporti
Quruqlik transportiga avtobus va avtomobillar (8 urindan kam) kiradi. Masalan, statistika ma’umotlariga ko’ra 1997 yilda quruqlik transporti xizmatidan foydalanish sezilarli darajada oshgan. 1997 yilda 1996 yilga nisbatan shaharlararo yo’nalishlar bo’yicha avtobuslarda yo’lovchilarni tashish xizmati 30 foizga oshdi va 2,95 mln. kishini tashkil etdi. Ko’p davlatlarda xalqaro yo’lovchilarni tashish assotsiatsiyalari tashkil etilgan. Avtobus transporti sayyohlarni katta masofalarga (jadval bo’yicha yoki jadvalsiz) va bir kunli ekskursiya safarga tashishni ta’milaydi. Avtobuslardan malakat ichida turistik marrutlarni transport bilan ta’minlashda ham foydalaniladi. Avtobus tranporti qulayligi bo’yicha sinflanadi. YUqori klassdagi tez yurar ekspress-avtobuslarda yotoq joy, hojatxona, bufet, audio – video texnika va boshqa qulayliklar mavjud bo’ladi. Masalan, avtobuslarda sayohat tashkillashtirish bilan shug’ullanuvchi Skandinaviyadagi eng yirik turistik firma “HAGA REISER» 10 tadan 80 tagacha o’rini «lyuks» toifadagi 100 ta turistik avtobuslardan iborat bo’lgan avtobus parki bor. Avtobuslar: -keng qoraytirilgan panorama oynalar; -individual regulirovka qilinadigan konditsionerlar; -salon bilan aloqa sistemali steromagnitola; -salonda xalqaro qo’ng’iroqlarni qabul qiluvchi uyali telefonlar; -yotqiziladigan o’rindiqlar va oyoq uchun maxsus joy; -o’qish uchun alohida chiroqlar; -muzlatgich; -xojatxona; -keng yuk bo’limi bilan jihozlangan. Ko’pgina «lyuks» toifali avtobuslarda bufet, 26 yo’lovchini joylashtirish mumkin bo’lgan muzoqara stoli, har bir stol uchun mikrofon o’rnatilgan. Avtobusda vidiosistema (VHS), endoskop va faks bor. YArim turistik klassdagi avtobuslar yaqin masofaga borish, transfer va hokazolar uchun mo’ljallangan. Ularda 54 yo’lovchi uchun joy mavjud bo’lib, turist klassiga kiruvchi yotqizilmaydigan o’rindiqlar o’rnatilgan. Ko’p davlatlarda xizmatlarning kerakli darajasini ta’minlash. yo’lovchilarning hayoti, sog’ligini va mulk xavfsizligi himoya qilish maqsadida sayyohlarni avtobusda tashish uchun litsenziya tizimi joriy etilgan. Xalqaro avtobuslarda yo’lovchilarni tashish bo’yicha 1982 yil 26-mayda Dublin shahrida qabul qilingan yevropa bitimiga (ASOR) muvofiq G’arbiy va SHarqiy yevropada xalqaro yo’lovchilarni doimiy bo’lmagan yo’nalishlarda tashish avtobuslarida nazorat xujjati (yul varaqasi) bo’lishi shart. Ushbu xujjatga muvofiq ASOR uyicha amalga oshirilaytgan barcha xalqaro yo’lovchilarni tashishlarda xujjatlar uchinchi shaxslarga berilmaydi, hamda tashuvchi uning to’g’ri to’ldirilishiga javobgardir (yul varaqalarida katta xarflar va o’chirilmaydigan siyohlar bilan to’ldiriladi). Bundan tashqari xaydovchi – tashuvchi yonida doimiy turadigan ushbu xujjat komplekti (safar varaqasining asl nusxasi bilan) tekshirishga vakolatli shaxsning birinchi talabi bilan unga ko’rsatilishi shart. Komplektda ASOR ishtirokchi davlatlari davlat tilida yozilgan foydalanilgan belgilarning ma’nosini tushuntiruvchi, yo’l varaqasini to’ldirish qoidalari ko’rsatilgan titul varag’i bo’lishi kerak. YUqori darajadagi xizmatni talab qilmaydigan yoshlar, talaba va o’quvchilar avtobusda sayohat qilishni yoqtirishlariga qaramasdan, xalqaro statistika shuni ko’rsatadiki, avtobusda sayohat qiladiganlarning 75 foizidan ko’prog’ini 45 yoshdan katta sayyohlar tashkil etadi. Borilgan joyda avtomobillarni ijaraga olish keng tarqalgan. Turistlarga turli klassdagi avtomobillar taklif qilinadi. Jamoa bo’lib dam olish (taymsher) va sport bilan shug’ullanib dam olish (golf - klublar) joylarida ushbu xizmat turi ayniqsa muvaffaqiyatli qo’llaniladi. 1996 yilda avtomobillarni ijaraga berish kompaniyalari o’rtasida «Gerts» kompaniyasi birinchi o’ringa chiqib oldi. Ushbu kompaniyaning muvaffaqiyati uning barcha yirik yevropa aeroportlarida ijara punktlari mavjudligi, shuningdek uning «Gerts - klub» dam olish klub tizimi mavjudligi bilan tushuntiriladi. Klub a’zolari ortiqcha qiyinchiliksiz avtomobillarni ijaraga olishlari mumkin. Turistik amaliyotda odamlar yoki hayvonlar orqali harakatga keltiradigan transport vositalari ham qo’llaniladi. Masalan, rikshalar, velorikshalar, otlar, tuyalar, buqalar qo’shilgan aravalar, miniladigan otlar va hakozo. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling