Termiz davlat universiteti kimyo va texnalogiya fakulteti oziq-ovqat texnalogiyasi ta


Download 0.57 Mb.
bet7/11
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#255435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
B.Lolayeva Omixta yem ish chiqarish kurs ishi

Omuxta yemni energiya almashinuvi buyicha baxolash.

I.S.Popov yem-xashak va oziqlantirish ratsionlarini almashinadigan

energiya kursatkichi buyicha yoki organizm tomonidan uzlashtirilgan oziq moddalarning ajratgan energiyasi buyicha baxolash tartibini kullashni tavsiya etdi. Yem-xashak va ratsionlarning tuyimliligini baxolash usulini kiritishdan maksad:


- yem-xashak, uning tarkibidagi oksil, yog, uglevod, kletchatka, mineral elementlar, vitaminlar saklanishi, ularning mikdori, sifati, hazm bulish darajasi xamda tana vujudida energiya ajrata olish kursatkichiga karab tugri baxo berishdan iborat. Shuningdek xozirga kadar kullanib kelinayotgan va shu kundagi talabga javob bera olmaydigan suli oziq birligi urniga «Energetik kimmati buyicha baxolash» degan tushuncha

kiritishdir.



Hazm bulgan oziq energiyasining asosiy qismini fiziologik jixatdan foydali energiya yoki almashinadigan energiya tashkil etadi. Bu energiyaning bir kismi muxit a’zolari xamda muskullarning perestaltika (tulkinsimon xarakat) xarakatini xosil kilishga, issiqlik xaroratni xosil kilishga, issiklik xaroratni xar bir a’zoga tegishlicha taksimlab berishga, ortikcha xaroratni esa upka orkali buglatib chikarib yuborishga, yurakning hazm kilish jarayonining, buyrak, upka va endokrin bezlarini faoliyatini ta’minlashga sarf buladi.

Ikkinchi qismi maxsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Ayni energiya xisobiga yosh mollarni tana tukimalarining xujayralarini kupayishi va shu asosda jussasi usib rivojlanishi ta’minlanadi. Bug’oz molning embrioni differensiatsiyalanishini (vujudga kelishini) va keyingi davrlarda usib rivojlanishini ta’minlaydi. Gusht uchun bokilayotgan yosh mollarda, muskul, boglovchi, pay, suyak, yog tukimalarining usishini, katta yoshdagi mollarda yog deposi xosil bulishini ta’minlaydi. Emiziklik yoki sogiladigan mollarda sut ishlab chikarilishini, tuxum kuyadigan parrandalarda esa tuxum xosil bulishini ta’minlash uchun sarf buladi. Molning organizmida oziq moddalarining hazm bulish jarayonida issiklik energiyasi ajraladi. Ana shu energiya tana xaroratinita’minlaydi. Tana xarorati doimiy ravishda saklanishi uchun tashki muxitdan organizm talabini kondira olarlik mikdorda oziq moddalar keltirib turilishi lozim. Agar keltirilayotgan oziq moddalar tana xaroratini xosil kilish uchun yetmasa, unda maxsulot ishlab chikarish uchun sarflanishi kerak bulgan energiya tana issikligini saklanishiga sarf buladi. Ma’lumki, bu xol maxsulot ishlab chikarishning kamayishiga olib keladi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling