Termiz davlat universiteti Milliy libos va san`at fakulteti Madaniyat va san`at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo`nalishi 220-guruh talabasi Yo`ldoshev Murodning O`zbekiston nomoddiy merosi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Xalq urf-odat va bayramlari tasnifi.
REJA:
1. Urf-odat, marosim va bayramlar haqida tushuncha.
2. Urf-odat va marosimlarning an’anaviyligi.
3. Nomoddiy madaniy meros tushunchasini marosim, urf-odat va bayramlarda aks etishi.
Urf-odat, marosim va bayramlar haqida tushuncha.
“Nomoddiy madaniy meros” tushunchasi urf-odatlarni, o’ziga xoslikni ifodalash shakllari, bilim va ko’nikmalarni, shuningdek ular bilan bog’liq jihozlar-predmetlar, artifaktlar va madaniy makonlarni aks ettiradi, ular esa o’z navbatida hamjamiyatlar, guruhlar, alohida holatlarda esa muayyan shaxs madaniy merosning bir qismi sifatida tan olinganligini anglatadi.
Shuni ham qayd etish kerakki, olimlarimiz tomonidan xalq turmush tarzi bilan shug’ullanuvchi fanlar doirasida <> va <>, <> va <> terminlarining ta’rifi va tafsifi hamda farqli xususiyatlari borasida mukammal nazariy-metodologik qarashlar to’liq ishlab chiqilmagan. Shu bois ba’zi hollarda ayrim tadqiqotchilar tomonidan yuqoridagi kabi qator terminlarni sinonim tarzda ishlatish yoki izchil farqlanmagan holda qo’llanilish holatlari ham uchrashini kuzatishimiz mumkin. Bizningcha, ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq, ammo bir-biridan keskin farq qiluvchi tushunchalardir. Shu sababli biz “marosim”, “urf-odat”, “an’ana” va “bayram” terminlariga olimlar tomonidan berilgan ilmiy ta’riflarini ko’rib chiqamiz.
“An’ana”
Tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singan, qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.
Urf-odat
kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko’nikmasidir.
An’anaviy ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
“Marosim” – inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |