Termiz davlat universiteti muhammad humayun nadim shimoliy afg


Jilovgir – kelinni uzatishda u o‘tirgan otni yetaklab boruvchi kishi Sovin


Download 209.65 Kb.
bet12/14
Sana10.11.2023
Hajmi209.65 Kb.
#1764202
TuriДиссертация
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Nadim. Avtoreferat

Jilovgir – kelinni uzatishda u o‘tirgan otni yetaklab boruvchi kishi
Sovin – Sunnat to‘yida to‘y-egasiga uning qarindosh-urug‘lari, yor-u birodarlari tomonidan olib kelinadigan to‘yona (qo‘y, echki, sigir)
Omonimlar alohida-alohida so‘z sifatida rim raqamlari bilan (nuqtasiz) bosh so‘z qilib berildi. Misol:
Uloq I – O‘g‘il to‘yida tashkil qilingan uloq o‘yini-ko‘pkari.
Uloq II – Ko‘pkari musobaqasida chavandozlarga chopish uchun berilgan 4-5 yoshli so‘yilgan taka yoki yosh erkak buzoq.
Lug‘atlarda so‘zlar (maqola nomlari)ni joylashtirish tartibi quyidagi uch tamoyilga tayanadi:
1) tashqi tartib;
2) ichki tartib;
3) ma’no tartibi (semantik prinsip).
1. Tashqi tartib so‘zning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga shu harfning alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi:
Aqiqa
Beshikto‘y
Chimildiq
Hayitlik
2. Ichki tartib so‘zning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga – shu harflaming alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo‘lgan so‘zlarni joylashtirishda amal qilinadi:
Chimildiqsoldi
Chimmat
Chittashlash
Chodir
Lug‘at maqolasining eng asosiy qismi (komponenti) izohlanuvchi birliklar maʼnosi (maʼnolari)ga beriladigan izoh. Lug‘atning "Izohli lug‘at" deb atalishi ham, asosan, xuddi shu vazifasiga ko‘ra. Binobarin, izohli lug‘atning muvaffaqiyati, qiymati ana shu vazifaning qay darajada bajarilganligi, shu maqsadga qay darajada erishilganligi bilan belgilanadi. So‘z maʼnosini izohlash taʼrif, tavsif, tushuntirish kabi yo‘llar bilan bo‘ladi. Mustaqil so‘zning, aniqrog‘i, nomlovchi so‘zning maʼnosi uning tarkibiy qismlari (semalari) asosida izohlanadi. Bu fikrlar biz tayyorlagan lug‘atga ham aloqador. Misol uchun:
Fotiha to‘yi – fotiha o‘qilgach qizning otasi quda tomon keltirgan qo‘ylarni so‘yib, berilgan mahsulotlardan osh va boshqa taomlar tayyorlab, qavm-qarindoshlar ishtirokida qudasini izzat-hurmat qilishi.

Download 209.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling