Termiz davlat universiteti muhammad humayun nadim shimoliy afg


Tadqiqotning nazariy asoslari va tahlil usullari


Download 209.65 Kb.
bet5/14
Sana10.11.2023
Hajmi209.65 Kb.
#1764202
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nadim. Avtoreferat

Tadqiqotning nazariy asoslari va tahlil usullari. Tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadga erishishda tavsiflash, komponent tahlil, analiz, sintez metodlaridan foydalanildi.
Dissertatsiyaning metodologik asoslarini o‘zbek tilshunosligida etnografizm va dialektalogiya sohalarida tadqiqotlar olib borgan A.Jo‘raboyev, N.Mirzayev, Y.Bobojonov, Sh.Nurullayeva, M.Qahhorova, R.Kasimova, A.Xonхo‘jayeva, G.Adilova kabi tilshunos olimlar ishlarida ilgari surilgan g‘oyalar, fikr va qarashlar tashkil etadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Amalga oshirgan tadqiqotimizdan SHAO‘ etnografizmlarining mukammal lug‘atlarini yaratishda, hudud etnografizmlari bo‘yicha qo‘llanmalar hamda tanlov fanlari bo‘yicha materiallar yaratishda foydalanish mumkin. To‘plangan dalillar O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek xalqining to‘y-marosim urf-odatlarini saqlab qolish va ushbu marosim nomlari haqida kelajakda mufassal va to‘liq marosimlarni yozib avloddan-avlodga yetkazish uchun va o‘zbek xalqining unut bo‘layotgan etnografizmlarini saqlab qolish, qayta tiklash uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SHAO‘ to‘y-marosim etnografizmlarini leksikografik hamda tizmiy asosda tadqiq qilish asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
SHAO‘ to‘y marosimlariga oid materiallar asosida Afg‘oniston Respublikasi Balx viloyatining Paykon televideniyasi tomonidan tayyorlangan “Payki pago” dasturida chiqish qilindi. (Paykon televideniyasi tomonidan 2021-yil 21-yanvardagi 41-sonli ma’lumotnomasi https://www.youtube.com/-watch?v=DWaXdmtjyyE). Unda SHAO‘ to‘y ma’rosimlari leksikasi, ularning tarixiy nomlanishi, lug‘atchilik borasida fikrlar bildirib o‘tildi. Shuningdek ilmiy tadqiqot materiallari asosida Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til-millat koʻzgusi”, “Kun mavzusi”, “Dialog” koʻrsatuvlarida foydalanilgan. (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi ma’lumotnomasi №01-01/102. 24.09.2021).

Download 209.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling