Termiz davlat universiteti muhammad humayun nadim shimoliy afg


Tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 209.65 Kb.
bet3/14
Sana10.11.2023
Hajmi209.65 Kb.
#1764202
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nadim. Avtoreferat

Tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari” ustuvor yo’nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligida til va madaniyat aloqalariga doir qarashlar dastlab antropologik tadqiqotlar zamirida shakllangan. Yevropada esa bu masala Amerika tilshunosligidan farqli o‘laroq, etnolingvistika fanning alohida sohasi sifatida jadal rivojlandi.
Har bir millatning tilini uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlaridan аjratgan holda tassavvur etib bo‘lmaydi. Etnografik leksika nomi ostida birlashgan etnografizlarni o‘rganish milliy urf-odat va qadriyatlar leksikasini tadqiq etishda ahamiyatli. Urf-odatlar muayyan etnosning o‘ziga xosliklarini namoyon etib, butun etnografik sistemada differensial vazifa bajarishi bilan tilshunoslik sohasida muhim. “An’analar qadim-qadimdan insoniyat hayotidagi eng yaxshi, ibratli, uning turmushi va ijtimoiy faoliyati, mehnati, ibratli hayoti saboqlari. Ularni avlod-u ajdodlar uchun yo‘l-yo‘riq darslari desak yanglishmagan bo‘lamiz”2.
Har bir tilda makrosistema va mikrosistemaning bir bo‘lagi sanalgan etnografik birliklarni ifodalovchi leksemalar mavjud. Ushbu leksemalarni o‘rganish uchun tilshunoslikning maxsus sohasi ­– etnolingvistika shakllandi. Tilshunoslikda etnografik birliklar uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi.
O‘zbek tilshunosligida etnografizmlarning o‘rganilishi bo‘yicha asosan, XX asrning 70-80-yillarida zamonaviy tadqiq usullari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Sobiq ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e’tibor berilmasdan, ularni eskilik sarqidi deya baholanishi bu boradagi ilmiy tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo‘ygan. Muammo doirasidagi ilk tadqiqot ishlarini A.Jo‘raboev va Z.Husayinovalar amalga oshirdilar3. A.Jo‘raboev o‘z tadqiqot ishida O‘zbek xalqining xilma-xil ko‘rinishga ega urf-odatlari mavjudligi va ularning tilshunosligimizda ataladigan nomlari hamda ularning o‘rganishning nazariy- amaliy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan.
Umuman o‘zbek tilshunosligida urf-odat, an’ana va etnografizmlar L.Xudoyqulova, S.Davlatov, S.Soatova, O.Ismonova, Sh.Nurullaeva, G.Tosheva, Y.Bobajanov, M.Qahhorova, N.R.Amonturdiyev kabi tadqiqotchilarning ishlarida keng o‘rganildi4.
Turkiy tilshunoslikda etnografizmga oid bo‘lgan tadqiqotlar sirasiga M.I.Byatushgova, A.K.Apoyev5 ilmiy izlanishlari ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Etnografizmlarni o‘rganish bevosita tarixiy etnologiya fanlari bilan bog‘liq. Urf-odatlar, xalqlarning turmush tarzi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni etnologiya o‘rgansa, urf-odat, an’analar ifodalari etnolingvistikaning o‘rganish obektlaridan. Etnografizmlarni an’anaviy planda tadqiq etish lingvistik birliklarning o‘zaro munosabatini ochishga, ularni zamonaviy tadqiq usullari asosida maydon sifatida o‘rganishga imkon beradi. Etnografizmlarning ichki tuzilishi va tuzilish birliklari orasidagi xilma-xil munosabatlarni ochish ham hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun katta ahamiyatga ega. Yuqoridagi ishlarda o‘zbek etnografizmlarining O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan o‘zbeklar urf-odatlari asos sifatida o‘rganilgan.
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek etnografizmlari yaxlit holatda tilshunoslik tamoyillari asosida o‘rganilgan emas, ammo folkloristika yo‘nalishida ba’zi tadqiqotlar amalga oshirilganini aytib o‘tish o‘rinli. Karamılloh Oyghagh6, Asaluddin Nazamudin7 kabilar tadqiqotlarida folklor-etnografik marosim va xalq qo‘shiqlari nomlari, ularning tadrijiy taraqqiyoti bayon etilgan.
Mazkur ikki hudud orasidagi madaniy-ijtimoiy aloqalar doimo faol bo‘lgan. Aslan bir hududda yashovchi, bir xalqqa mansub bo‘lgan ikki hududning urf-odatlari umumiylik va o‘ziga xoslikni namoyon etadi. Bu mushtaraklik va farqlarni to‘y marosimi etnografizmlarida ham kuzatish mumkin.

Download 209.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling