Termiz davlat universiteti muhammad humayun nadim shimoliy afg


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 209.65 Kb.
bet4/14
Sana10.11.2023
Hajmi209.65 Kb.
#1764202
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nadim. Avtoreferat

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi: Tadqiqot Termiz davlat universiteti istiqbolli ilmiy tadqiqot ishlari rejasining “O‘zbek tilshunosligi: badiiy nutq tahlili, antroposentrik nazariya, etnolingvistika, korpus tilshunosligi” yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Tadqiqot maqsadi Shimoliy Afg‘oniston hududida yashovchi o‘zbek elatlarining to‘y marosimlariga oid etnografik leksikasini tadqiq etish orqali bu hududdagi etnografik leksikaning tilda aks etishini ko‘rsatish, etnografizmlarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
– SHAO‘ (SHAO‘) ning etnomadaniy holatini ularning to‘y-marosim etnografizmlarini tadqiq etish maqsadida o‘rganish;
– Shimoliy Afg‘oniston hududida yashayotgan o‘zbeklarning etnografik leksikasi tarixiy taraqqiyoti hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni tavsiflash;
– etnografizmlarning shakllanishi bilan bog‘liq tarixiy manbalarni o‘rganish asosida SHAO‘ to‘y-marosim etnografizmlarining tasnifi, ularning o‘ziga xosligi, paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, etnoleksik birliklarni mavzuiy guruhlarga ajratish;
– SHAO‘ to‘y-marosim etnografizmlarining shakliy xususiyatlarni tadqiq etish;
– “SHAO‘ to‘y marosimi etnografizmlari izohli lug‘ati”ni yaratishning ilmiy asoslarini yaratish.
Tadqiqotning obyekti. SHAO‘ to‘y marosimi etnografizmlari tadqiqot obyekti sifatida olingan.
Tadqiqotning predmeti. SHAO‘ to‘y marosimi etnografizmlarining tarixiy-etimologik xususiyatlari, mavzuviy guruhlari, ma’noviy va struktur jihati hamda hamda leksikografik talqini masalalari tadqiqot predmeti sifatida olindi.
Tadqiqotning usullari: Dissertatsiya ishini bajarishda tasniflash, tavsiflash, qiyoslash, statistik, sistem-struktur, qiyosiy-tarixiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- SHAO‘ning etnomadaniy holati o‘ta murakkab, ularning turmush tarzi O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan millat, elat va urug‘larning o‘zaro ta’sirida sintetik xarakter kasb etgan;
- SHAO‘ning etnografik leksikasi shakllanishiga eroniy, hindiy xalqlar bilan yaqinlik omili, islomiy omillarning ustuvorligi bilan birga, turk va ingliz tillarining ma’lum darajadagi ta’siri bo‘lgan;
- SHAO‘ etnografik leksikasi tarkibidagi to‘y- marosimlarni oilaviy to‘y marosimlar, ijtimoiy to‘y marosimlar, yosh bilan bog‘liq to‘y-marosimlariga bo‘linadi;
- SHAO‘ etnografik leksikasi semantic ko‘lami jihatdan bir ma’noli va ko‘p ma’noli etnografizmlar sanoqli, birliklar shakily jihatdan shakliy jihatdan omonimik, sinonimik munosabatlarga ham ega.

Download 209.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling